• qilishning yashirinligi
  • O‘zganing mulki
  • G‘arazgo‘ylik
  • Hikmat
  • Matnni o’qing, mulohaza qiling va munosabat bildiring.
  • Manba: O’zbekiston Respublikasi IIVMatbuotxizmati
  • Hokimiyat de
  • Mahmud Zamaxshariy
  • N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari




    Download 1.47 Mb.
    bet18/28
    Sana23.12.2019
    Hajmi1.47 Mb.
    #4660
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28

    Hikmat

    Talon-taroj qilish subyektiv tomondan to’g’ri qasd bilan sodir etiladi. Motivi - g’arazgo’ylik.



    Muomalaga layoqatli hamda qonunda ko’rsatilgan yoshga to’lgan har qanday shaxs talon-taroj qilishning subyekti hisoblanadi.

    Bosqinchilikning o’ta ijtimoiy xavfliligi avvalo shu bilan bog’liqki, bu jinoyat sodir etilganida jabrlanuv- chilarning hayoti yoki sog’lig’iga ham ziyon yetkaziladi yoxud bunday ziyon yetkazilishi uchun real xavf vujud- ga keladi va o’zganing mol-mulki egallab olinadi.


    qilishning

    yashirinligi

    deganda, jinoyat mol-mulk egasi yoki mol-mulk ishonib topshiril- gan yoxud ixtiyo- rida turgan shaxs- ga sezdirmasdan yoki mulkdor yoxud mol-mulk- ning talon-taroj qilinishidan manfaatdor bo‘lmagan bosh­qa shaxslar yo‘q vaqtida sodir etilishi tushuni- ladi.

    Obyektiv tomondan bosqinchilik o’zganing mol-mulkini talon-taroj qilish maqsadida shu mulkning egallanishiga qarshilik ko’rsatgan shaxsning hayoti yoki sog’lig’i uchun xavfli bo’lgan jismoniy zo’rlik ishlatish yoxud shunday zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitib hujum qilishda ifodalanadi. Bosqinchilikning obyekti o’zga- ning mol-mulki, fuqarolarning hayoti va sog’lig’idir.

    Tovlamachilik mulkka qarshi g’arazli jinoyatlar- dan biri hisoblanadi. Tovlamachilikning ijtimoiy xavfli- lik xususiyati uning nafaqat mulkchilikka, balki mulk- chilik manfaatlarining mustaqil shakli sifatida namoyon bo’luvchi boshqa (majburiyat yuklovchi, meros bo’lib o’tuvchi, uy-joy kabi) mulkiy munosabatlarga ham tajo- vuz qilishidan iborat.

    Obyektiv tomondan tovlamachilik aybdorning mulkdordan bila turib, g’ayriqonuniy ravishda o’ziga yoki u ko’rsatgan shaxslarga muayyan mulkni, mulkka bo’lgan huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berish- ni yoxud ular foydasiga muayyan mulkiy yo’sindagi ha­rakatlar sodir etishni talab qilishda ifodalanadi.

    Talonchilikning ijtimoiy xavfliligi shundan ibo- ratki, bunda jinoyatchi mulkka tajovuz ochiqdan ochiq, shu bilan birga o’rnatilgan tartibni, huquqiy va axloqiy qoidal arni va jamiyat qadriyatlarini mensimaslik bilan amalga oshiriladi.
    O‘zganing mulki

    deganda, ayb- dorga qonuniy ravishda tegishli bo‘lmagan mulk tushuniladi.

    Huquqqa xiloflik

    (g‘ayriqonuniy- lik) - egallana- yotgan mulkka nisbatan hech qanday huquqi bo‘lmagan ayb­dor shaxs tomoni­dan bu mulkning egallanishidir.

    Obyektiv tomondan talonchilik o’zganing mulkini oshkora talon-taroj qilishda ifodalanadi.

    O’zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish yoki o’g’rilik iqtisodiyot sohasidagi eng keng tarqalgan jinoyatlardan biridir.

    Obyektiv tomondan o’g’rilik o’zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilishda ifodalanadi.



    Soxta tadbirkorlikka ustavida ko’rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko’zlamasdan ssudalar, kre- ditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat ko’rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tashkilotlari tuzish kiradi.

    Subyektiv tomondan jinoyat faqat to’g’ri qasd bilan sodir etiladi.

