|
-MAVZU. SANOAT KORXONALARI RIVOJLANISHINING STRATEGIYASINI SHAKLLANTIRISH
|
bet | 16/122 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #240888 |
Bog'liq Soha iqtisodiyoti va menejmenti. Rasulova
Strаtegik аhаmiyatgа egа tаrmоqning milliy iqtisоdiyotdаgi rоli
Sanoat korxonalari strategiyasining mohiyati va maqsadi
Sanoat korxonalarining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish
Korxona strategiyasi va samaradorligiga ta‘sir etuvchi omillar
Nef-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o`rin egallaydi. Ushbu soha nafaqat energiya ishlab chiqaradi, balki ko`plab tarmoqlar uchun zarur bo`lgan polimerlar, organik kimyoviy moddalar hamda azotli mineral o`g`itlar
ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bazasi hisoblanadi. O`zbekistonda neft-gaz sanoatining rivojlanishi bir nechta bosqichlarni qamrab oladi.
Buxoro - Xiva neft-gaz rayonlari ocqilishi munosabati bilan neft zaxiralariga ega konlar yana beshtaga ortdi. Lekin bu konlar 1961-1965-yillarda atigi 306,7 ming tonna neft berdi. Farg`ona vodiysidagi 15 ta kondan 7 mln. 516 ming tonna, Surxondaryo viloyatidagi 3 ta kondan 1 mln. 29,3 ming tonna va Buxoro-Xiva neft-gaz viloyatidagi 5 ta kondan bor-yo`g`i 306,7 tonna neft qazib olindi. Shu tariqa, respublikada qazib olingan neft 1924-yilda 5,6, 1940-yilda 119, 1958-yilda 1297, 1961-yilda 1709 va 1965-yilda 1800 ming tonnani tashkil qildi. Keyingi besh yilda respublikada neft ishlab chiqarish keskin kamaydi. 1965-yilda tashqaridan neft olib kelish 1962-yildagiga qaraganda 1,7 baravar oshgan edi.
Ushbu yillarda respublikada neft mustaqilligi zaiflashishiga avvalo bu hududdagi ikkita neftni qayta ishlash zavodining mahalliy neft bilan ta'minlanishining pasayishi, yetmagan xomashyo g`arbiy Turkmanistondan keltirilishi, keltirilgan neftning narxi Farg`ona va Buxoro neftidan ikki baravar yuqoriligi sabab edi. Bu, albatta, neftni qayta ishlash zavodlarining iqtisodiy ko`rsatkichlariga salbiy ta'sir ko`rsatardi.
O`zbekistonda neft qazib olish va uni qayta ishlash sanoati yangidan barpo etildi va rivojlandi. Farg`ona vodiysi, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryoda yangi neft konlari izlab topildi va ishga tushirildi. 1970-yilda O`zbekistonda 1672 ming tonna neft qazib chiqarildi. Bu sobiq Ittifoqda qazib olingan neftning 5% ini tashkil etardi.
Keyingi yillarda O`zbekistonda 80 dan ortiq turli (yuqori zaxiraga ega kategoriyali) neft-gaz konlari topildi. Farg`ona, Surxondaryo, Buxoro-Xiva, Ustyurt kabi neft-gaz konlari, havzalari va viloyatlari kashf etildi. Buxoro-Xiva viloyatida Gazli, Kogon, Muborak, Dengizko`l rayonlari bilan birga yangi konlar ochildi va ocqilish arafasida. O`zbekistonda neft konlari asosan yura, bo`r, palegen va neogen davri cho`kindi jinslarining turli qatlamlarida qatnashgan va joylashgan.
Neftning fizik xossasi uning tarkibiga bog`liq. Tarkibida 87% gacha uglevodorod, 10-15 %gacha vodorod, 0,05-05, ba'zan 5 %gacha kislorod, juda oz miqdorda vanadiy, fosfor, kaliy, nikel, temir uchraydi. Dunyo miqyosida qazib olinayotgan barcha neftlarda oltingugurt miqdori, odatda, 1 %dan ortiq. Surxondaryo vodiysida qazib olinayotgan paleogen neftlari, ayniqsa, oltingugurtga boy (3,1-6,3 %).
Respublikada qazib olinadigan neftdan XIX asrning 2-yarmigacha faqat kerosin olinib, qolgani chiqindiga chiqarib tashlanardi. Ichki yonuv dvigatellarining ixtiro etilishi va texnik taraqqiyot benzinga bo`lgan talabni oshirdi. Neftdan dastlab kerosin, benzin, dizel yoqilg`isi, keyinchalik esa sintetik
tolalar, 100dan ortiq kimyoviy xomashyo va o`g`itlar olina boshladi. Birgina 1965-1970-yillar davomida Farg`ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlarida benzin ishlab chiqarish 13, kerosin ishlab chiqarish 21, dizel yonilg`isi ishlab chiqarish 81, moylash yog`lari olish 59 va mazut ishlab chiqarish 64%ga oshdi.
Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va chuqurlashtirish davrida neft resurslaridan oqilona foydalanish, chuqur qayta ishlashga asoslangan holda yangi mahsulotlar ishlab chiqarish keng miqyosda o`zlashtirilmoqda. 1991-2002- yillarda bu sohani boshqarish strukturasi va texnik jihozlash, neft qazishni takomillashtirish tufayli neft va gaz ishlab chiqarish hajmi oshdi. Natijada 1995- yilda respublikaga neft chetdan import qilinmadi va O`zbekiston neft mustaqililigiga erishdi. Bu mustaqillik sobiq Ittifoq tarkibidagi boshqa respublikalarda iqtisod chuqur inqirozga uchragan, ya'ni iqtisodiy aloqalar va savdo aloqalari uzilgan, narxlar oshgan va inflyatsiya zo`raygan davrga to`g`ri keldi.
