• Kredit summasi
  • Kredit mexa- nizmi
  • Kredit obyek- ti
  • O‘zbekiston Respublikasining
  • N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari




    Download 1.47 Mb.
    bet25/28
    Sana23.12.2019
    Hajmi1.47 Mb.
    #4660
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28

    Kredit

    (lot. creditium - ssuda) - pul yoki tovarlarni, odatda, foizlar to‘lab, qaytarish sharti bilan berish bo‘lib, kreditor bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.

    1. § Davlat kreditining huquqiy asoslari



    Qo’shimcha pul mablag’larini yaratish maqsadida davlat ularni jalb etishning ixtiyoriy usullarini qo’llashi mumkin. Shu asosda moliyaviy munosabatlarning maxsus tizimi - davlat krediti vujudga keladi.

    Davlat kreditida kredit munosabatlari subyektlari, bir tomondan — davlat, ikkinchi tomondan - yuridik va jismoniy shaxslar bo’ladi. Bunda davlat ushbu munosabatlarda ko’rsatilgan subyektlarning vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini qarzga oluvchi sifatida qatnashadi.

    Davlat krediti bo’yicha yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar har qanday moliyaviy-
    Kredit summasi -

    bu qarzga beriladigan pul birligining hajmi.

    Davlat krediti
    - davlat tomonidan mamlakat ijti- moiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim masala- lari hamda byudjet tanqisligini qoplash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha moliyaviy resurslarni yo‘nalti- rish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini qaytarishlik, muddat- lilik, g‘arazlilik va ixtiyoriylik prinsiplariga asosan jalb etish bo‘yicha moliya huquqi bilan tartibga soli- nadigan munosabatlardir.



    huquqiy munosabatlarga xos bo’lgan barcha belgilarga egadir. Bu, xususan, ularning obyektiga, davlat yoki u tomonidan vakolat berilgan organning ushbu munosabatlar majburiy subyekti sifatida mavjud bo’lishiga, davlat krediti sohasidagi huquqiy munosabatlarning davlat-hukmronlik xususiyatiga tegishlidir. Moliyaviy huquqiy munosabatlar, ma’lumki, mulkiy xususiyatga ega, chunki ular pul mablag’lari sababli yuzaga keladi. Biroq davlat krediti bo’yicha ushbu munosabatlar obyekti har qanday pul mablag’lari emas, balki yuridik va jismoniy shaxslarning faqat vaqtincha bo’sh turgan mablag’lari bo’lishi mumkin.

    Davlat krediti sohasida nafaqat davlat qarz majburiyatlari bo’yicha munosabatlar, balki davlat qarzi ishlashiga vositachilik qiluvchi huquqiy munosabatlar ham yuzaga keladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
    Kredit mexa- nizmi
    - kredit munosabatlarini tashkil qilishda qo‘llaniladigan elementlar maj- muasidir.

    Kredit obyek-

    ti
    - vaqtincha bo‘sh turgan, berilishi mumkin bo‘lgan pullar va tovarlardir.


    • Hukumat bilan Markaziy bank o’rtasida kelgusi moliya yilida kreditlashning ichki va tashqi manbalaridan qarz olish rejalari to’g’risida maslahatlashish vaqtida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar;

    • O’zbekiston Respublikasi davlat qarz majburiy atlarini chiqarish shartlari, davlat zayomlari bo’yicha xizmat ko’rsatish va ularni muomalaga chiqarish tartibini belgilash;

    • davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bozorida dilerlik funksiyalarini bajarish uchun shartnomalar tuzish, shuningdek, davlat zayomlari obligatsiyalarini joylashtirish va muomalaga chiqarish bilan bog’liq bo’lgan tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish vaqtida Markaziy bank bilan tashkilotlar o’rtasida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar va h.k.
      Kredit subyekt- lariga korxona, firma, tashkilot, davlat va turli toifadagi aholi kiradi.


    Davlat qarzi

    Davlat qarzi - davlatning tashqi va ichki kredit operatsiyalari bo’yicha qarzdorlik summasi. Davlat zayomlari kredit munosabatlarining bir turi bo’lib, unda davlat yoki uning mahalliy organlari qarz oluvchi yoxud qarz beruvchi sifatida amal qiladi.
    0-1

    l

    Davlat qarzi -

    O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi mablag‘larni jalb qilish natijasida vujudga kelgan majburiyatlari.


    Xarajatlarni o’z vaqtida va to’liq amalga oshirish maqsadida davlat zayomlar va moliya bozoridan mablag’larni jalb etadi.