    Ijodiy faoliyat


    Bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, o‘g‘rilik jinoyatlarining ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlab ko‘ring. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 15-moddasi qoidalariga murojaat qiling.

    Soxta bankrotlik jinoyati ham to’g’ri qasd bilan sodir etiladi. Bu jinoyat xo’jalik yurituvchi subyektning o’z majburiy atlarini iqtisodiy jihatdan bajara olmasligi haqida bila turib, haqiqatga to’g’ri kelmaydigan e’lon berishi kreditorlarga ko’p miqdorda zarar yetkazilishda ifodalanadi.



    Soliqlar yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lash- dan bo’yin tovlash jinoyati foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishda, kamaytirib ko’rsatishda, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni yoki boshqa majburiy to’lovlar- ni to’lashdan qasddan bo’yin tovlashda ifodalanadi. Ji­noyat to’g’ri qasd bilan sodir etiladi.
    G‘arazgo‘ylik talon-taroj qilish- ning zaruriy bel- gisi hisoblanadi. G‘arazgo‘ylik
    - bu o‘zi uchun yoki boshqa shaxslar uchun moddiy manfaat undirish.

    Elektr, issiqlik, gaz yoki suv ta’minotidan foydala­nish qoidalarini buzish jinoyati umumiy foydalanishda- gi elektr, issiqlik, gaz yoki suv ta’minoti tarmoqlariga o’zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalari- ga qasddan shikast yetkazish, ularning ko’rsatkichlarini o’zgartirish maqsadida tashqaridan aralashishda ifodala­nadi. Jinoyat to’g’ri qasd bilan sodir etiladi.


    Insonning eng katta dushma- ni — bu uning nafsi.

    Hikmat

    O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi- dan yurtimiz hududida qanday umumdavlat soliqlari, mahal- liy soliqlar va yig‘imlar borligi- ni aniqlang.

    Ijodiy faoliyat



    Matnni o’qing, mulohaza qiling va munosabat bildiring.

    A. ismli shaxs elektr hisoblagich ko’rsat- kichlarini orqaga surib qo’ydi.

    G. ismli shaxs ko’cha boshidan o’tgan gaz quvuriga yashirincha ulanib, issiqxonasini isita boshladi.

    1.


    2.



    Tabiiy gaz va elektr energiyasi muhim moddiy texnika resursla- rining strategik turlari hisobla­nadi.

    Ijodiy faoliyat

    1. Matnni o‘qing va munosabat bildiring.

    2. Matnga sarlavha qo‘ying.

    3. Siz hikoya ishtirokchilarining o‘rnida bo‘lga-
      ningizda qanday yo‘l tutar edingiz?


    4. Maktabingizda zaruratsiz yonib turgan elektr
      chirog‘ini yoki oqayotgan ichimlik suvini hech
      o‘chirib qo‘yganmisiz?





    Samarqandga xizmat safari bilan yo’lga chiqdik. Haydovchi mashinani 100-120 km/soat tezlikda hayday boshladi. Orqa o’rindiqda o’tirgan, chamasi 60 yoshlar- ni qoralab qolgan otaxon: «O’g’lim, mashina tezligini oshirishingiz shart emas, Samarqand hech qayerga ket- maydi, joyida turaveradi», - dedi. Mashina haydovchi- si esa otaxonning gapidan norozi bo’lgandek bir qarab qo’ydi-da, tezlikni kamaytirdi.
    Umumiy foydala- nishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki suv ta’minoti tarmoqlariga o‘zboshimcha- lik bilan, ya’ni qonunda o‘rnatil- gan tartib asosida vakolatli organ ruxsatisiz ulanish ijtimoiy xavfli hisoblanadi.


    Yo’lda tamaddi qilish uchun to’xtadik. Choyxona- ga kirishda qo ‘limizni yuvdik, lekin qo ‘l yuvgichning jo’mragi nosozligi tufayli suvni to’xtata olmadik. Boya- gi hamrohimiz jo’mrakni tuzatishga kirishib ketdi. Biz yengil tamaddi qilishga ulgurdik hamki, otaxon suvning jo’mragini tuzatish bilan ovora edi. Hamma mashinaga borib o’tirdi, lekin otaxon hamonjo’mrakni tuzatishdan bo’shamasdi. Haydovchining toqati toq bo’ldi, shekilli, yukxonadan allaqanday temir-tersaklarni olib, otaxon- ning oldiga bordi. Biz ham u kishiga yordam berish uchun beixtiyor mashinadan tushdik.

