• Fitrat
  • N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari




    Download 1.47 Mb.
    bet4/28
    Sana23.12.2019
    Hajmi1.47 Mb.
    #4660
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28

    O‘zbekiston

    Respublikasining

    Konstitutsiyasi,

    63-moddadan

    Xalqimiz tarixiga nazar tashlasak, eng qadrli an’ana- lar: halollik, rostgo’ylik, or-nomus, sharm-u hayo, mehr-u oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar eng avvalo oilada shakllangan. 0dobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, imon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir.



    0ila munosabatlarining 0’zbekiston Respublikasi qonunlarida aks ettirilishi oilani yuksak axloqiy-ma’na- viy normalar asosida mustahkamlashning yorqin namu- nasidir.

    0’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida 0’zbekiston fuqarolari bolalarni voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburligi, farzandlar ota-onalari to’g’risida g’amxo’rlik qilishlari va ularga yordam berishlari shartligi ko’rsatib o’tilgan.
    «Agar bir mamla- kat aholisi axloq- sizlik va johillik bilan oilaviy munosabatlar­ni zaiflashtirib yuborsa va inti- zomsizlikka yo‘l qo‘ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi».

    Fitrat

    Farzandlar ota-onalarining nasl-nasabidan va fuqa- rolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar, ona- lik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.



    O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi

    0ilaning jamiyatdagi rolini ta’minlashda, uning huquqiy muhofazasi va ijtimoiy mavqeyini mustah- kamlashda 0ila kodeksining roli kattadir. 0’zbekiston Respublikasining 0ila kodeksi jahon hamjamiyatida umumiy e’tirof etilgan huquqiy normalarga to’la mos ravishda tuzilgani holda, «oila — jamiyatning tayanch tuzilmasidir», degan g’oyaga asoslangan.

    1. Matnni diqqat bilan o‘qing va mu- nosabat bildiring.

    2. «0ilaviy muno- sabatlarni zaif­lashtirib yuborsa» deganda nimani tushundingiz?

    3. 0ilaning mus- tahkamligida mil- liy qadriyatlarning o‘rni nimada?

    4. 0iladagi muammolarning jamiyat rivojiga ta’siri qanday bo‘lishi mumkin?

    0ila to’g’risidagi qonun hujjatlarining vazifalari oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o’za- ro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolari- ning mas’ulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxs- ning oila masalalariga o’zboshimchalik bilan aralashi- shiga yo’l qo’ymaslikdan, oila a’zolari o’z huquqlarini to’sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlashdan iboratdir. 0ilaviy mu­nosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikoh ittifoqini tuzishi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy teng huquqliligiga asoslanadi.



    Oila to’g’risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar

    0ilaviy huquqiy munosabatlar deganda fuqarolar o’rtasida bo’ladigan va oilaviy huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.
    Tarixiy qadriya- timiz bo‘lgan «Avesto»da ayol kishi shaxsiy mulkka ega bo‘li- shining huquqiy asoslari mavjud. Ayol kishi o‘z mulkidan xayriya maqsadlarida mustaqil foydala- nishi; shuningdek, mustaqil ravishda da’vogar bo‘lishi va guvoh sifati­da ko‘rsatuvlar berishi mumkin bo‘lgan. Nikoh zardushtiylik huquqiga ko‘ra unga kiruvchilar- ning ikki tomon- lama xohishi na- tijasi bo‘lib, faqat shundan keyingi- na ota-onalar va vasiylar tomoni- dan tasdiqlangan.

    0ila huquqi oila a’zolari o’rtasidagi shaxsiy nomul- kiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Shaxsiy nomulkiy munosabatlarga er-xotinning familiyasi, bolalar tarbiyasi, oila turmushi masalalarini hal qilish, mashg’ulot turi, kasb va turar joy tanlash huquqlari kiradi.

    Er va xotinning nikoh davomida orttirgan umu- miy mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar bo’lajak er-xotinning umumiy mablag’lari hisobiga olin- gan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha holat ko’zda tutilmagan bo’lsa, ularning bir- galikdagi umumiy mulki hisoblanadi va mulkiy muno­sabatlar bilan tartibga solinadi.

    0ilaviy-huquqiy munosabatlar o’zining ba’zi bir belgilari bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga o’xshab ketadi. Biroq bu o’xshashlik faqat tashqi ko’ri- nishdir. Fuqarolik huquqiy munosabatlarning asosini mulkiy munosabatlar, oilaviy huquqiy munosabatlar asosini esa mulkiy bo’lmagan shaxsiy munosabatlar tashkil etadi. 0ila huquqi birinchi navbatda shaxsiy mu­nosabatlarni tartibga soladi.




    

    Fuqarolarning 0’zbekiston Respublikasi oila qonun- larida nazarda tutilgan huquqlari, erkinliklari va majbu- riyatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

    er-xotinning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va maj- buriyatlari;
    0‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldi- da tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan bel- gilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsipla- riga mos bo‘lishi shart.



    Download 1.47 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 1.47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari

    Download 1.47 Mb.