|
N. N. Rasulova, Z. Q. Jumayeva soha iqtisodiyoti va menejmenti
|
bet | 20/122 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #240888 |
Bog'liq Soha iqtisodiyoti va menejmenti. Rasulova2.1- chizma. Kompaniyani strategik ko`rinishini (tasavvurini) va missiyasini yaratish
Rahbarlar kompaniya rivojida quyidagi savollarga javob berishlari lozim.
«Kompaniya to`g`risida tasavvurimiz qanday, nima qilmoqchimiz va nimaga erishmoqchimiz?». Ushbu savolga javob topish rahbarlarni biznes xarakterini aniqlashga va 5-10 yillik kompaniya rivojlanishini aniqlashga majbur etadi. «Biz kimmiz, biz nima qilayapmiz va rivojlanish yo`nalishimiz qanday?» degan savolga javob korxona yo`nalishini, xarakterini va obrazini aniqlaydi. «Kompaniya nima qilmokchi va kelajakda kim bo`lmokchi» degan savolga javob kompaniya missiyasini yaratadi. Bunda rahbarlar qanday natijalarga erishmoqchi ekanligini va o`z mijozlari uchun qanday faoliyatni amalga oshirmoqchi ekanliklarini aniq bilishlari lozim.
Kompaniyaning ko`rinishi qanday bo`lishi va qanday raqobat mavqeiga ega bo`lishi lozimligini aniqlash bu kompaniyaning strategik tasviri yoki ko`rinishi demakdir. Ushbu hol kompaniyaning boshqaruv tasviridir. Kompaniyaning strategik ko`rinishini va uning missiyasini e`lon qilish bilan birga rahbarlar
«Maqsadlar his-tuyg`usini» ijrochilarda shakllantirishlari lozim.
Maqsadlar – bu ish sifatini va uyushtirish jarayonini namoyish eta-digan harakat yo`nalishidir. Maqsadlarning qo`yilishi rahbarlarning tashkilot missiyasi va rivojlanish yo`nalishini aniq faoliyat natijalarini belgilash bo`lib, ularning bajarilishi tashkilot rivojini ko`rsatadi. Maqsadlarning qo`yilishi shunday vazifalarni bajarishi lozimki, tashkilot ishchilarining malakasini, intilishlarini va mehnat xarajatlarini talab qilsin. Tashkilotning hozirgi va kelajakda egallashi mumkin bo`lgan mavqei o`rtasidagi farq, uni tashabuskor bo`lishga, moliyaviy va bozor imkoniyatlarini yaxshilash uchun intilishga majbur qiladi. SHu sababli maqsadlar yuqori va etishish mumkin bo`lish darajasida bo`lmog`i lozim. Bajarilishi lozim bo`lgan vazifalar uzoq va qisqa muddatli bo`lsa, bu ideal holat hisoblanadi.
Kompaniya moliyaviy va strategik maqsadlarni alohida belgilashi lozim. Moliyaviy maqsadlarning mavjud emasligi, moliyaviy resurslarni yuqori tavakkalchilik bilan sarflanishiga sabab bo`ladi. Natijada tashkilotning o`sishi va raqobatbardoshligi pasayadi.
Kompaniya strategik maqsadlari shuning uchun muhimki, ular kompaniya raqobat mavqeini mustahkamlaydi va biznesning rivojlanish yo`nalishini ko`rsatadi.
Strategiyani yaratish asosiy boshqaruv muammosini ko`taradi ya`ni, kompaniyaning hozirgi va kelajak imkoniyatlarini hisobga olib, kerakli natijalarga qanday erishish mumkinligini ko`rsatadi.
