127-modda. Voyaga yetmagan shaxsni g’ayriijtimoiy xatti-harakat- larga jalb qilish
Voyaga yetmagan shaxsni tilamchilikka, spirtli ichimliklar iste’mol qilish- ga, giyovandlik yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga ta’sir qiladigan vosita va moddalarni iste’mol etishga jalb qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, — eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Voyaga yetmagan shaxsni giyovandlik vositalari yoki psixotrop modda- lar iste’mol etishga jalb qilish — uch yuz oltmish soatdan to’rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Voyaga yetmagan shaxsni jinoyat qilishga jalb etish, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni g’ayriqonuniy ravishda muomalaga chiqarish bilan bog’liq har qanday jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
ikki yoki undan ortiq voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
v) o’quv yurtlarida yoki o’quvchilar, talabalar o’quv-tarbiya, sport yoki jamoat tadbirlari o’tkazadigan boshqa joylarda sodir etilishi — besh yildan o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Bu hikmat yetqurg’ay tilakka mudom.
Yusuf Xos Hojib
Otang pandlariga sen qilg‘il amal, Yurarsan baxtiyor bo‘lib har mahal Onangni, otangni sevintir tamom,
Yosh boladan foydalangan holda jinoyat- ni sodir etish JK 56-modda «j» bandiga muvofiq jazoni og‘irlashtiruvchi holat deb hisoblanadi vajazo tayinlash vaqtida sud tomonidan inobatga olinadi.
Jinoyat to’g’ri qasd bilan sodir etiladi, ya’ni aybdor voyaga yetmagan shaxsni g’ayriijtimoiy xatti-harakatga jalb qilayotganini biladi va shunday bo’lishini xohlaydi. Ayni paytda aybdor g’ayriijtimoiy xatti-harakatga jalb qilinayotgan shaxsning voyaga yetmaganligini bilgan holdagina uni mazkur modda bo’yicha jinoiy javobgarlikka tortish mumkin ekanligiga e’tibor bermoq kerak.
Ushbu jinoyatning subyekti 18 yoshga to’lgan har qanday aqli raso shaxs bo’lishi mumkin.
Savol va topshiriqlar
Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlash tushunchasi va uni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik masalasiga nimalar kiradi?
Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlash jinoyati- dan ota-onani moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlash jinoyatining farqi nimadan iborat?
Voyaga yetmagan shaxsni g’ayriijtimoiy xat- ti-harakatlarga jalb qilish deganda nimalarni tushundingiz?
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
§ Tinchlik va xavfsizlikka 1 qarshi jinoyatlar
Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. O’zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar.
O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilishning huquqiy oqibatlari.
Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining VIII bobi «Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar», IX bobi esa «O’zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar» deb nomlanadi. Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga urushni targ’ib qilish, agressiya, urushning qonun va udumla- rini buzish, genotsid, chet davlatlarning harbiy xizma- tiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o’xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish, terrorizm, tayyorlanayotgan yoki sodir etil- gan terrorchilik harakatlari to’g’risidagi ma’lumotlar va faktlarni xabar qilmaslik, terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o’quvdan o’tish, chiqish yoki ha- rakatlanish, terrorizmni moliyalashtirish, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo’zg’atishlar kiradi.
G‘ofil odam ko‘z yumib g‘aflat uyqusiga botadi, ey, irodali mard, g‘ofil bo‘lma, hushyor bo‘l.
Yusuf Xos Hojib
Ushbu jinoyatlarning obyekti har qanday davlat ta- raqqiyoti va hayotiy faoliyatini amalga oshirishning sharti bo’lgan tinchlik va tinch-totuv yashash, insoniyatning yashash huquqi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar
O’zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlarga davlatga xoinlik qilish, O’zbekiston Respublikasi Pre- zidentiga tajovuz qilish, O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish, josuslik, qo’poruvchilik, davlat sirlarini oshkor qilish, davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo’qotish kabilar kiradi.
Berilgan rasm- lardagi insonlar- ning hayoti va faoliyati tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar- ning obyekti bo‘la oladimi?
O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish Jinoyat kodeksining «O’zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar» bobiga kiritilganligi bejiz emas, chunki O’zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolar- ning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qo- nunlarga rioya etilishining kafilidir.
Jinoyat obyekti O’zbekiston Respublikasi Preziden- tining hayoti, sog’lig’i, sha’ni va qadr-qimmatidir. Pre- zidentni ko’pchilik oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish haqorat yoki tuhmat xususiyatiga ega bo’lgan harakatlar sodir etilgan paytdan e’tiboran tugallangan jinoyat deb hisoblanadi.
Jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning motivi va maqsadi uning kvalifikatsiyasi uchun ahamiyatli emas.
O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida «konstitutsiyaviy tuzum» atamasining qo’llanilishi zamonaviy konstitutsiyaviy huquq fanida e’tirof etilgan ushbu ter- mindan aksariyat davlatlarda keng foydalanilayotganligi bilan izohlanadi.
Konstitutsiyaviy tuzumni tavsiflashda mamlakatning iqtisodiy ahvoli, jamiyat a’zolarining turmush tarzi va ijtimoiy holati, mavjud milliy an’analar va qadriyatlar
mazmuni, davlat hokimiyatining mohiyati, boshqaruv shakli va usullari, inson huquq va erkinliklariga bo’lgan munosabat, fuqarolik institutlarining rivojlanish dara- jasi, xalqning siyosiy-huquqiy ongi va tafakkuri hamda inson kamoloti kabi qator omillar xizmat qiladi.
Konstitutsiyaviy tuzum mohiyatan Konstitutsiyada belgilangan normalarning tabiatiga mos kelib, ularning amalda bo’lishi konstitutsiyaviy tuzumning barqarorligi- ni ta’minlaydi.
Yaxshi ishlar- ning yana bir afzalligi shun- daki, u qalbni yuksaltiradi va uni yanada ezgu ishlarga moyil qiladi.
|