    Pul mablag’larini jalb qilish davlatning moliya bozoridagi faoliyatining passiv shakli sifatida tavsiflanadi. Davlat pul mablag’larini qarzga berishi uning moliya bozoridagi harakatining faol shakli sifatida qaraladi.

    Savol va topshiriqlar



    Berilgan matnni o’qing va savollarga javob bering.

    Xalqaro valyuta jamg’armasi eng yuqori davlat (ichki) qarzi mavjud bo’lgan jahon- ning 20 ta mamlakatini belgilab berdi. Ushbu ro’yxatda Yaponiya yetakchilik qil- moqda. 1990-yillarning boshidan Yaponiya uzluksiz turg’unlikni boshidan kechirdi. Hozir Yaponiya hukumati mamlakatdagi soliq tushumlarining deyarli yarmini katta hajmdagi qarzni to’lashga sarflamoqda. Shunga qaramay, 10 yillik yapon obligat- siyalari bo’yicha daromadlilik 1%dan past darajada qolmoqda.

    1. 10 yillik yapon obligatsiyalari bo’yicha daromadlilik hayratlanarli holda 1%dan past darajada qolishining sababi nimada deb o’ylaysiz?

    2. Yapon xalqining vatanparvarligi va dahldorligi yuzasidan fikr bildiring.

    3. Ekspress test topshirig’ini bajaring.

    1

    Kredit

    subyektlari

    a

    - vaqtincha bo’sh turgan, berilishi mumkin bo’lgan pullar va tovarlar

    2

    Kredit obyekti

    b

    - bu qarzga beriladigan pul birligining hajmi

    3

    Kredit summasi

    c

    - davlatning tashqi va ichki kredit operatsiyalari bo’yicha qarzdorlik summasi.

    4

    Davlat qarzi

    d

    - korxona, firma, tashkilot, davlat va turli toifadagi aholi




    1. bo’lim. EKOLOGIYA HUQUQI

    1. § Tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari

    Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ekolo- giya huquqining asosiy manbayi.

    Ekologiya huquqining maqsad-vazifalari va aso­siy tamoyillari.

    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ekologiya huquqining asosiy manbayi



    Ekologiya huquqining manbalari deganda atrof mu- hitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foy­dalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladigan qonun hujjatlari tushuniladi.
    Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga maj- burdirlar.

    O‘zbekiston

    Respublikasining

    Konstitutsiyasi,

    50-modda


    O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi eko­logiya huquqining asosiy manbayi hisoblanadi.

    Konstitutsiyamizda shaxs, jamiyat va davlat o’rtasi- dagi munosabatlarning ijtmoiy, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-ma’rifiy sohalaridagi asoslari mustahkamlangan bo’lib, u atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo’yicha davlat-huquqiy mexanizmini shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega.

    Shuning uchun ham Konstitutsiyada belgilangan qoidalar orqali jismoniy va yuridik shaxslar ekologiya huquqi, burchlari va erkinliklarini ifoda etadilar.

    Konstitutsiyamizda fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishlari majburiyat sifati- da qayd etiladi. Bu ekologiyaga nisbatan oqilona muno­sabatda bo’lish davlat siyosati darajasida qayd etilganidan dalolat beradi.

    Konstitutsiyaning «Jamiyatning iqtisodiy negizlari» bo- bining moddalarida mulk huquqining mazmuni e’tirof eti- lishi bilan bir qatorda, mulkdan foydalanish huquqiga ega bo’lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo’jalik va ishlab chiqarish jarayonida atrof muhitga ziyon yetkazmasligi, ya’ni ularning ekologik majburiyatlari mustahkamlanadi.
    Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dun- yosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umum- milliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofa- zasidadir.

    O‘zbekiston

    Respublikasining

    Konstitutsiyasi,

    55-modda


    Konstitutsiyaning 55-moddasida berilgan qoida- ning ahamiyati shundaki, birinchidan, mustaqilligi- mizning moddiy asosini tashkil etuvchi tabiiy boylikla- ri xalqimizning boyligi, mulki ekanligi, ikkinchidan, tabiiy resurslardan faqat oqilona foydalanish zarurligi, uchinchidan, respublikamiz tabiati davlat muhofazasiga olinganligi, ya’ni ekologik-huquqiy munosabatlarning davlat tomonidan kafolatlanishi kabi muhim tamoyillar- ni mustahkamlaydi.

    Hozirgi kunda jahonning ko’plab hududlarida toza ichimlik suvi tanqis bo’lib bormoqda. Albatta, bu- larning bari suv havzalari ifloslanishi, ekologik me’yorlar buzilishi tufayli suv zaxiralari sifatining yomonlashuvi oqibatida yuz berayotgani bugun hech birimizga sir emas. Aytish joizki, sanoat chiqindila- ri va o’g’itlardan intensiv foydalanish ko’pgina hol- larda suvda zararli kimyoviy moddalarning ortishiga sabab bo’lib, noto’g’ri sug’orishlar tuproq sho’rla- nishi va suvning bug’lanish darajasini kuchayishiga olib keladi.