Neft mustaqilligiga erishishda "Muborakneftgaz" davlat korxonasi geologlari, parmalovchilari, quruvchilarining hissasi ayniqsa katta bo`ldi. Chunki bu korxonada mustaqillik yillarida 15 neft-gaz va 14 gaz kondensati konlaridan juda katta miqdorda mahsulot qazib olindi. Chunonchi, 2000-yilda 3743,7 tonna neft, 2475 ming tonna kondensat ishlab chiqarilgan bo`lsa, 2002-yilda tayyorlangan neft 3600,0, kondensat esa 2430 ming tonnaga etdi. Bu respublikada qazib olingan neft va kondesatning 90 %dan ko`pini tashkil qiladi.
Bundan tashqari, bu korxona 2000-yilda 34164 va 2002-yilda 36000 mln. m3 tabiiy gaz qazib oldi va iste'molchilarga yetqazib berdi, 2002-yilda Turkmaniston Respublikasiga 240 ming t. neft sotdi, qolgan tovar mahsulotlarni Muborak (MGPZ), Buxoro (Qoravulbozor) va Farg`ona neftni qayta ishlash zavodilari va gaz uzatish boshqarmasiga topshirdi. O`zbekistonda neft mustaqilligi mustahkamlanishiga asosan 1997-yilda "Ko`kdumaloq" konida gaz yuqori bosimda neft konlariga haydalgani, Buxoroda 2,5 mln. tonna gaz kondensatini qayta ishlash quvvatiga ega zavod ishga tushirilishi asos bo`ldi.
To`g`ri, keyinchalik neft konlarida zaxiralar kamayishi mumkin. Ammo kelajakda asosan gazokondensat quduqlar hisobiga neft mustaqilligini saqlash imkoni bor. Respublikamizda neft qazib olish asosan neft atrofida joylashgan suv yoki gaz bosimini oshirish, qatlam g`ovaklaridagi neftni quduq zoboyiga yig`ish usuli bilan amalga oshiriladi. Suv bosimi, odatda, boshlang`ich neft zaxirasining 50-80%ini, gaz esa atigi 20-50% ini siqib chiqaradi. Biroq tashqaridan berilayotgan suv qazib chiqarilayotgan neftning o`rnini to`la egallay olmaganligidan bosim kamayib ketadi. Natijada neftning favvora bo`lib tabiiy otilishi tugaydi.
Shundan keyin neft kompressor yordamida chiqariladi. Aynan 1997-yilda "Ko`kdumaloq" konida ishga tushirilgan (yo`llari bosimi 50 atm.) kompressor stansiyasi ushbu ishni boshqargan va u gazkondensat qazib olish hajmini ko`paytirishga imkon bermoqda. Neftni kompressor bilan chiqarishda quduqqa gaz yoki havo haydaladi, ular neftga aralashib, zichligini kamaytiradi, natijada neft va gaz aralashmasining soxta quduq yuzasigacha ko`tarilib, neftning favvora bo`lib otilishi davom etadi.
O`zbekistonda neft quduqlardan nasoslar yordamida ham olinadi. Qatlam bosimi uzluksiz pasaya borishi natijasida quduq debiti tushishi neft chiqarishning iqtisodiy ko`rsatkichlarini yomonlashtiradi. Neft konlarini ishga solish, ayniqsa, yer osti gidrodinamikasi rivojlanishi natijasida neft chiqarishning yangi usullari yaratildi. Ular yordamida neft qatlamlariga suv yoki gaz haydash yo`li bilan qatlam bosimini butun ekspluatatsiya mobaynida birday ushlab turishi mumkin.
Bu yutuqlarga asosan 1992-yilda neft sohasida uchta strategik va asosiy tamoyillarni bajarish asosida erishildi:
neft va gaz qazib olishni kuchaytirish va respublikaning neft mustaqiligini ta'minlash uchun Ko`kdumaloq, Alan Urga, Janubiy Tandirchi va boshqa konlarda katta ishlar bajarildi;
neft va gazni qayta ishlash texnologiyasini chuqurlashtirish va ularning sifati xalqaro standart talablarga javob berishini ta'minlash uchun 1997-yilda Buxoro neftni qayta ishlash zavodini ishga tushirish, Farg`ona neftni qayta ishlash zavodini ta'mirlash va yangi texnologiya kompleksi - gidrosesulfizasiya uskunasining o`rnatilishi asosiy vazifa qilib qo`yildi.
Yangi texnologik uskunalar ishga tushirilishi natijasida tozalangan mahsulot hajmini ko`paytirish imkoni yaratildi. Respublikada neftni qayta ishlash sanoati rivojlandi va og`ir sanoatning neftni qayta ishlovchi hamda neft mahsulotlari tayyorlovchi sohasiga aylandi. O`zbekiston neft mustaqilligi va ekologiya borasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarishi kelajakda yoqilg`i-energetika sohasida ilmiy-texnikaviy va ekologik siyosat olib borish jarayonida davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligiga bog`liq.
Mazkur chora-tadbirlar neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning energiya sarfini kamaytiruvchi texnika va texnologiyani joriy qilishda huquqiy va iqtisodiy muhitni barpo etish, neft resurslari samaradorligini oshirish, zaxiralarini ko`paytiradigan innovatsiya texnologiyalari iqtisodiy raqobatbardoshligini oshirishga yo`naltirilgan qo`shimcha investitsiyalarni shakllantirish va rag`batlantirishdan iborat. Bu esa, neft mustaqilligi davomiyligini ta'minlashga asos bo`ladi.
|
| |