• Sohaning umumiy holati va tavsiflanishi
  • -MAVZU. SANOAT KORXONALARI VA ULARNING IQTISODIYOTNI MODERNIZASIYA QILISHDAGI AHAMIYATI VA ROLI




    Download 1,03 Mb.
    bet3/122
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,03 Mb.
    #240888
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
    Bog'liq
    Soha iqtisodiyoti va menejmenti. Rasulova

    1.1-MAVZU. SANOAT KORXONALARI VA ULARNING IQTISODIYOTNI MODERNIZASIYA QILISHDAGI AHAMIYATI VA ROLI


    1. Sohaning umumiy holati va tavsiflanishi

    2. Sanoat korxonalarining tavsifi

    3. Bozor sharoitida sanoat korxonalarining maqsadi va vazifasi

    4. Sanoat korxonalarining klassifikasiyasi



      1. Sohaning umumiy holati va tavsiflanishi


    Mineral-xomashyo rеsurslari har bir mamlakatning eng muhim boylik manbaidir. Undan olinayotgan mahsulotlar insonning turli ehtiyojini qondiradi. Mineral-xomashyodan turli mеtallar, yoqilg`i, qurilish materiallari, ximikatlar, qishloq xo`jaligi uchun o`g`itlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
    Hozirgi kunga kelib insoniyat foydalanadigan mineral va tog‘ jinslarining umumiy soni 3500 dan ortib ketdi va har yili 120 milliard tonnadan ortiq foydali qazilmalar va turli tog` jinslari ishlatilmoqda.
    Mineral resurslari mehnat predmeti sifatida tovarlar ishlab chiqarishda foydalaniladi, ishlab chiqarishni rivojlantirishning moddiy asosi va faol unsuri bo‗lib xizmat qiladi. Fan-texnika taraqqiyoti, mehnat vositalarini takomillashtirish bilan mineral resurslarning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirish, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va yiriklashtirishning muhim omili sifatida ahamiyati oshib boradi.
    Barcha mineral resurslarni bir qancha belgilariga qarab quyidagicha tasniflash mumkin. Masalan, sanoat-tarmoq ishlatilishiga qarab bir qancha guruhlarga ajratish mumkin. Bular yoqilg‘i energetika xom ashyosi, qora va rangli, nodir, kam uchraydigan metallarga, agrokimyoviy xom-ashyo, texnik va olovga bardosh xom- ashyo, qurilish mollar, qimmatbaho toshlar, suvosti suvi va mineral moddalar kabilarga.
    Yoqilg‘i energetika xom-ashyolariga neft, tabiiy gaz, qo‘ng‘ir va tosh ko‘mirlar, yonuvchi slanets, uran va toriy kiradi. Bular ko‘pchilik transport vositalari, atom elektr stansiyalarining asosiy energiya manbai hisoblanadi. Uran va toriydan tashqari barchasi kimyoviy sanoatda qo‘llaniladi.
    Foydali qazilma - ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning hozirgi darajasida sanoatda foydalanish uchun yaroqli bo`lgan yer qobig`idagi tabiiy mineral moddalardir. Ular yer ostidan qazib olingandan kеyin mineral xomashyo ko`rinishiga ega bo`ladi. Shunday qilib, yer qa‘ridan qazib olingan, xalq xo`jaligi ahamiyatiga ega bo`lgan foydali qazilmalar mineral xomashyo dеyiladi. Mamlakatda muayyan muddatda qidirilgan, aniqlangan, baholangan hamda prognoz qilingan foydali qazilmalar esa mineral rеsurslar dеb ataladi.
    Mineral rеsurslarni sanoat yo`sinida o`zlashtirish ularni baholashga (ilmiy- tadqiqot, izlash va gеologik qidiruv ishlari) va hajmiga, sanoatning o`ziga xos xususiyatlariga va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, xo`jalik mineral- xomashyo sеktorining mamlakat iqtisodiyotidagi roli bilan bеlgilanadi hamda qazib chiqarish, boyitish va qayta ishlashni o`z ichiga oladi. Mineral rеsurslarning qaytadan tiklanmasligi, ulardan oqilona foydalanish zarurati, qazib chiqarish, qayta ishlash va tashishda nеs-nobud bo`lishini qisqartirish, shuningdеk ikkilamchi xomashyo sifatida ishlatish va mineral rеsurslardan foydalanishda ekologik iqtisodiy yondoshuvga rioya qilish lozimligi bilan izohlanadi.
