II. Pedagogik hamkorlikning asosiy holatlari - ta’limga tarbiyachi va bolaning o'zaro ijodiy hamkorligi sifatida munosabatda bo'lishi tamoyilida: majburlamasdan o'qitish
foydalanishi (tayanch signallar), o'z-o'zini tahlil qilish, guruh-
ning intellektual foni; tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi,
shaxsga yo'naltirilgan ta'limni o'z ichiga oladi.
Ta'lim orqali inson va fuqaroning zamonaviy jamiyatga ta-
komillashuvi va har tomonlama kirishuvi (qorishib ketishi),
zamonaviy bilimlar darajasi, shaxsning milliy va dunyoviy
madaniyati integratsiyasi masalalari amalga oshiriladi. Bu
tamoyilning asosiy jihatlaridan biri hamkorlik pedagogikasi
kattalarning (tarbiyachi, ota-ona va bolalar) oldiga ta'lim-tar
biya jarayonida muloqotining altruistik (o'zining shaxsiy qizi- 62
qishlarini emas ;
balki boshqalar manfaati uchun harakat qilishi) uslubini qo'llash zaruriyatini qo'yadi.
Bu jihat - pedagog bolaning ustidan hukmronlik qilishdan,
uni nazorat qilish, zo'ravonlik, kuch ishlatishdan voz kechib,
tarbiyalanuvchiga uning xohishiga ko'ra erkin tanlash huqu-
qini beradi.
Bunda:
Kattalarning hissiy-shaxsiy muloqotini shakllantirish;
Bola va pedagog o'rtasidagi hissiyot shaxsiy munosabatla-
rini rivojlantirish;
Munosabatlar tizimining o'zaro hurmat tarzda shakllanti-
rishga e'tibor qaratiladi.
III. Ijtimoiy pedagogik yondashuv tamoyili: Bolaning tengqurlari va kattalar bilan munosabatining
o'zaro hurmat doirasida bo'lishi bolaning tizimli o'zaro mu-
nosabatlarda o'zining "Men" mezoni bo'yicha shaxsiy rivoj-
lanishinmg ijtimoiy faolligi ko'rsatkichida muhim omil hisob
lanadi. Bu asosan 5 boshqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich - oiladagi muhit. Bolani o'rab turgan muhit bi
lan o'zaro munosabatlarining amaliy harakatlari va kattalarga
(ota-ona, enaga va boshqalar) to'liq qaram ekanligi bilan aniq-
lanadi. Bolaning faolligi muhitga bo'lgan ehtiyojni qondirishiga
yo'naltiriladi.
2-bosqich - vaziyatdagi voqelik - bolani bo'lib o'tayotgan
hodisalardan ajrala olmasligi va uni vaziyatga to'liq qaram-
ligi bilan tavsiflanadi. Bunda muhit alohida ahamiyatga ega
bo'ladi.
3-bosqich - vaziyat ustidagi voqelik - bolani vaziyatlar oqi-
mi ta'siridan chiqish va o'zining aqli yordamida vaziyatni tu-
shunib ish tutishi bilan xarakterlanadi.
4-bosqich - o'zidagi voqelik - bola o'z vaziyatlari modelini
tayyorlab, atrofdagi kattalar va tengdoshlari bilan ish yuzasi
dan munosabatlar o'rnatib, o'z "men’lni namoyish etadi.
5-bosqich - bolaning boshqadagi voqelik va o'zining qadr-
qimmatini tan olishga intilishi bilan belgilanadi.
63
Ijtimoiy pedagogik yondashuvning mazmuni - bola to
monidan insoniyat o'zlashtirilishini ta'minlovchi rivojlanish-
ni amalga oshirishdir. Bunday yondashuv ta'lim berish jara
yonini yakuniy natijasiga bola shaxsining axloqiy, ma'naviy
o'zgarishlarini tubdan isloh qilishdir.
IV. Psixologik yondashuv asoslari - bola shaxsini rivoj-