    Nihoyat, qo’l yuvgichning jo’mragi tuzaldi. Otaxon mamnun ohangda: «Ana endi suv isrof bo’lmaydi», deb tabassum bilan bizga o’girildi. Biz yana yo’lda davom etdik.

    Savol va topshiriqlar

    1. Berilgan vaziyatlarni tahlil qiling. Ularning o’xshash va o’ziga xos tomonlarini aniqlang.

    2. Ulardagi jinoyatlarning belgilarini, obyekti va subyektini, obyektiv va subyektiv tomonlarini aniqlang.

    3. Bu voqealarning jamiyat rivojiga qanday ta’siri bor? Ularning oldini olish mumkinmidi?

    1. Denov tumanining «Buyuk Ipak yo’li» mahallasida yashovchi A.S. ariza bilan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilib, kollej o’qituvchisi J. M. uni 2000 AQSh dollari evaziga Rossiyadagi universi- tetlarning biriga o’qishga kiritib qo’yishni va’da berganini bayon qiladi.

    2. Termiz shahar IIB navbatchilik qismiga shahardagi bozorlar- ning birida joylashgan savdo do’koniga notanish bir qiz kelib, o’zini xaridordek tutib, uni hech kim kuzatmayotganiga ishonch hosil qilgach, do’kon rastasida turgan 295 000so’mlik3 donaayollar ko’ylagini o’g’ir- lab ketganligi haqida xabar kelib tushadi.

    D) Tunda soat to’rtyarimlar atrofida Farg’ona viloyatining Qo’shte- pa tumanida uch nafar noma’lum shaxs yuzlariga niqob kiygan va pichoq bilan qurollangan holda, Yangiariq mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi xonadonlarning biriga devor orqali oshib tushib, xonadon egasi G’.Y. va uning turmush o’rtog’i S. Y. lar uxlab yotgan xonaga bostirib kiradilar.

    Uy egalari uyg’onib qolganlarida G’.Y.ni urib, tan jarohatiyetkaza- dilar. S.Y. va ushbu xonadonda birgayashovchi qiziM.Y.ning qo’l-oyoq- larini arqon bilan bog’lab, xonadagi sandiq ichidan 10 mln so’m pul va 1,5 ming AQSh dollarilik turli zargarlik buyumlarini olib ketadilar.

    Manba: O’zbekiston Respublikasi IIVMatbuotxizmati

    1. § Boshqaruv tartibiga 1 qarshi jinoyatlar
      Hokimiyat de-

      ganda ma’lum bir vositalar - iroda, nufuz, huquq, majburlov, siyo- siy hukmronlik, davlat organlari tizimi orqali in- sonlar faoliyatiga, xulq-atvoriga ta’sir etish qobili- yati va imkoniya- ti tushuniladi.


    Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

    • Korrupsiya va uning belgilari.

    • Korrupsiyaga olib keladigan holatlar: pora olish va berish, pora olish va berishda vositachilik qilish.

    Asosiy Qonunimiz konstitutsiyaviy tuzum asoslari- ni mustahkamlagan holda O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati Prezident, Oliy Majlis, Vazirlar Mah- kamasi hamda respublika sudlari tomonidan amalga oshirilishini belgilab bergan. Davlat hokimiyatining oliy organlari esa joylardagi hokimiyat organlarini shakllan- tiradi.

    O’zbekistonda davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo’lingan holda amalga oshiriladi.

    Davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslarla- ridan tashqari mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxo- na, muassasa va tashkilotlarda o’z faoliyatini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning nojo’ya xatti-hara- katlari ham jinoyatga tortilishi mumkin.

    Korxona, muassasa va tashkilotlardagi mansab­dor shaxslarning faoliyati boshqaruv funksiyasi berib qo’yilgan ichki organlar doirasida ham olib boriladi.

    Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qi­lish jinoyatining obyekti davlat hokimiyati, boshqaruv va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining normal faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydigan ijtimoiy muno-

    sabatlar, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari hisoblanadi.



