• O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, 15-modda
  • Nikoh tuzilishiga monelik qiladigan holatlar.
  • O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, 51-modda
  • O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 126-modda
  • Qur’oni karim, Niso surasi, 23-oyat
  • N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari




    Download 1.47 Mb.
    bet6/28
    Sana23.12.2019
    Hajmi1.47 Mb.
    #4660
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Nikoh tuzish shunchaki rasmiyatchilik emas, uning davlat tomonidan qayd etilishi yuridik faktdir.

    Aynan ro’yxatga olingan (qayd etilgan) nikoh yu­ridik nikoh deb hisoblanadi va faqat ugina er-xotinlik huquqlari va majburiyatlarini yuzaga keltiradi. Ro’yxat- siz (qaydsiz) nikoh haqiqiy emas.



    Nikoh davlat va jamiyat manfaatlarini ko’zlab, er, xotin va bolalarning shaxsiy va mulkiy huquqlari hamda manfaatlarini muhofaza etish maqsadida qayd etiladi.


    

    Nikohni qayd etishda guvohlarning soni ikki kishidan kam bo’lmasligi kerak.

    Faqatgina diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan ni­koh huquqiy ahamiyatga ega emas.
    Nikoh yoshi erkaklar uchun o‘n sakkiz yosh, ayollar uchun o‘n yetti yosh etib belgilanadi.

    Uzrli sabablar bo‘lganida, alohi- da hollarda (ho- miladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxs- ning to‘la muo- malaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tka- ziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yo- shini ko‘pi bilan bir yilga kamayti- rishi mumkin.

    O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, 15-modda

    Nikoh tuzishning ixtiyoriyligi. Nikoh yoshi. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar

    Nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikoh tuzish uchun bo’lajak er-xotin o’z roziligini erkin ifoda etish qobi- liyatiga ega bo’lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. Amaldagi qonun hujjatlarida nikoh yoshi belgilab qo’yilgan. Qonunga binoan erkaklar 18 yosh- dan, ayollar esa 17 yoshdan nikoh tuzishlari mumkin.

    Fuqarolik qonunlariga asosan voyaga yetgun- ga qadar qonuniy asosda nikohdan o’tgan fuqaro to’la hajmdagi muomala layoqatiga ega bo’ladi. Nikoh tu­zish natijasida ega bo’lgan muomala layoqati 18 yoshga to’lmasdan turib nikohdan ajratilgan taqdirda ham to’la saqlanib qoladi. Nikoh haqiqiy emas, deb topilganida sud voyaga yetmagan er (xotin) sud belgilagan paytdan boshlab to’la muomala layoqatini yo’qotganligi haqida qaror qabul qilishi mumkin.

    Nikoh yoshiga amal qilmasdan, g’ayriqonuniy ravishda nikoh munosabatlarida bo’lish har xil huquqiy oqibatlar- ni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday nikoh haqiqiy emas, deb topilib, oila qonunlarida belgilangan tegishli shaxsiy va mulkiy huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.

    Nikoh tuzilishiga monelik qiladigan holatlar.


    1. Loaqal bittasi ro’yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o’rtasida nikoh tuzilishi mumkin emas.

    Respublikamizda har bir fuqaro faqat yakka nikoh­da bo’lishi mumkin. Yakka nikohlik tamoyili bizning jamiyatimizda mavjud bo’lgan yuksak axloqiy qoida-

    lardan kelib chiqadi. Bu qoidaning buzilishi nikohni haqiqiy emas deb topilishiga asos bo’ladi.



    1. Nasl-nasab shajarasi bo’yicha to’g’ri tutashgan qarindoshlar o’rtasida, tug’ishgan va o’gay aka-ukalar bilan opa-singillar o’rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o’rtasida nikoh tuzilishiga ruxsat berilmaydi.
      Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikoh hali nikoh yoshiga yetmay nikohga kir- gan shaxsning manfaatlari talab qilgan hollarda haqiqiy emas deb topilishi mumkin...

      O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, 51-modda


    Qonun hujjatlarida yaqin, to’g’ri, yon shajara, yot aralashmagan va yot aralashgan qarindosh tushunchalari mavjud. Biri boshqasidan yoki umumiy ajdoddan dun- yoga kelgan shaxslar yaqin qarindoshlar hisoblanadi.

