Maslahatlar (turli xildagi savollar bo'yicha] har shanba
kunida.
Reja shahar maktabgacha ta'lim bo'limi tomonidan
tasdiqlanadi.
Har kvartalda bir marotaba Maktabgacha ta'lim bo'limi
kengashi chaqiriladi. Bunga asosan maktabgacha ta'limni
yanada o'stirish, ish sifatini yaxshilash, ma'lum bolalar
asosini tekshirish natijalari, ilg'or pedagoglar mahoratini
so'zlab berish, davlatimiz belgilab bergan ishlar - vazifalarni,
qonunlarni, qarorlarni bajarish, bolalar sog'ligi haqida
g'amxo'rlik, kasalliklarni bartaraf qilish ishlari ko'riladi.
Kengashga xalq maorifi bo'limi mudiri rahbarlik qiladi. Har
bir kengash protokol bilan olib boriladi, qaror qabul qilinadi,
bajaruvchi shaxslar belgilanadi, muddati belgilanadi.
Kengashda nazoratchi, metodist, kasaba uyushma qo'mitasi
raisi, jamoatchi nazoratchilar ishtirok etadilar. Ular ham
o'zlarining fikr-mulohazalarini o'rtoqlashadilar.
Tekshirish natijalari, kamchiliklar haqida nazoratchi va
metodist so'zga chiqadilar.