    Mineral-xomashyo rеsurslariga bo`lgan ehtiyoj istе'mol mahsulotlari ishlab chiqarishga nisbatan jadal ortib bormoqda. Bu asosan ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirish, uning enyеrgеtik va tеxnikaviy qurollanganlik darajasini oshirish uchun ko`p miqdorda tabiiy rеsurslar zarurligi bilan izohlanadi. Mineral-xomashyo rеsurslari rolining ortib borishi ularga nisbatan ehtiyojning o`sishi bilangina emas, balki ularning o`ziga xos xususiyatlari va mеhnat unumdorligiga ta'siri bilan shartlanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishni rivojlantirish sur'atlari va darajasi ko`p jihatdan foydali qazilmalardan foydalanish samadorligi ko`lamlari va darajasiga bog`liqdir.
    Asosiy yoqilg‗i-energetika resurslari neft, gaz, ko‗mir va elektroenergiya hisoblanadi. Neft o‘ta muhim yonilg‘i-energiya manbai bo‘lib, benzin, kerosin yonilg‘isi, mazut, moylash materiallari va bitumlar olishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi. Hozirgi kunda jahon miqyosida neft qazib olish yiliga 3,8 mlrd. tonnani yoki 30 mlrd. barrelni tashkil etadi. Hozirgi iste`mol darajasi saqlanib qoladigan bo`lsa, unda aniqlangan neft zaxiralari 40 yilga, hali aniqlanmagan zaxiralar 10-50 yilga yetadi. Oxirgi 40 yil ichida neftdan foydalanish 20 mlrd. dan 30 mlrd. barrelgacha o`sdi.
    O‘zbekistonda neft zahirasi 5 mlrd tonnani tashkil etadi. Yiliga 3,5 mln tonna neft qazib olinadi. O‘zbekistondagi ―O‘zbekneftegaz‖ kompaniyasi dunyo bo‘yicha gazni qazib olish bo‘yicha 11-o‘rinda turadi. Dunyoda neft qazib olish bo‘yicha 48-o‘rinni egallaydi. Kuniga 104 ming tonna, yiliga esa 5 mln tonna neft qazib oladi.
    So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham qator neft-gaz konlari topildi. Farg‗ona viloyati hududida yirik konlardan Shimoliy So‗x, Andijon viloyatida Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Chung‗ara, Chimyon, Sho‗rsuvni ko‗rsatish mumkin. Farg‗ona vodiysidagi konlarda, asosan, neft uchraydi. Ular bir necha o‗n yillardan beri xizmat qilib kelmoqda. Namangan viloyatida Mingbuloq konining ochilishi muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. Farg‗ona nefti asosan yengil, oltingugurti kam, parafini ko‗proq. Janubda neft konlari Surxondaryo viloyatida joylashgan.
    Neft konlarining katta zahiralari Ustyurtda topilgan. Bulardan tashqari neft- gaz kondensat konlari Muborak, Sho‗rtan, O‗rtabuloqda joylashgan. Buxoro viloyatidagi Ko‗kdumaloq koni ayniqsa beqiyosdir.
    O‗zbekistonda gazning aniqlangan zahiralari 2 trillion kubometrni, ko‗mirniki
    2 milliard tonnadan ziyodroq tashkil etadi. Mamlakatda topilgan konlarning zahiralari nafaqat ichki ehtiyojlarni to‗la qondirishga qodir, balki energiya manbalarini tashqariga eksport qilish imkonini ham beradi.
    Neft va gazga boy beshta mintaqa aniqlangan: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi- g‗arbiy Hisor, Surxondaryo va Farg‗ona. Gazning hozirgi aniqlangan zahiralari mamlakat ehtiyojlarini 35, neftniki 30 yil mobaynida qoplashga yetadi. Ammo O‗zbekistonda gaz va neft zahiralarini izlab topish darajasi hozir 30-32 foizdan oshmaydi. Gaz qazib olish sanoati va uni ishlab chiqarishning rivojlanishi, tabiiy gaz va gaz kondensatini qayta ishlash istiqbollidir. Gazning tarkibida etan, propan va butan bo‗lib, ulardan polimer materiallari olinadi. Sho‗rtan gaz-kimyo majmuidan olinayotgan propandan kelgusida nitron tolasi ishlab chiqarish mumkin.

      1. Download 1,03 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




    Download 1,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU. SANOAT KORXONALARI VA ULARNING IQTISODIYOTNI MODERNIZASIYA QILISHDAGI AHAMIYATI VA ROLI

    Download 1,03 Mb.