• Ijtimoiy-hududiy tuzilmalar
  • Jamoa subyektlari
  • Individual subyektlar
  • Byudjet huquqi
  • Markazlash- magan fondlar




    Download 1.47 Mb.
    bet21/28
    Sana23.12.2019
    Hajmi1.47 Mb.
    #4660
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28

    Markazlash- magan fondlar

    korxona va tashkilotlar pul fondlari bo‘lib, ular ishlab chiqa- rish va boshqa ijtimoiy maqsad- larga ishlatiladi.


    Mazkur munosabatlarni quyidagi guruhlarga taq- simlash mumkin:

    1. davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning byudjet sohasidagi faoliyati;

    2. davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning so- liq sohasidagi faoliyati;

    3. davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning kre- dit sohasidagi faoliyati;

    4. davlat va mahalliy korxonalarning moliyaviy faoliyati;

    5. majburiy sug’urta sohasidagi davlat faoliyati;

    6. davlat va mahalliy organlarning byudjetdan tashqari jamg’armalar sohasidagi faoliyati.

    Davlatning moliyaviy faoliyati davlat zimmasida- gi funksiyalarning bajarilishini ta’min etish yo’lida pul mablag’larini to’plash, taqsimlash (qayta taqsimlash) sohasidagi tadbirlardan iborat. Bu faoliyat moliyaviy mablag’larni to’plash va sarflash orqali amalga oshiri- ladi.

    Moliyaviy mablag’larni sarflash uchun moliyalashti- rish va kreditlashtirish usullari qo’llaniladi.

    Moliyalashtirish asosida asosan byudjet tashkilot- lariga davlat byudjetidan pul mablag’lari qaytarib ber- maslik sharti bilan ajratiladi.

    Kreditlashtirish asosida ajratilgan pul mablag’lari korxona, tashkilot va fuqarolar tomonidan muayyan vaqt- gacha qaytarilishi lozim. Pul mablag’i ma’lum muddatga, ma’lum summada qaytarish sharti bilan ajratiladi.

    Davlatning moliyaviy faoliyati quyidagi bir necha prinsiplar asosida amalga oshiriladi: qonuniylik prinsipi; demokratik prinsip;

    fuqarolarning va mehnat jamoalarining ishtiroki prinsipi;
    Ijodiy faoliyat

    «Iqtisodiy bilim asoslari» fanidan olgan bilimla- ringizga taya- nib, quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling.

    1. Mam- lakatimizda qanday soliqlar joriy etilgan?

    2. Majburiy to‘lovlar de- ganda nimani tushunasiz? Qanday maj­buriy to‘lovlarni bilasiz?


    milliy siyosat prinsipi.

    O’zbekiston davlatining moliyaviy faoliyati — bu respublikada ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi vazifalarni amalga oshirish, davlatning xavfsizligi va mudofaasini ta’minlash maqsadida pul jamg’armalarini rejali tashkil etish, uni taqsimlash va undan maqsadga muvofiq foydalanishdir.

    Savol va topshiriqlar



    1. O’zbekiston Respublikasi moliya tizimi bo’g’inlarini tushuntirib bering.

    2. Huquq tizimida moliya huquqining tutgan o’rni nimada?

    3. Moliya huquqi qanday munosabatlarni tartib- ga soladi?

    4. Davlat o’zining moliyaviy faoliyatini qanday amalga oshiradi?

    5. Sizning hayotingizda davlatning moliyaviy faoliyati qanday aks etadi?

    6. Ta’lim sohasida davlat qanday moliyaviy fao- liyatni amalga oshiradi?

    7. O’zbekiston Respublikasi moliyaviy faoliyati tushunchasi.

    8. Pul mablag’larini to’plash va uning turlari.

    9. Pul mablag’larini taqsimlash va uning turlari.

    Moliyaviy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va ularning o’ziga xos xususiyatlari. Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning turlari. Moliya huquqi subyektlari tushunchasi va tizimi.

    1. § Moliyaviy-huquqiy munosabatlar



    Moliyaviy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va ularning o’ziga xos xususiyatlari

    Moliyaviy-huquqiy munosabatlar huquqiy muno­sabatlarning muayyan bir turini tashkil etadi. Shuning uchun har qanday huquqiy munosabatga xos bo’lgan umumiy narsalar unga ham xosdir.
    Moliyaviy- huquqiy mu- nosabat - bu davlat moliyaviy faoliyatida yuzaga keladi- gan, mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan moli- yaviy-huquqiy norma bilan tartibga solingan ijtimoiy munosa- batdir.


    Moliyaviy-huquqiy munosabatlar ayrim o’ziga xos xususiyatlarga ham ega bo’lib, bu xususiyatlar ularni huquqiy munosabatlarning boshqa turlaridan ajratish uchun imkon beradi.

