• KIRISH
  • N. N. Rasulova, Z. Q. Jumayeva soha iqtisodiyoti va menejmenti




    Download 1,03 Mb.
    bet2/122
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,03 Mb.
    #240888
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
    Bog'liq
    Soha iqtisodiyoti va menejmenti. Rasulova

    MUNDARIJA


    KIRISH 4
    I BOB. Xo‘jalik amaliyoti va zamonaviy fan tizimida sanoat




    korxonalari




    1.1.

    Sanoat korxonalari va ularning iqtisodiyotni modernizasiya

    6




    qilishdagi ahamiyati va roli




    1.2.

    Sanoat korxonalari rivojlanishining strategiyasini shakllantirish

    26

    1.3.

    Mahsulot ishlab chiqarish faoliyati

    48

    II BOB.

    Sanoat korxonalarining zaxira manbalari




    2.1.

    Sanoat korxonalari asosiy fondlari

    59

    2.2.

    Sanoat korxonalarining aylanma mablag‘lari, ularning

    75




    shakllanishi va foydalanishi




    2.3.

    Sanoat korxonalarining kadrlari, ularning shakllanishi va

    84




    foydalanish




    III BOB.

    Korxona ishlab chiqarish xarajatlari va rentabellik




    3.1.

    Korxona xarajatlari va ularni kamaytirish yo‘llari

    96

    3.2.

    Foyda va ishlab chiqarish rentabelligi

    105

    IV BOB

    Sanoat korxonalarida iqtisodiy faoliyat




    4.1.

    Korxonaning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi

    116

    4.2.

    Korxonalarda ishlab chiqarishni rejalashtirish va prognozlash

    126

    4.3.

    Sanoat korxonalarining investitsion faoliyati

    143

    4.4.

    Sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati

    163

    4.5.

    Sanoat korxonalarining marketing faoliyati

    177

    V BOB.

    Soha menejmenti




    5.1.

    Sanoat menejmentining tashkiliy tuzilmasi

    192

    GLOSSARIY 209


    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR 216

    KIRISH


    Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida islohotlarni chuqurlashtirish iqtisodiyotga kiritilgan yangi investitsiyalar va mavjud moddiy-texnika asosini modernizatsiya qilishdan tashqari boshqaruvning demokratik tamoyillarini kuchaytirish, korxona, firma va ularga tenglashtirilgan ishlab chiqarish tuzilmalarining xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq mustaqillik doirasini kengaytirish, siyosatning iqtisodiyotdan ustunligiga barham berish, inson faoliyatining barcha soha va tarmoqlarida tashabbuskorlik, izlanish va innovatsiyalarning rivojlanishi ham keng imkoniyatlar yaratmoqda.


    Korxona iqtisodiyotning bir bo`g`ini bo‘lib, unda eng malakali kadrlar mujassamlangan hamda samarali boshqaruv - menejment qo‘llanib, resurslardan oqilona foydalanish va zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish masalalari hal qilinadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifat ko‘rsatkichlarini saqlagan holda xarajatlarni minimallashtirish va daromad (foyda)ni maksimallashtirish deyarli har bir korxonaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Hozirgi kunda iqtisodiy faoliyatning, moddiy ishlab chiqarishning joriy va istiqbolli rivojlanish strategiyasi hamda mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashning asosiy og‘irligi aynan korxonalar ―yelkasi‖ ga yuklatilmoqda.
    Talaba integratsion jarayonlarning ta`siri; sanoat korxonalarida ishlab chiqarish samardorligini oshirish maqsadida qo‘llaniladigan boshqaruv usullari, vositalarini; korxona daromadi va menejment samaradorligi; narxni tashkil qilish siyosati; asosiy va aylanma vositalar; korxonani boshqarish asoslari; korxonani boshqarishdagi iqtisodiy-matematik usullari; boshqaruvchi xodimlarni shakllantirish jarayoni; korxonaning hayot siklini bilishi va ulardan foydalana olishi; strategik boshqaruv tushunchasi, biznes – rejani ishlab chiqish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
    Milliy iqtisodiyotning jadal rivojlanish sharoitida yangi axborot kommunikatsiyalarining kirib kelishi, muhandis-talabalar oldiga iqtisodiy, pedagogik, psixologik bilimlarga ega, korxonalarni boshqarish, modellashtirish, avtomatlashtirish, shuningdek, kam sarf-harajatli arzon, mustahkam uzoqqa chidamli ishlab chiqaruvchi texnologiyalarni matematika, informatika, matematik dasturlash, statistika, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot nazariyasi, sotsialogiya, pedagogika va boshqa fanlardan o‘zlashtirgan bilimlari asosida o‘rgangan yetuk mutaxassis kadrlar bo‘lishlikni taqozo etmoqda.
    ―Soha iqtisodiyoti va menejmenti‖ fanini o‘qitishdan asosiy maqsad - talabalarda milliy iqtisodiyot rivojlanishining iqtisodiy qonun va qonuniyatlarining sanoat va uning rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta‘sirini o‘rganish sanoat korxonalarnining ishlab chiqarish samaradorligini oshirish , ishlab chiqarish
    kuchlarini rivojlantirishdagi va milliy iqtisodiyotni ko‘tarishdagi rolini hamda o‘rnini aniqlash, ularni boshqarish tamoyillari, iqtisodiy salohiyatni oshirish bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.
    Fanning vazifasi - talabalarga mazkur fan xusuyatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati asarlari, materiallari, xulosalarini puxta o‘zlashtirishlarini ta‘minlashdan, sanoat korxonasining boshqaruv tuzilishini, ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish samaradorligi ko‘rsatkichlarini hisoblash usullarini o‘rgatish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va uni takomillashtirish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.
    Mutaxassis har tomonlama rivojlangan, iqtisodiy savodxon, qobiliyatli bo‘lishi bilan tarmoq korxonalarining rivojlanishida hamda soha kichik mutaxassislarini tayyorlashda, fan bo‘yicha bitiruvchilarga qo‘yiladigan talablarni, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida korxonalarni boshqarish xususiyatlari rivojlanishining tendentsiyalarini, boshqarishning huquqiy-me`yoriy asoslarini, korxonalarni moliyalashtirish xususiyatlarini, iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini, integratsiya jarayonlarini bilishi hamda ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasi bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur.
    Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko`nikmalalarga dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
    Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga quyidagi talablar qo`yiladi. Talaba:

    • sanoat korxonalari O`zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy ustuvor yo`nalishi ekanligi, soha rivojining bugungi ahvoli, soha mehnat resurslariga bo`lgan talablarni bashorat qilish haqida tasavvurga ega bo`lishi;

    • korxonani moddiy-texnik ta`minotini tashkil qilish va rejalashtrishni, integratsion jarayonlarning ta`sirini, talab va taklifning qayishqoqligini, raqobatli bozorlarning samaradorligini, narxni tashkil qilish siyosatini, asosiy va aylanma vositalarni, investitsiyalarni jalb qilishni, innovatsiya jarayonlarining xususiyatlarini, korxonani boshqaarish asoslarini, xodimlarni shakllantirish jarayonini, korxonaning hayot siklini bilishi va ulardan foydalana olishi;

    • talab va taklif nazariasidan foydalanish, biznes-rejani ishlab chiqish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak.

    Download 1,03 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




    Download 1,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. N. Rasulova, Z. Q. Jumayeva soha iqtisodiyoti va menejmenti

    Download 1,03 Mb.