|
Maqsadlarni aniqlash: ikkinchi strategik vazifa
|
bet | 23/122 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #240888 |
Bog'liq Soha iqtisodiyoti va menejmenti. RasulovaMaqsadlarni aniqlash: ikkinchi strategik vazifa.
Maqsadlar bu - aniq natijalarga muayyan bir vaqt mobaynida erishishning boshqaruv majburiyatidir. Maqsadlar - qachon, qancha va qaysi turdagi harakatlarni amalga oshirish zaruriyatini ifodalaydi. Uzoq muddatli maqsadlar va missiya aniq o`lchash mumkin bo`lgan faoliyat maqsadlarida aks ettirilmasa va rahbarlar unga erishish yo`llarini topa olmasalar bularning hammasi quruq so`z bo`lib qolaveradi. Har bir guruh uchun maqsadlarni belgilaydigan va ushbu maqsadlarga erishish uchun agressiv harakat, tadbir-choralarni qo`llaydigan rahbarlar yaxshi niyatli, ko`p ishlaydigan va muvaffaqiyatga umid qiladigan rahbarlarga nisbatan tezroq muvaffaqiyatga erishadilar. Maqsadlar imkoni boricha sonlar bilan ifodalangan va aniq muddatga mo`ljallangan bo`lishi lozim. Bill Xyulet fikricha «O`lchash mumkin bo`lmagan narsalarni boshqarib ham bo`lmaydi. O`lchandi bajarildi demakdir».
Maqsadlar moliyaviy va strategik bo`lishi lozim. Moliyaviy maqsadlar bu tashkilotning yashash shartlari bo`lsa, strategik maqsadlar esa kompaniyaning raqobatbardoshligini va bozor mavqeini mustahkamlashdir.
Kapital aylanishini tezlashtirish, foydani ko`paytirish, dividentlarni, rentabellikni va aksiya narxlarini oshirish va shu kabilar - moliyaviy maqsadlardir.
Bozor ulushini va mahsulot sifatini oshirish, asosiy raqobatchilarga nisbatan xarajatlarni kamaytirish, iste`molchilar o`rtasida obro`-e`tiborni ko`tarish, iste`molchilarga xizmat ko`rsatishni yaxshilash va shu kabilar strategik maqsadlardir.
Kompaniya faoliyatida ba`zan moliyaviy ba`zan strategik maqsadlar ustivor bo`lishi mumkin. Strategik maqsadlar kuchli asosiy raqobatchini engish bo`lishi mumkin. Boshqaruv strategiyasi prinsiplari:
# Har bir kompaniya strategik va moliyaviy maqsadlarni belgilashi lozim.
# Kompaniyaning uzoq muddatli, raqobatbardosh mustahkam mavqei aksionerlarga qisqa muddatli foydaga qaraganda ko`proq va muntazam foyda keltiradi.
Kompaniya maqsadlari erishish mumkin darajada bo`lishi bilan birga ma`lum kuch-g`ayratni talab qiladi. Buning uchun:
# Tarmoq va raqobat shartlari qanday mehnat unumdorligini talab qiladi? # Maqsadlarning amalga oshirilishi qanday natijalarni olib keladi?
# Tashkilot o`z rivojida qanday mehnat unumdorlik darajasiga erishishi mumkin?-kabi savollarni tahlil etishga to`g`ri keladi.
Strategik maqsadlar moliyaviy maqsadlarga bog`liq. SHu sababli:
1) Moliyaviy maqsadlar strategik maqsadlarni amalga oshirish imkonini berishi lozim. 2) Boshqa tadbir-choralarga ham moliyaviy imkoniyat yaratilishi lozim.
Strategik maqsadlar investorlarni va moliyaviy jamoani ishontirish va ularning talablarini qondirishi lozim.
|
| |