    Ushbu xususiyatlar ularning yuzaga kelish sohasi (davlat moliyaviy faoliyati), moliyaviy-huquqiy tartibga solishning o’ziga xosligi (davlat moliyaviy faoliyatini amalga oshiruvchi organ xohish-irodasining imperativli- gi va bir tomonlamaligi), huquqiy tartibga solish obyekti kabilar bilan belgilanadi.

    Moliyaviy munosabatlarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iboratdir:

    • birinchidan, moliyaviy-huquqiy munosabat­lar faqat davlat pul jamg’armalarini rejali yaratish, taq- simlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga keladi;

    • ikkinchidan, moliyaviy-huquqiy munosabatlar ko’pincha mulkiy munosabatlarning turlaridan hisobla-


    0-



    Moliyaviy- huquqiy muno- sabatlar hamma vaqt pul mab- lag’lari sababli yuzaga keladi.

    Moliyaviy- huquqiy muno- sabatlarni belgi- lovchi xususiyati shundan iboratki, ular asosan davlat va ijti- moiy hayotning maxsus sohasida, ya’ni davlatning aynan moliyaviy faoliyati sohasi- da tarkib topadi.

    nadi, chunki ushbu munosabatlar obyekti sifatida pul mablag’lari qatnashadi;

    • uchinchidan, moliyaviy-huquqiy munosabatlar tomonlaridan biri sifatida hamma vaqt davlat yoki uning vakolatli organi qatnashadi.

    Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning turlari. Moliya huquqi subyektlari tushunchasi va tizimi

    Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning bir qancha turlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Masalan, moliya ti- zimining tegishli bo’g’iniga qarab, byudjet, soliq, davlat kreditini tashkil etish bo’yicha, sug’urta, pul muomalasi va hisob-kitoblar, valyutani tartibga solish kabi huquqiy munosabatlar va hokazo.

    Moliyaviy-huquqiy munosabatlarni moddiy va protsessual huquqiy munosabatlarga ajratish qabul qi- lingan.

    Moddiy moliyaviy-huquqiy munosabatlar moliya huquqi subyektlarining moliyaviy-huquqiy normalar materiallarida mustahkamlangan huquq va majburiyatla- rini amalga oshirish vositasi hisoblanadi.

    Ijodiy faoliyat



    Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning aso- siy obyekti hisoblangan moliyaviy faoliyat to’g’ri- dan-to’g’ri va bevosita davlatning xohish-irodasi va manfaatlarini ifodalaydi.

    1. Davlatning xohish-irodasi va manfaatlarini ifodalaydi, deganda nimani tushundingiz?

    2. «Davlatning xohish-irodasi» iborasini O’zbe- kiston Respublikasi Konstitutsiyasining

    1. moddasi bilan bog’lab tushuntiring.

    Protsessual moliyaviy-huquqiy munosabatlar davlat pul jamg’armalarini taqsimlash tartibi, ulardan foydala- nishni nazorat qilish shakl va uslublarini belgilash mu- nosabati bilan yuzaga keladi.

    Moliyaviy-huquqiy munosabatlar o’z obyektlariga ega. Bu obyektlar, eng avvalo, pul va pul majburiyat- laridir, ammo faqat bu bilan kifoyalanmay, ularga pul mablag’larining to’planishi va sarflanishini ta’minlovchi tartib-qoidalar, moliyaviy munosabat ishtirokchilarining qonun doirasidagi xatti-harakati ham kiritilishi mumkin.
    Pul munosa- batlari markaz- lashtirilgan va markazlashti- rilmagan pul mablag‘lari jamg‘armalarini yaratish va ular- dan foydalanish bilan bog‘liq holda yuzaga keladi.


    Moliyaviy-huquqiy munosabatlar ikki tomonlama munosabat bo’lib, unda majburiyatlarning bajarilishi- ni hammadan va har doim talab qilish vakolatiga ega bo’lgan davlat (uning moliya, soliq, kredit muassasala- ri), ikkinchi tomondan esa moliyaviy-huquqiy normalar qaratilgan boshqa shaxslar (davlat va jamoat idoralari, yuridik va jismoniy shaxslar) ishtirok etadi.

    Moliyaviy-huquqiy munosabatlar - munosabat obyekti, munosabat subyekti, munosabat mazmunini tashkil etadi.

    Moliya huquqi normalari talablari moliyaviy- huquqiy munosabatlarning ko’p turliligi orqali ro’yobga chiqib, ushbu munosabatlarning tegishli subyektlarisiz yoki qatnashchilarisiz ularning mavjud bo’lishi mumkin
    emas.

    Moliya huquqida an’anaviy ravishda moliya huquqiy subyektlarining uchta asosiy guruhi ajratiladi.

    

    fT ^

    Moliyaviy- huquqiy muno- sabatlar davlat hokimiyati xusu- siyatisiz mavjud bo‘lishi mumkin emas.



