• Sho‟ba xo`jalik jamiyati.
  • N. N. Rasulova, Z. Q. Jumayeva soha iqtisodiyoti va menejmenti




    Download 1,03 Mb.
    bet11/122
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,03 Mb.
    #240888
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   122
    Bog'liq
    Soha iqtisodiyoti va menejmenti. Rasulova

    Aksiyadorlik jamiyati deb ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo`jalik yurituvchi sub`ekt hisoblanadi5.
    Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirish chog‘ida huquqlarga ega bo`ladi va majburiyatlarni o`z zimmasiga oladi.
    Jamiyat davlat ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini qo`lga kiritadi. Jamiyat o`z nomi yozilgan shtampi va blankalariga, o`z timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan tovar nishoniga hamda boshqa o`z belgi-alomatlariga ega bo`lishga haqlidir.
    Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bo`lishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aksiyadori bo`lishi lozim.
    Sho‟ba xo`jalik jamiyati. Agar bir (asosiy) xo`jalik jamiyati yoki shirkati ikkinchi xo`jalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik mavqeiga ega bo`lgan holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular o`rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yo bo`lmasa boshqacha tarzda ikkinchi xo`jalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega bo`lsa, ushbu ikkinchi xo`jalik jamiyati sho``ba xo`jalik jamiyati hisoblanadi.
    Sho``ba xo`jalik jamiyati yuridik shaxs hisoblanadi. Sho``ba xo`jalik jamiyati o`zining asosiy jamiyati (shirkati)ning qarzlari bo`yicha javob bermaydi.
    Asosiy jamiyat (shirkat) aybi bilan sho``ba xo`jalik jamiyati nochor (bankrot) bo`lib qolgan taqdirda, asosiy jamiyat (shirkat) uning qarzlari bo`yicha subsidiar javobgar bo`ladi. Sho``ba xo`jalik jamiyati ishtirokchilari (aksiyadorlari) asosiy jamiyatdan (shirkatdan) uning aybi bilan sho``ba jamiyatga etkazilgan zararni to`lashni, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo`lmasa, talab qilishga


    5 «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni // Tadbirkorlikka oid qonun hujjatlari to`plami. 1-tom. - T.: O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2002.
    haqli.

    Download 1,03 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   122




    Download 1,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. N. Rasulova, Z. Q. Jumayeva soha iqtisodiyoti va menejmenti

    Download 1,03 Mb.