    Ekologiya huquqining maqsad-vazifalari va asosiy tamoyillari



    Еkologiya huquqi tabiat va jamiyat tizimida pay- do bo’ladigan ekologik-huquqiy munosabatlarni tartib­ga solishga qaratilgan keng qamrovli va ko’p tarmoqli huquq sohalaridan biri bo’lib, tabiat bilan jamiyat o’rta- sidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tar­tibga solishni o’rganuvchi fandir.
    Ekologik tahdid deganda nimani tushunasiz?


    Ekologik munosabatlar tizimida tabiiy resurslar, ya’ni yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyo- sidan foydalanish keng va muhim o’rinni egallaydi.

    Tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish oqibati- da tabiatda turli ekologik muammolar pay do bo’ladi va ekologik inqiroz keskinlashadi. Ekologiya huquqining tamoyillari tabiat-jamiyat tizimidagi o’zaro munosabat-



    Huquq tarixidan

    Respublikamiz bir qator tabiatni asrash sohasidagi xalqaro-huquqiy huj- jatlar, masalan, 1992-yildagi «Biologik xilma-xillik to’g’risida»gi Rio-de- Janeyr o Konvensiyasi, 1972-yildagi «Dunyoning madaniy va tabiiy mero- sini himoya qilish to’g’risida»gi Konvensiya, 1995-yil 16-iyundagi «Osiyo va Afrika botqoqliklarida yashovchi va ko’chib yuruvchi qushlarni himoya qilish to’g’risida»gi shartnoma, 1973-yil 3-martdagi «Yo’qolish arafasidagi yovvoyi flora va fauna turlari bilan xalqaro savdo-sotiq qilish to’g’risida»- gi Konvensiya, 1976-yil 10-dekabrdagi Atrof-muhitga nisbatan harbiy yoki boshqa zarar yetkazuvchi vositalar ishlatilishining oldini olishga doir Kon­vensiya, 1992-yil 9-may dagi BMT Iqlim o’zgarishi to’g’risidagi Doiraviy konvensiyasi, 1985-yil 22-martdagi «Ozon qatlamini saqlash to’g’risida»- gi Vena Konvensiyasi, «Ozon qatlamini buzuvchi moddalar to’g’risida»gi Monreal protokoli, YXHTning 1991-yil 17-dekabrdagi «Energetik xartiyasi», 1994-yil 17-iyundagi «Qattiq qurg’oqchilikni boshdan kechirayotgan va/yoki cho’lga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa Afrikada cho’lga aylanib borishlarga qarshi kurash to’g’risida» Konvensiya va boshqalarga qo’shilgan.

    lar yo’nalishi, chegaralarini belgilab berishda, ekolo- gik-huquqiy mexanizmning barqarorligini kafolatlashda va qonunlar qoida-talablarining ekologik munosabatlarini tartibga solishda muhim ahamiyatga egadir.

    Tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar juda xilma-xil va murakkab bo’lganligi uchun ham ekologiya huquqining tamoyillarini quyidagi tizimlarga bo’lishadi: davlat va huquqning umumiy tamoyillari; atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga oid ta- moyillar;
    Orol dengizi tarixidan

    XX asrning

    60-yillarida

    Amudaryo va

    Sirdaryodan

    Orol dengiziga

    har yili 56 kub.

    km suv quyilgan.

    Aholining

    sezilarli tarzda

    ko‘payishi,

    urbanizatsiya,

    yerlarning

    shiddat bilan

    o‘zlashtirilishi,

    ekologik

    oqibatlarni

    o‘ylamasdan

    Orol dengizi

    havzasida yirik

    gidrotexnik

    va irrigatsiya

    inshootlarining

    qurilishi

    sayyoradagi

    eng chiroyli

    havzaning

    qurishiga olib

    keldi.


    tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qara­tilgan tamoyillar.

    Ekologiya huquqi huquq tizimining sohasi sifati­da ekologik munosabatlarni tartibga solishda qonuniy- lik, ijtimoiy adolat, oshkoralik, ishontirish va majbur- lov choralarining kombinatsiyasi, shaxslar huquq va burchlarining birligi va boshqalardan foydalanadi.

    Savol va topshiriqlar



    Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

    1. § Ekologik huquqbuzarlik 1 uchun javobgarlik



    Download 1.47 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




    Download 1.47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari

    Download 1.47 Mb.