    1. Ijtimoiy-hududiy tuzilmalar — O’zbekiston Respublikasi va uning ma’muriy hududiy birliklari. Shu o’rinda ular moliyaviy-huquqiy qobiliyat egalari hi­soblanadi.

    Mazkur birliklar moliya huquqi subyekti sifati­da ko’proq O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya­si, «Byudjet tizimi to’g’risida»gi va «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi qonunlarda mustahkamlangan byudjet munosabatlari sohasidagi vakolatlarni amalga oshirishda namoyon bo’ladi.
    Aynan qanday munosabatlarda davlat moliya huquqining subyekti bo‘la oladi? Savolga javob berishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi moddalaridan foydalaning.


    Shu tariqa aynan shu subyektlarga davlat va mahal­liy byudjet huquqi mustahkamlab berilgan.

    Ayrim huquqiy munosabatlarda faqat davlatning o’zi moliya huquqiy subyekti sifatida qatnashishi mumkin.

    1. Jamoa subyektlari — davlat moliyaviy faoliyati sohasida tegishli yuridik majburiyatlar va huquqlar maj- muyini olish qobiliyatiga ega bo’lgan hamda ularning amalga oshirilishi uchun mas’ul hisoblangan odam- larning tashkiliy va alohida ajratilgan turli xil birikma- laridir. Ular qatoriga, odatda, yuridik shaxs maqomiga

    ega bo’lgan davlat organlari va tashkilotlar (korxonalar, muassasalar) kiradi.

    Davlat organlari moliya huquqi subyektlari jumlasi- ga kiradi, chunki ularning ishtirokisiz huquqiy munosa- batlar amalda yuzaga kelishi mumkin emas.
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi- ning 100- va 122-moddalarini o‘qing va beril- gan matn bilan muvofiqlashti- ring.


    Demak, davlat organlari moliyaviy-huquqiy muno- sabatlarning majburiy qatnashchilari qatoriga kirib, bu moliyaviy faoliyatning davlat-hokimiyat xususiyati va uning huquqiy tartibga solish uslubining o’ziga xosligi bilan belgilanadi.

    Moliya huquqi jamoa subyektlarining eng ko’p sonli guruhini ijroiya hokimiyati davlat organlari tashkil etadi.

    1. Individual subyektlar — O’zbekiston Respub- likasining fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar bo’lib, ular teng moliyaviy-huquqiy subyektlikka ega va shu munosabat bilan qonun- larda jismoniy shaxslar sifatida belgilanadi. Moliya huquqi subyektlarining ushbu toifasi asosan soliqlar va yig’imlarni to’lashga doir munosabatlarda ishtirok etadi. Shu tariqa jismoniy shaxslar daromad solig’i, yer solig’i, mol-mulk solig’i va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa soliqlar hamda yig’imlarni to’lovchilar hisoblanadi.
      Davlat ijroiya organlari ro‘yxatini shakllantirishga harakat qiling.


    Savol va topshiriqlar

    1. Kimlar moliyaviy-huquqiy munosabat ishti- rokchilari hisoblanadi?

    2. Moliyaviy munosabatlarning asosiy xusu- siyatlari nimadan iborat?

    3. Jismoniy shaxslar qachon moliyaviy-huquqiy munosabat ishtirokchilari bo’lishlari mumkin?

    4. Davlat qanday hollarda moliyaviy-huquqiy munosabat ishtirokchisi bo’ladi?

    Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

    1. S O‘zbekiston Respublikasi davlat 1 byudjeti va byudjet huquqi



    Byudjet tushunchasi va huquqi.
    Byudjet huquqi
    - moli- ya huquqining bir qismi dav­latning byudjet tuzilishini, turli darajadagi byud- jetlarni, ularning daromad qismini shakllantirish va byudjet mab- lag‘larining sarflanishi, shu- ningdek umu- man davlatning byudjet-moli- ya siyosatini shakllantirish va amalga oshirish tartibini belgi- lovchi huquqiy normalar maj- muyi.


    Davlat byudjeti va uning ijtimoiy-iqtisodiy aha- miyati.

    Byudjet tushunchasi va huquqi



    Byudjet huquqini davlat byudjeti mablag’larini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish bo’yi- cha yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi moliyaviy-huquqiy normalar majmuyi sifatida belgilash mumkin.

    Davlat byudjet tashkilotlari o’z faoliyatlarini amal­ga oshirishlari uchun kerak bo’lgan barcha mablag’larni byudjetning tegishli xarajatlar qismidan oladilar.

    Byudjet davlat hokimiyati organlari funksiyalarini ta’minlash maqsadida pul mablag’larini tashkil etish va xarajat qilish shaklidir.


    Download 1.47 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




    Download 1.47 Mb.