• 159-modda. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzu- miga tajovuz qilish
  • O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
  • Aflotun
  • 159-modda. O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzu­miga tajovuz qilish
  • O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
  • O’zgalar mulkini talon-taroj qilish.
  • N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari




    Download 1.47 Mb.
    bet17/28
    Sana23.12.2019
    Hajmi1.47 Mb.
    #4660
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28

    Jan Jak Russo

    Konstitutsiyaviy normalar asosida konstitutsiyaviy tuzum himoya qilinadi, ya’ni qonunlar orqali mustah- kamlab qo’yilgan jamiyat hayotiga oid barcha ijtimoiy munosabatlar uzviylikda davom etadi.



    Konstitutsiyaviy tuzumning huquqiy kafolati bo’lgan konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, ular- da inson huquq va erkinligining eng oliy qadriyat sifati- da mustahkamlanishi, xalqaro huquqning umum e’tirof
    

    159-modda. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzu- miga tajovuz qilish

    O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konsti- tutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillari- ni hokimiyatdan chetlatishga yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq da’vat qilish, shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadi- da tayyorlash, saqlash yoki tarqatish —

    eng kam oylik ish haqining olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi...

    O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

    etilgan normalarining tan olinishi kabi qoidalar bugungi kunda konstitutsionalizmning asosi sifatida qaralmoqda.



    Konstitutsiyaviy tuzumga qaratilgan jinoiy harakat­lar obyekti respublikamizning konstitutsiyaviy tuzumi asoslari, davlat hokimiyati tuzilishi va faoliyatining tar- tibi hisoblanadi.
    Yaxshilar mas’uliyat bi­lan ish qilishlari uchun qonun- larga muhtoj bo‘lmaydilar. Yomonlar qonun- larga chap be- rish uchun yo‘l topadilar.

    Aflotun

    Jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatni sodir etish- dan maqsad O’zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini o’zgartirishdir. Jinoyat mo- tivlari turlicha bo’lishi mumkin, ya’ni mavjud konsti­tutsiyaviy tuzumga, qonuniy say lab qo’yilgan davlat arboblariga nafrat bilan qarash va hokazo. Bu harakat­lar chet el davlatining topshirig’iga binoan sodir etilgan taqdirda aybdor davlatga xoinlik qilganlik uchun ham javobgar bo’ladi.



    Hokimiyatni bosib olish yoki O’zbekiston Respub­likasining konstitutsiyaviy tuzumini ag’darib tashlash




    




    159-modda. O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzu­miga tajovuz qilish

    ...Hokimiyat konstitutsiyaviy organlarining qonuniy faoliyatiga to’sqinlik qilish yoki ularni Konstitutsiyada nazarda tutilmagan pa­rallel hokimiyat tuzilmalari bilan almashtirishga qaratilgan zo’ravon- lik harakatlari, shuningdek, davlat hokimiyati vakolatli organlarining O’zbekiston Konstitutsiyasida nazarda tutilmagan tartibda tuzilgan hokimiyat tuzilmalarini tarqatib yuborish to’g’risidagi qarorlarini belgi­langan muddatda bajarmaslik —



    eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi...

    O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

    uchun jinoiy guruh tuzilgan paytdan e’tiboran, jinoiy maqsadga erishishga qaratilgan harakat sodir etilgan yoki etilmaganidan qat’i nazar, fitna tugallangan jinoyat deb hisoblanadi. Berilgan moddada davlat uchun xavf­li oqibatlar yuzaga kelishini bartaraf etish, ya’ni hoki- miyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag’da- rib tashlashning oldini olish maqsadida fitna to’g’risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar berish rag’batlantiriladi.

    Josuslik, qo’poruvchilik, davlat sirlarini oshkor qi­lish, davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo’qotish kabi jinoyatlar ham mamlakatimizning konsti­tutsiyaviy tuzumiga qarshi jinoyatlar turkumiga kiradi.
    Fitna - ikki yoki undan ortiq shaxslarning hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘da- rib tashlashga qaratilgan jinoiy harakatni so- dir etish uchun o‘z kuchlarini birlashtirishga kelishishidir.



    




    159-modda. O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzu­miga tajovuz qilish

    ...Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar:



    1. takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

    2. uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko’zlagan holda sodir etilgan bo’lsa, —

    besh yildan o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Hokimiyatni bosib olish yoki O’zbekiston Respublikasi konstitutsi­yaviy tuzumini ag’darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish —

    o’n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Fitna to’g’risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar ber- gan shaxs, basharti, ko’rilgan choralar natijasida fitnaning oldi olingan bo’lsa, jazodan ozod qilinadi.



