• Asosiy strateg yondashuvi.
  • Boshqalarga
  • Hamkorlikka
  • Sanoat korxonalarining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish




    Download 1,03 Mb.
    bet18/122
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,03 Mb.
    #240888
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   122
    Bog'liq
    Soha iqtisodiyoti va menejmenti. Rasulova

    Sanoat korxonalarining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish


    Strategiyani yaratish muammosini kompaniya rahbarlari turlicha hal etadilar. O`rtacha o`lchamdagi kompaniya strategiyasini yaratish norasmiy ravishda amalga oshiriladi. Strategiya tadbirkorning tasavvurida mavjud bo`lishi va farmoyishlar asosan og`zaki berilishi ham mumkin. Lekin katta kompaniyalarda strategiya kengashlarda muhokama etiladi. Strategiyani yaratish strategik rejalashtirish (oldindan belgilangan qoida, jadval, grafiklar) asosida, turli pog`onalardagi rahbarlarni jalb etish asosida amalga oshiriladi. Odatda rahbarlar strategiyani yaratishda quyidagi to`rt yo`nalishning biridan foydalanadilar.
    Asosiy strateg yondashuvi. Ushbu yondashuvda bosh strateg funksiyasini bajaruvchi rahbar vaziyatni baholashga va strategiyani yaratishga kuchli ta`sir o`tkazadi. Bu strategiyani rahbarning o`zi bajaradi degani emas, lekin u strategiyaning «Bosh arxitektori» sifatida uning asosiy prinsiplarini yaratadi.
    Boshqalarga vakolatni berish yondashuvi. Ushbu yondashuvlar rahbar strategiyani shakllantirishni boshqalarga: ishonchli insonlardan iborat maqsadli guruhga, strategik rejalashtirish bo`limiga yoki boshqa lavozimli shaxslarga yuklashi mumkin. Rahbar strategiyani yaratish jarayonidan chetroqda bo`lib, hisobotlar va muloqotlar orqali axborot olib, ko`rsatmalar berishi mumkin. Strategik reja muhokama etilgandan so`ng rahbar uni rasmiy tasdiqlaydi. Ushbu yondashuvning kamchiligi shundan iboratki, rahbar strategiyani shakllantirishda bevosita qatnashmaganligi uchun strategik sardorlik sifatlarini yo`qota boshlaydi, natijada ijrochilar strategik rejalashtirish jarayonini unchalik muhim emas degan fikrga keladilar. Natijada kompaniya samarali maqsadlarni belgilash qobiliyatini yo`qotadi.
    Hamkorlikka asoslangan yondashuv. Ushbu yondashuv yuqorida keltirilgan yondashuvlar orasidagi o`rtacha o`rinni egallaydi, rahbar o`z qo`li ostidagi rahbarlarni shunday strategiyani yaratishga jalb etadiki, ushbu strategiyani amalga oshirishga kompaniyaning hamma a`zolari qatnashadilar va qo`llab – quvvatlaydilar. Ushbu yondashuvning ijobiy tomoni shundan iboratki, kim strategiyani yaratish javobgarligini o`z zimmasiga olsa, amalga oshirish javobgarligi ham uning zimmasida bo`ladi.

    Download 1,03 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   122




    Download 1,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sanoat korxonalarining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish

    Download 1,03 Mb.