|
Byudjetning asosiy vazifalari
|
bet | 22/28 | Sana | 23.12.2019 | Hajmi | 1,47 Mb. | | #4660 |
Byudjetning asosiy vazifalari:
milliy daromadni qayta taqsimlash; iqtisodiyotni tartibga solish; byudjet sohasini moliyaviy ta’minlash va davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish; markazlashgan pul mablag’lari jamg’armalari- ni tashkil etish va foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish.
Byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari, ularning boshqa qonun hujjatlarida ko’rsatilgan normalari Byud-
jet kodeksiga muvofiq bo’lishi kerak. Agar davlatimiz tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalarda byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlariga zid qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
Davlat byudjeti va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
Byudjet jarayo-
ni — byudjet tizimi byudjetlari- ni shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qi- lish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosini nazorat qilish, turli byud- jetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hi- sobotlarni tayyor- lash va tasdiqlash, shuningdek ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar jarayoni.
Byudjet jarayo- ni ishtirokchi- lari — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, dav- lat moliyaviy nazorat organlari, byudjet tashki- lotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilar.
Davlat byudjeti har yili tasdiqlanadi va u 1-yanvar- dan 31-dekabrga qadar amalda bo’ladi.
Davlatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi jarayonida byudjetdan foydalanish natijasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar alohi- da guruhga ajratiladi hamda moliya qonun hujjatlarining asosiy bo’limlaridan biri bo’lgan byudjet qonunlarini tashkil qiladi.
O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
byudjet tizimining yagonaligi; byudjet tizimining O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi; byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi;
Huquq tarixidan
Byudjet so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, «g’azna» degan ma’noni anglatadi. Byudjet XVII asrning ikkinchi yarmida Fransiyadagi burjua revolyut- siyasidan keyin o’rnatilgan. XIX asrning ikkinchi yarmida byudjet atamasi Yevropa mamlakatlarida tarqaldi va XX asrdan deyarli barcha mamlakatlarda byudjet kategoriyasi foydalanila boshlandi.
byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prog- noz qilish va xarajatlarini rejalashtirish; byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foyda- lanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati;
byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi; byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foyda- lanishning natijadorligi; kassaning yagonaligi;
Byudjet tash- kiloti - davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgi- langan tartibda davlat hokimiya- ti organlarining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan, davlat byudje- ti mablag‘lari hisobidan saqlab turiladigan noti- jorat tashkilotdir.
byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi; ochiqlik.
O’zbekistonning Davlat byudjeti tuzilmasi
Davlat byudjeti quyidagi darajadagi byudjetlardan iborat:
O’zbekiston Respublikasining byudjeti;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyat- lar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari.
Davlat byudjeti daromadlari:
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;
davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga
berish va sotishdan olingan daromadlar;
Huquq tarixidan
2013-yil 26-dekabrda O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi mablag’larini shakllantirish, tu- zish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag’ jalb qilish va byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish- ga oid munosabatlarni tartibga soluvchi «O’zbekis- ton Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash to’g’risida»gi Qonuni qabul qilindi.
Moliya yili —
1-yanvardan 31-dekabr oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oluvchi davr.
meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;
Hududiy moliya organlari —
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirli- gi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqar- malari, tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari.
Moliyaviy majburiyatlar —
byudjet
tashkilotlarida
va byudjet
mablag‘lari
oluvchilarda
ularga pul
mablag‘larini
o‘tkazish
majburiyatini
yuklovchi
hujjatlar, shu
jumladan, ijro
hujjatlari asosida
yuzaga keladigan
majburiyatlar.
yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
rezident-yuridik shaxslarga berilgan byudjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kredit- larni to’lash hisobidan to’lovlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
Savol va topshiriqlar
O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini toping va quyidagi savollarga javob bering.
Byudjet sohasidagi vakolatlar qaysi davlat or- ganlariga berilgan?
Davlat maqsadli jamg’armalarining daro- madlari haqida ma’lumot to’plang.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi nima- dan iborat?
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirli- gi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining xarajatlari nimalardan ibo- rat?
Quyidagi jadvalda berilgan jumlalar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
1
|
Moliya yili
|
a
|
— byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosini nazorat qilish, byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar jarayoni;
|
2
|
Byudjet
jarayoni
|
b
|
— davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat moliyaviy nazorat organlari, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar;
|
3
|
Byudjet ja- rayoni ish- tirokchilari
|
c
|
— byudjet tashkilotlarida va byudjet mablag’lari oluvchi- larda ularga pul mablag’larini o’tkazish majburiyatini yuk- lovchi hujjatlar, shu jumladan ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar.
|
4
|
Moliyaviy
majburi-
yatlar
|
d
|
- davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko’ra tashkil etilgan, Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot.
|
5
|
Byudjet
tashkiloti
|
e
|
— 1-yanvardan 31-dekabr kuni oxirigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oluvchi davr.
|
§ Davlat daromadlarini huquqiy 1 tartibga solish
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
Davlat daromadlari.
|
| |