    O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

    Frans Kafka:
    «Bunday xalqni yengib bo‘lmaydi»


    • Qanaqa kitob o’qiyapsiz?

    • «Toshkent — non shahri»...

    • Ajoyib kitob. Yaqinda men uni bir oqshomda o’qib chiqdim.

    • Menimcha, bu kitob san’at asaridan ko’ra ko’proq hujjatga o’xshaydi.

    • Har qanday chinakam san’at — hujjat, guvohnoma. Bunday bo- lalari bor xalqni, xuddi bu kitobdagiday, yengib bo’lmaydi.

    • Biroq gap, harqalay, sonda bo’lmasa kerak.

    • Aksincha! Materiyaning ko’rinishi atomdagi elektronlar soni bilan belgilanadi. Ommaning saviyasi sanoqli kishilarning ongliligiga

    bog’liq.

    Chexiyalik musiqachi va adabiyotchi Gustav Yanouxning «Kafka bilan suhbatlar» asaridan parcha.

    Savol va topshiriqlar




    1. Yuqorida berilgan matndagi «Bunday bolalari bor xalqni, xuddi bu kitobdagiday, yengib bo’lmaydi», degan jumlani izohlab ko’ring. Fikringizni bag’rikenglik, insonparvarlik, kengfe’llik, mehri daryolik kabi tushunchalar orqali izohlang.

    2. Davlatga xiyonat qilish nimalarda ifodalanadi?

    3. Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish deganda nimani tushun- dingiz?

    4. Tinchlikni asrashda sizning qanday ulushingiz bor?

    5. O’zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar deganda nimani tushun- dingiz? Jinoyat uchun qanday jazo belgilangan?

    6. Tinchlik va insoniyatga qarshi jinoyatlar qanday sodir etiladi?


    




    1. § Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar

    Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:


    O’zgalar mulkini talon-taroj qilish. Soxta tadbir- korlik.

    Soliqlar yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lash- dan bo’yin tovlash.

    Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, suv ta’minotidan foydalanish qoidalarini buzish.
    Mulk
    - huquq subyekti tomonidan o‘z mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlarining to‘liq

    majmuyidir.

    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi va davlat iste’molchilarning huquqi us- tunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan teng muhofa- za etilishini kafolatlashi alohida qayd etiladi. Shu bilan birga xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida deb belgilab qo’yilgan. Demak,




    Ijodiy faoliyat

    Ijodiy faoliyat


    1. Mulk daxlsizdir va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi, unga qi­lingan har qanday tajovuz qonunga xilof deb hisoblanadi.

    Mazkur jumlani sharhlab ko’ring.

    1. Berilgan rasmlarni diqqat bilan kuzatib, mulk shakllarini ajrating. Ulardan qaysilari shaxslarga tegishli bo’lishi mumkin? Qaysilari esa davlatga tegishli?

    2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasida beril­gan qoidaga asoslanib, bu mulklarning qaysilarini xalq mulki deyish mumkin? Fikringizni asoslang.


    o’zganing mulkiga tajovuz qilish qonun doirasida ja­vobgarlikka tortilish uchun asos bo’lishi mumkin.

    Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga o’zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog’liq bo’lgan va bo’lmagan ji­noyatlar, iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar, xo’jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar, tadbirkorlik faoliyatiga to’sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog’liq jinoyatlar hamda xo’jalik yurituvchi subyektlar- ning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladi­gan boshqa jinoyatlar kiradi.



    O’zgalar mulkini talon-taroj qilish. Talon-ta- roj qilish - bu birovning mulkini o’zining yoki boshqa shaxslarning foydasi uchun, mulkdorga yoki ushbu mulkning boshqa egasiga zarar keltirib, qonunga zid va haq to’lamay undirishdir.

    Obyektiv tomondan talon-taroj qilish o’zganing mulkini qonunga xilof ravishda, tekinga o’zi yoki bosh­qa shaxs foydasi uchun olishda ifodalanadi.

    O’zbekiston Respublikasi jinoyat to’g’risidagi qonunlari talon-taroj qilish bilan bog’liq jinoyatlar-

    ga javobgarlikni belgilashda uning qaysi usulda sodir etilganligiga ko’ra ajratadi. Masalan, bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, o’zlashtirish yoki rastra- ta yo’li bilan talon-taroj qilish, firibgarlik, o’g’rilik. Har qanday talon-taroj qilishning zaruriy belgisi uning huquqqa xilofligidir.

    O’zganing mulkini talon-taroj qilishning tugallan- gan vaqti talon-taroj qilishning shakliga bog’liq bo’ladi.


    

    Qanoat - harom

    bilan halolning chegarasini belgilaydigan vijdon qozisi.


    Download 1.47 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




    Download 1.47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari

    Download 1.47 Mb.