    Biri boshqasidan dunyoga kelgan shaxslar, ya’ni bobo-ota, o’g’il-nevara-evara-chevara-dubora to’g’ri shajaradagi qarindoshlar deb yuritiladi. Aka-uka va opa-singil yon shajaradagi qarindosh deyiladi. Yot ara­lashmagan qarindosh deb umumiy ota yoki onaga ega bo’lishlik, yot aralashgan qarindosh deb turli ota yoki onadan tug’ilgan o’gay aka-ukalar va opa-singillar tushuniladi.



    Yaqin qarindoshlar o’rtasidagi nikohni qonun yo’li bilan taqiqlash axloqiy qoida hamda biologik nuqtayi na- zarga, tibbiyot fani yutuqlari va xulosalariga asoslanadi.


    Boshqa qarindoshlar o’rtasida nikoh tuzish qonun bilan taqiqlanmaydi. Shuning uchun yon shajara bo’yi- cha qarindosh bo’lgan, tog’avachcha, amakivachcha,

    

    Nikoh yoshi to’g’risidagi qonun hujjatlarini buz- gan aybdor shaxslar 0’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi 473-mod- dasi va Jinoyat kodeksi 1251-moddasiga muvofiq ja- vobgarlikka tortiladilar.



    xolavachchalar va boshqa uzoq qarindoshlar o’rtasida nikoh tuzish mumkin.



    Aka-ukalar hamda opa-singillar farzandlarining o’za- ro nikoh tuzishlari maqsadga muvofiq emas. Qarindoshlik nikohi tufayli ko’pincha nimjon, jismonan nosog’lom, nuqsonli, mayib bolalar dunyoga keladi. Qarindoshlar o’rtasida tuzilgan nikoh hatto farzandsizlikka olib keli- shi ehtimoldan xoli emas.
    Ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash — eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yil- gacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bi­lan jazolanadi.

    O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 126-modda


    1. Loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalli- gi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muoma- laga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o’rtasida nikoh tuzilishiga yo’l qo’yilmaydi.

    Bunday shaxslar o’z qilmishlarining oqibatiga to’liq javob bera olmaydilar va nikoh tuzishga ongli ravishda o’z xohishlarini izhor eta olmaydilar. Bu qoida nikohla- nuvchilarning ixtiyoriy va o’z xohishiga ko’ra nikoh tuzish tamoyilidan kelib chiqadi. Shaxsning ruhiy ka- salligi yoki aqli zaifligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilishi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga ariza topshirganidan so’ng, nikohni qayd etish muddatigacha yuz bergan bo’lsa ham, nikohdan o’tishga monelik qiladi.


    

    Nikoh haqida milliy qadriyatlardan




    Sizlar uchun (bu gap erkaklarga aytilyapti) onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolala- ringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringiz- ning qizlari, emizgan onalaringiz, emishgan opa- singillaringiz, qaynonalaringiz, nikohingizda bo’lgan xotinlaringizning tarbiyangizda bo’lgan qizlari - mana shu sanab o’tilgan ayollarga uylanish harom qilindi.



    Qur’oni karim, Niso surasi, 23-oyat


    




    Aziza kasb-hunar kollejining 2-bosqichida o’qiydi. Mart oyida u 17 yoshga to’ladi. Uyidan sovchilarning ham oyog’i arimay qoldi. Oilada 80 yoshlarni qoralab qolgan buvisi bor. Har gal sovchi kelganida, «Menga sening to’ying nasib qilarmi- kan?» deb o’ksinib qo’yadi. Bu gapni eshitgan Azi- zaning otasi: «Siqilmang, onajon, yozga chiqib to’y qilamiz», deb yupatadi. Onasi bo’lsa: «Hali qizimiz yosh, oila qurishga tayyor emas», deb sovchilarga rad javobi berib yuboradi.
    Ijodiy faoliyat

    Nikohlanuvchi shaxslar dav­lat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida bepul asosda tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish hajmi va tartibi 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masi tomonidan belgilanadi...


    Download 1.47 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 1.47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari

    Download 1.47 Mb.