• Mahsulot rentabelligi
  • Mahsulot sifati
  • Mahsulot sifatini boshqarish tizimi
  • Mahsulotning mehnat sig‟imi
  • N. N. Rasulova, Z. Q. Jumayeva soha iqtisodiyoti va menejmenti




    Download 1,03 Mb.
    bet117/122
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,03 Mb.
    #240888
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122
    Bog'liq
    Soha iqtisodiyoti va menejmenti. Rasulova

    Mahsulot attestasiyasi - mahsulot sifatining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ob‘ektiv baholashni tizimli ravishda amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi, tashkiliy- texnik va iqtisodiy chora-tadbirlar majmuasi.
    Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari – mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi tabiiy resurslar, xom ashyo va materiallar, yoqilg‘i va energiya, asosiy fondlar va mehnat resurslari, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish va
    sotishning boshqa xarajatlarining qiymat baholari.
    Mahsulot rentabelligi – mahsulot sotishdan olingan foydaning mahsulot tannarxiga nisbati (foizlarda) sifatida aniqlanuvchi ishlab chiqarish samaradorligi ko‘rsatkichi.
    Mahsulot sertifikati - mahsulot sifatini baholash va nazorat qilishning xalqaro normalarini qabul qilish va amalga oshirish jarayoni; mahsulot ishlab chiqaruvchilarga qaram bo‘lmagan, mahsulotning xalqaro standart normalariga mos kelishini nazorat qilish uchun kerakli asbob-uskunalar bilan ta‘minlangan maxsus markazlarni yaratish bilan amalga oshiriladi.
    Mahsulot sifati – masulotning inson va jamiyatning ma‘lum bir ehtiyojlarini qondirish qobiliyatlarini belgilovchi foydali xislatlari majmui.
    Mahsulot sifatini boshqarish –mahsulotni yaratish va undan foydalanish yoki uni iste‘mol qilishda zarur sifat darajasini belgilash, ta‘minlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriluvchi xatti-harakatlar.
    Mahsulot sifatini boshqarish tizimi – sifatni boshqarish uchun zarur bo‘lgan resurslar, jarayonlar va javobgarlikni aniq taqsimlovchi tashkiliy tuzilma.
    Mahsulotning material sig‟imi – xom ashyo, materiallar va boshqa moddiy resurslarning mahsulot birligiga sarflanuvchi xarajatlari. Material sig‘imini kamaytirish tayyor mahsulot va materiallarni ko‘paytirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va xom ashyo tarmoqlarini rivojlantirishga sarflanuvchi xarajatlarni kamaytirishga imkon yaratadi.
    Mahsulotning mehnat sig‟imi–mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlariga teskari bo‘lgan kattalik. Moddiy ishlab chiqarish sohasida sarflangan mehnatning ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati orqali aniqlanadi.

    Download 1,03 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122




    Download 1,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. N. Rasulova, Z. Q. Jumayeva soha iqtisodiyoti va menejmenti

    Download 1,03 Mb.