Tashkilot strategiyasi uning maqsadlarini amalga oshirish yo`lida rahbarlar qo`llaydigan tadbir–choralardan, tadbirkorlik yondashuvlaridan tashkil topadi. Strategiyani shakllantirish – bu tadbirkorlik va strategik fikrlash mashqlaridan
iborat. Bunda kompaniya rahbariyatining vazifasi shundan iboratki, strategiya xaridorlik fe`lining o`zgarishiga, raqobatchilarning oxirgi harakatlariga, bozor imkoniyatlariga va xavf – xatariga hamda yangi paydo bo`ladigan tadbirkorlik imkoniyatlariga aniq mos kelishini nazarda tutishi lozim. Kompaniya strategiyasi sezgir hisoblanadi qachonki, rahbarlar bozor an`analarini aniqlashda tadbirkorlikni namoyish etsalar, o`z iste`molchilarining ehtiyojlarini diqqat bilan o`rgansalar, kompaniya raqobatbardoshligini oshirib, uning faoliyatini o`z vaqtida o`zgartirsalar. Shu sababli strategiyani to`g`ri shakllantirish va tadbirkorlik bir – biriga chambarchas bog`liq. Biri ikkinchisiz yashay olmaydi.
Maqsadlar bu «natijalar» bo`lsa, strategiya bu maqsadga erishish
«vositasidir».
Odatda, kompaniya strategiyasi: 1) Puxta o`ylangan va maqsadga muvofiq hatti-harakatlardan; 2) Vaziyatlarni kutilmagan rivojlanishi va raqobatchilar bosimi kuchayganda ularga qarshi chora-tadbirlardan tashkil topadi. YAngi vaziyatlarga katta texnologik yutuqlar, raqobatchilarning bozorga yangi tovarlarni muvaffaqiyatli kiritishi, yangi qonunlarning paydo bo`lishi, davlat siyosatining o`zgarishi va iste`molchilarni tovarning yangi xususiyatlarga qiziqishining ortib borishi va boshqa shu kabilar kiradi. Demak, strategiyani rejalashtirilgan harakatlar va muhit o`zgarishlariga javob reaksiyasi majmui deb qarash maqsadga muvofiqdir.
Kompaniyaning amaldagi strategiyasi bu rejalashtirilgan va muhit o`zgarishiga qarshi hatti-harakatlar majmuidan iborat.
Strategiya bir vaqtning o`zida ham aktiv (rejalashtirilgan), ham reaktiv (moslashadigan) qismlardan iborat. Strategiyani shakllantirish bu-bozor iqtisodiyoti tartibga soladigan tadbirkorlik faoliyatini muhim bir tomoni. Strategiyani yaratish bozor imkoniyatlarini tavakkalchilik va jasurlik, ijodiy his- tuyg`u va bilimdonlik asosida belgilashni nazarda tutadi.
Kompaniyaga ikki narsa xavf soladi. Birinchisi - eskirgan strategiyani tanlash. Ikkinchisi-strategik o`zgarishlarni o`z vaqtida amalga oshirmaslik, o`zgarishlarni orqaga surish, kompaniya ichki o`zgarishlari bilangina shug`ullanish.
Strategiya to`g`ri shakllantirilganda u kompaniyaning tashqi muhitiga yo`naltirilgan bo`ladi. Rahbarning tadbirkorlik sifatlari bu – yangi strategik imkoniyatlardan foydalanish, ya`ni raqobatchilarni yangiliklar sohasida orqada qoldirish va korxona faoliyatini takomillashtirish harakatlaridir.
Kompaniya strategiyasi elementlari quyidagilardan iborat: biznesni qanday kengaytirish mumkin, iste`molchilarning ehtiyojlarini qanday yo`llar bilan qondirish mumkin, raqobatchilarni qanday engish mumkin, bozor o`zgarishlariga qanday javob berish mumkin, biznesni funksional bo`limlarini qanday boshqarish
lozim, strategik va moliyaviy maqsadlarga qanday erishish mumkin? va boshqalar. Strategiya asoslarini tashkil etuvchi ushbu muammolar har xil kompaniyalar uchun turlicha hal etiladi. CHunki ular turli vaziyatlar bilan bog`lik. Kompaniya strategik erkin bo`lganligi tufayli turdosh yoki noturdosh tarmoqlarga kirib borishi, qo`shma korxonalar tuzishi, alyanslar yangi tashkilotlar yaratishi mumkin.
Atrofdagilar uchun kompaniya strategiyasining bir qismi ko`rinib turadi, boshqa qismi esa begonalar uchun yashirindir.
|
| |