Biznesni aniqlash va tasvirlash




Download 1,03 Mb.
bet22/122
Sana17.05.2024
Hajmi1,03 Mb.
#240888
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   122
Bog'liq
Soha iqtisodiyoti va menejmenti. Rasulova

Biznesni aniqlash va tasvirlash.


Kompaniya qanaqa talablarni qondirmokchi, u qanaqa iste`molchilar guruhiga yo`naltirilgan, u o`z maqsadli bozoriga qanaqa texnologiyalar, funksiyalar yordamida xizmat ko`rsatmoqchi?, - degan savollarga javob biznes tabiatini aniqlaydi.
Biznes sohasini to`g`ri tasvirlash uchun quyidagi uchta omilni nazarda tutish lozim:

  1. Iste`molchilar talabi nimadan iborat va qanday talab qondirilayapti?

  2. Qanaqa iste`molchilar guruhi yoki kimlar qondirilayapti?

  3. Foydalaniladigan texnologiyalar va bajariladigan funksiyalar samaradorligi qanday yoki iste`molchilarning talabi qanday yo`llar bilan qondirilayapti?

Kompaniyalar ixtisoslashtirilgan, ya`ni ishlab chiqarishning bitta zanjirida to`plangan bo`lishi yoki to`liq integrasiyalashgan ya`ni ishlab chiqarishni va taqsimotni to`liq qamrab olgan bo`lishi mumkin. (Gudiyar va Jeneral Motors kompaniyalarini taqqoslash mumkin)
Diversifikasiya kompaniyalariga biznesni keng ifodalash maqsadga muvofiq.
Divesifikasiyalashgan kompaniyalarning biznes tasviri birlik biznes bilan shug`ullanadigan kompaniyalarning biznes tasviriga nisbatan kengroq ifodalanadi.
YAxshi, puxta o`ylangan va ifodalangan missiya boshqaruv qimmatiga ega:

  1. Missiyada kompaniyaning kelajak rivojlanish yo`nalishi belgilanadi.

  2. Missiya «ko`r-ko`rona» boshqaruv tavakkalchiligini, nazoratsiz qaror qabul qilishni oldini oladi.

  3. Missiya tashkilot maqsadlarini ifodalash orqali ijrochilar motivlarini oshiradi.

  4. Missiya quyi pog`ona rahbarlariga yo`l ko`rsatadi va ularga funksional xizmatlar, maqsad va strategiyani yaratishga yordam beradi.

  5. Missiya tashkilotni kelajak istiqbolini nazarda tutgan holda tayyorgarlik ko`rishga yordam beradi.

Download 1,03 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   122




Download 1,03 Mb.