    Jinoyat obyektiv tomondan quyidagi uch muqarrar belgidan iborat:
    yoki man- sab vakolatini suiiste’mol qi­lish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi bosh- qarish organi mansabdor shaxsining o‘z mansab vakolat- laridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ziyon yetkazi- lishdir.

    shaxsning o’z mansab vakolatidan foydalanishi ko’rinishidagi qilmish;

    fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko’p miqdorda zarar yoxud jiddiy zarar yetkazish shaklidagi jinoiy oqibatlar;

    qilmish hamda kelib chiqqan jinoiy oqibatlar o’rtasida sababiy bog’lanishning mavjudligi.

    Mansabdor shaxsning o’z mansab vakolatidan foy- dalanishi ikki shaklda:

    hokimiyat vakolatini;

    mansab vakolatini suiiste’mol qilish shakllarida namoyon bo’ladi.

    Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilishning subyektiv tomoni qasddan sodir etilishi bilan tavsiflanadi.



    Jinoyat motivlari qilmishning huquqiy baholanishi- ga va jinoiy javobgarlikka o’z ta’sirini ko’rsatmaydi.


    


    Mansabdor shaxsning mansab mavqeyidan kelib chiqqan va bu shaxs egallagan lavozimi vakolatiga berilgan huquq va majburiyatlarni amalga oshirish bilan bog’liq, biroq o’z mazmuni bo’yicha tegishli or- ganning faoliyat olib borishidan ko’zlangan maqsad va vazifalarga zid keluvchi harakatlari mansab vakolatini suiiste’mol qilish deb tavsiflanadi.

    2003-yil Nyu-Yorkda qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konven- siyasi muqaddimasida korrupsiya jamiyatni turli yo’llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat ekanligi hamda u demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yet- kazishi, inson huquqlari buzilishiga olib kelishi, bozorlar faoliyatiga to’sqinlik qilishi, hayot sifatini yomonlash- tirishi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyush- gan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib berishi ta’kidlanadi.

    Obyektiv tomondan pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o’z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajar- masligi evaziga shaxsan o’zi yoki vositachi orqali qo- nunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo’lishida ifodalanadi.


    Mansabdor shaxs- ning o‘z mansab mavqeyidan fuqarolar, jamiyat va davlat man- faatlariga qarshi qasddan foydala- nishi hokimi­yat vakolatini suiiste’mol qilish deb ataladi.

    

    Pora faqat no-

    Jinoyat to’g’ri qasd bilan sodir etiladi. Korrupsiya - hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro’siga putur yetkazadigan, fuqarolar­ning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan xavfli jinoiy hodisaning nisbatan ko’p tarqalgan va o’zi- ga xos hodisasi hisoblanadi.


    haqlig-u zolimlar- ga yordam beruv- chidir.

    Mahmud

    Zamaxshariy

    Jinoyat obyekti - davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining o’rnatilgan tartibi.

    Qonun sharhlanayotgan jinoyat predmetini man­sabdor shaxsning o’z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan

    harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o’zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy naf ko’rish tushuniladigan «pora» atamasi bilan belgilaydi.



    Har qanday moddiy qimmatliklar: pul, xorijiy va- lyuta, qimmatbaho buyumlar, qimmatli qog’ozlar, oziq- ovqat yoki sanoat mahsulotlari va boshqalar pora pred- meti bo’lishi mumkin.
    Davlat hokimiya- ti organlarining normal faoliyatini buzish orqali ayb- dor shaxs davlat hokimiyatiga tajovuz qilgan hisoblanadi.

    Pora olishning subyektiv tomoni - to’g’ri qasd: ayb- dor (pora oluvchi) moddiy qimmatliklar yoki mulkiy foyda unga o’zining xizmat mavqeyidan kelib chiqib pora beruvchi manfaatida biror-bir harakatni sodir etish yoki etmaslik uchun pora sifatida berilayotganligini anglaydi va buni xohlaydi.

    Pora berish jinoyatining obyekti va predmeti pora olish jinoyati tarkibi belgilari bilan bir xil.

    Jinoyat obyektiv tomondan mansabdor shaxsga be­vosita yoki vositachi orqali pora berishda ifodalanadi.



    Pora berish, mansabdor shaxsning o’z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni pora bergan shaxs­ning manfaatini ko’zlab bajarishi yoki uning mulkiy manfaatdor etilishida ifodalanadi.
    Pora o‘nglanib ketgan ishlarni buzadi, bitayot- gan ishlarni barbod qiladi.


    Download 1.47 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




    Download 1.47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari

    Download 1.47 Mb.