N. N. Rasulova, Z. Q. Jumayeva soha iqtisodiyoti va menejmenti




Download 1,03 Mb.
bet25/122
Sana17.05.2024
Hajmi1,03 Mb.
#240888
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   122
Bog'liq
Soha iqtisodiyoti va menejmenti. Rasulova

2.2-chizma. Biznes strategiyasining asosiy elementlari


Biznes strategiyasi – bu birlik biznesni boshqaruv rejasidir. Biznes strategiyasining asosiy muammosi bu aniq biznes sohasi bo`yicha kompaniyaning bozor mavqeini mustahkamlashdan iborat. Buning uchun:

  1. Iqtisodiyotdagi, qonunchilikdagi, siyosatdagi va biznesga ta`sir etuvchi boshqa o`zgarishlarga qarshi tadbir-choralarni aniqlash.

  2. Raqobatbardoshlikni ta`minlovchi bozor mavqeini mustahkamlovchi harakatlarni va yondashuvlarni yaratish.

  3. Funksional bo`limlarning strategik tashabusslarini birlashtirish.

  1. Biznes sohasidagi strategik muammolarni hal etish.

Biznes strategiyasi birlik biznesni muvaffaqiyatini ta`minlash uchun rahbariyat yaratgan tadbir-choralarni, hatti-harakatlarni va yondashuvlarni o`zida mujassamlashtiradi. Biznes strategiyasining markaziy elementi bu - uzoq muddatli mustahkam raqobatbardosh bozor mavqeini qanday yaratish mumkin degan savolga javobdir.
Raqobat ustunligini yaratishning uch qirrasi mavjud:

  1. Kompaniya qaerda va qanday yo`nalishlarda raqobat ustunligiga ega bo`lishi mumkin?

  2. Kompaniya shunday tovarlarni ishlab chiqarishi lozimki, ular raqobatchilar tovarlari oldida jozibador bo`lishi bilan kompaniyani yaqqol ijobiy ajralib turishini ta`minlashi lozim.

  3. Raqobatchilar harakatlarini yo`kka chiqarish tadbir-choralarini yaratish va tadbiq etish.

Kompaniyaning raqobat sohasidagi harakatlari hujumkor yoki himoyaga asoslangan bo`lishi mumkin. Tajribada ko`p qo`llaniladigan raqobat harakatlari quyidagi uch yo`nalishdan iborat:

  1. Tarmoqda eng kam xarajatlar asosida tovar ishlab chiqarishga erishish.

  2. Mahsulotni individuallashtirish va differensiyalash. Tovarni rasmiylashtirishda va xizmat ko`rsatish sohasida etakchi bo`lishga intilish.

  3. Bozorning o`ziga xos xususiyatiga ega tor sohasiga kirishga intilish.




Download 1,03 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   122




Download 1,03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. N. Rasulova, Z. Q. Jumayeva soha iqtisodiyoti va menejmenti

Download 1,03 Mb.