|
N. N. Rasulova, Z. Q. Jumayeva soha iqtisodiyoti va menejmenti
|
bet | 13/122 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #240888 |
Bog'liq Soha iqtisodiyoti va menejmenti. RasulovaKorporatsiya yirik aktsioner jamiyatlar birlashmasi hisoblanib, bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradi. Natijada ishlab chiqarish monopollashadi. Korporatsiya atamasi lotincha «korporatio» so`zidan olingan bo`lib, birlashma, hamjamiyat ma`nosini beradi.
Korporatsiya investitsiya kapitalining markazlashuvini, ilm-fan taraqqiyotini, mahsulotning raqobatbardosh bo`lishini va uzoq hayot tsiklini ta`minlaydi. Korporatsiyalar tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi aktsioner jamiyatlarining xohish-ixtiyori bilan paydo bo`ladi.
Kontsern umumiy manfaatlarga ega hamda shartnomalar, kapital va qo`shma faoliyatda ishtirok etish bilan bog‘liq bo`lgan korxonalarning yirik birlashuvini aks ettiradi.
Kontsern – bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi, ya`ni korxonalarning faoliyat sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi asosida tarkib topadigan yirik ko`p tarmoqli korporatsiya. Kontsern tarkibiga sanoat, transport, savdo, bank kabi tarmoqlarga tegishli, ayrim hollarda, dunyoning ko`pgina mamlakatlarida joylashgan unlab va yuzlab korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi.
Konsortsium – bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan korxonalarning umumiy kelishuvlar asosida yuzaga keladigan
muvaqqat birlashmasidir. Konsortsium buyurtmachilar oldidagi majburiyatlar uchun javobgar hisoblanadi. Konsortsiumlar aviatsiya, kosmos, komp‘yuterlar, aloqa kabi yuksak texnologik va katta miqdordagi sarmoyali sohalarda keng tarqalgan.
Korxonalarning kontsentratsiya asosida birlashuvi kartel, sindikat, xolding va moliya-sanoat guruhlari ko`rinishida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish sohasidagi kartellar ishlab chiqarish masalalari, narxlar, tovarlarni sotish, ishchi kuchini yollash va shu kabi masalalar bo`yicha kelishuvga asoslanib faoliyat yuritadi.
Integratsining bu shaklida korxonalar mustaqillikni saqlab qolgan holda kooperatsiya asosida birlashadilar.
Sindikat – tijorat faoliyatini (ta`minot, buyurtmalarni taqsimlash, xom ashyo sotib olish, mahsulot sotish, bahoni shakllantirish) hamkorlikda tashkil qilishga asolangan birlashmadir. Sindikat tarkibiga kiruvchi korxonalar huquqiy hamda xo`jalik yuritish mustaqilliklarini saqlab qoladilar.
|
| |