• Yirik korxonalar
  • Yil davomida ishlash muddatiga ko`ra




    Download 1,03 Mb.
    bet8/122
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,03 Mb.
    #240888
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   122
    Bog'liq
    Soha iqtisodiyoti va menejmenti. Rasulova

    Yil davomida ishlash muddatiga ko`ra, korxonalar mavsumiy va yil bo`yi faoliyat yurituvchilarga bo`linadi.
    Hajmiga ko`ra, korxonalar yirik, mikrofirma va kichik korxonalarga taqsimlanadi.
    O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko`ra1 ishlab chiqarish tarmog‘ining o`rtacha yillik xodimlari soni 20 kishigacha bo`lgan hamda xizmat ko`rsatish va boshqa noishlab chiqarish sohasidagi o`rtacha yillik xodimlari soni 10 kishigacha bo`lgan; ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar mikrofirmalar qatoriga kiritiladi.
    Kichik korxona hisoblanadi:

      • yengil va oziq-ovqat sanoati, metalga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida 200 kishicha ishlaydigan;

      • mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qurilish, qishloq xo`jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 50 kishigacha ishlaydigan;

      • fan, ilmiy xizmat ko`rsatish, transport, aloqa, xizmat ko`rsatish sohasi (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida 25 kishigacha ishlaydigan korxonalar.

    Yirik korxonalar tarkibiga ishlovchilar soni 500 va undan ortiq kishini tashkil qiluvchi korxonalarni kiritish mumkin.
    Ixtisoslashuv darajasiga ko`ra, korxonalar ixtisoslashgan, universal va aralash korxonalarga bo`linadi. Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar o`rtasidagi oraliq guruhni tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi.
    Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullariga ko`ra, korxonalar ishlab chiqarishning oqim, partiyali va donalab ishlab chiqarish usullari ustuvor turuvchi korxonalarga bo`linishi mumkin.
    Ishlab chiqarishni mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga ko`ra, korxonalar to`liq va qisman avtomatlashtirilgan yoki



    • 1 «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni // Tadbirkorlikka oid qonun hujjatlari to`plami. 1-tom. - T.: O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2002.

    mexanizasiyalashtirilgan, qo`l-mashina va faqat qo`l mehnatiga asoslangan korxonalarga bo`linadi.
    Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini kengaytirish va chuqurlashtirish mamlakatimizda yangi tashkiliy-huquqiy turdagi - qo`shma, ijara, hissadorlik, xususiy, oilaviy, kooperativ va boshqa korxonalarning paydo bo`lishiga olib keldi.
    O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida xususiy mulk mulkchilik shaklining boshqa ko`rinishlari bilan bir qatorda daxlsizligi va davlat tomonidan muhofaza qilinishi belgilab qo`yilgan. Yangi qonunchilik hujjatlarida yangi iqtisodiy tushuncha - korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli tushunchasi kiritilgan.
    Korxonalarning qonun hujjatlari va boshqa xo`jalik huquqi me`yorlarida ko`zda tutilgan mulkchilik shakli, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va hajmi, kapitalning shakllanishi, turli xil firmalararo uyushmalarga a`zo bo`lish usullari va olib boruvchi raqobatchilik kurashlari bilan farq qiluvchi faoliyat tavsifi va mazmuniga bog`liq bo`lgan tuzilmaviy tuzilishining usul va ko`rinishlari xo`jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydi.

    Download 1,03 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   122




    Download 1,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yil davomida ishlash muddatiga ko`ra

    Download 1,03 Mb.