• Qo`shimcha mas`uliyatli jamiyat
  • Xo`jalik shirkati
  • Mas‟uliyati cheklangan jamiyat




    Download 1,03 Mb.
    bet10/122
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,03 Mb.
    #240888
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   122
    Bog'liq
    Soha iqtisodiyoti va menejmenti. Rasulova

    Mas‟uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta`sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta`sis hujjatlari bilan belgilab qo`yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo`lingan jamiyat tan olinadi3. Mas`uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo`yicha javobgar bo`lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o`zlari qo`shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo`ladilar.
    Qo`shimcha mas`uliyatli jamiyat sifatida bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta`sis etilgan, ustav fondi ta`sis hujjatlarida belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo`lingan jamiyat tan olinadi va uning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo`yicha o`z mol-mulklari bilan qo`shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo`lgan, jamiyatning ta`sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo`ladilar. Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo`lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari bo`yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta`sis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo`lmasa, boshqa ishtirokchilar o`rtasida ularning qo`shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
    Mas`uliyati cheklangan yoki qo`shimcha mas`uliyatli jamiyat davlat ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan e`tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo`ladi.
    Xo`jalik shirkati deganda muassislarning (ishtirokchilarning) ulushlariga (hissalariga) bo`lingan ustav fondiga (ustav kapitaliga) ega bo`lgan tijorat tashkiloti tushuniladi, bunday shirkatda muassislar (ishtirokchilar) yoki ulardan ayrimlari shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati yuritishda shaxsan ishtirok etadilar4.
    Xo`jalik shirkati to`liq shirkat yoki kommandit shirkat turlariga bo`linadi.
    To`liq shirkat deb ishtirokchilari (to`liq sheriklari) o`z o`rtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan



    • 3 «Mas`uliyati cheklangan va qo`shimcha mas`uliyatli jamiyatlar to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni. 2001 yil 6 dekabr // Tadbirkorlikka oid qonun hujjatlari to`plami. 1-tom. - T.: O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2002.

    • 4 «Xo`jalik shirkatlari to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni. 2001 yil 6 dekabr // Tadbirkorlikka oid qonun hujjatlari to`plami. 1 tom. - T.: O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2002.

    shug‘ullanadigan hamda uning majburiyatlari bo`yicha o`zlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradigan shirkat hisoblanadi.
    Shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan hamda shirkatning majburiyatlari bo`yicha o`zlarining butun mol-mulklari bilan javob beradigan ishtirokchilar (to`liq sheriklar) bilan bir qatorda shirkat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o`zlari qo`shgan hissalar doirasida javobgar bo`ladigan hamda shirkat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etmaydigan bir yoki bir necha ishtirokchi (hissa qo`shuvchi, kommanditchi) mavjud bo`lsa, bunday shirkat kommandit shirkat deb hisoblanadi.

    Download 1,03 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   122




    Download 1,03 Mb.