|
Sanoat korxonalari strategiyasining mohiyati va maqsadi
|
bet | 17/122 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #240888 |
Bog'liq Soha iqtisodiyoti va menejmenti. Rasulova Sanoat korxonalari strategiyasining mohiyati va maqsadi
Strategiya umumiy tarzda korxonaning mavqeini mustahkamlash, iste`molchilarning talablarini qondirish va qo`yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan boshqarish rejasidir. Aniq strategiyani tanlash - rivojlanishning mumkin bo`lgan turli yo`llari va usullari ichidan eng maqbulini tanlab olish demakdir.
Neft-gaz tarmog`i korxonalarini barqaror rivojlanish strategiyasini ta‘minlash vazifasi faoliyatning ustuvor yo`nalishlarini aniq belgilashni taqozo etadi. Sohaning ushbu yo`nalishlarini amalga oshirish uglevodorod xom ashyosini izlash bo`yicha zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishga imkon beradigan tegishli moliya resurslarini talab qiladi. Shu bois respublikada xorijiy investorlarni jalb etishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Bu borada eng ahamiyatli loyihalar qatoridan Gazprom va Lukoyl (Rossiya), CNODC (KNR), Petrovetnam (Vetnam), KNOC (Koreya), SASOL (JAR), Orol loyihasi bo`yicha kompaniyalar Konsorsiumi kabi investision loyihalarni e‘tirof etish mumkin.
Neft va gaz konlarini izlash va respublikaning uglevodorod resurslarini yanada oshirish maqsadida, geologik qidiruv jarayoniga yangi hududlar va chuqur joylashtirilgan majmualarni jalb qilish masalasi ko`ndalang turibdi.
Eng istiqbollilari sifatida o`rganish uchun quyidagi yo`nalishlarini ajratish mumkin: neft va gaz konlarini izlash maqsadida – paleozoy qatlamlari (Ustyurt, Buxoro-Xiva va Farg`ona mintaqalari); Surxondaryo viloyatida tuz ostidagi yura qatlamlari; Surxondaryo mitaqasidagi Uchqizil-Mirshodin zonasidagi tegishli katlamlar; yangi hududlar (O`rta-Sirdaryo depressiyasi va Zarafshon chuquri).
2019 yilgacha bo`lgan davr ichida quyidagi hududlarda geologik qidiruv ishlarini o`tkazishga mo`ljallangan investision loyihalarni amalga oshirish belgilangan: Qo`ng`irot uchastkasida; Boysun va Surxon investision bloklari; Xorazm va Meshekli-Tuzkoy investision neft-gaz uyumlari mavjud bloklar.
Uglevodorodlar bazasini kengaytirish maqsadida respublikada neft va gaz uyumlarini qidirishning an‘anaviy yo`nalishlariga zarar etkazmagan holda noan‘anaviy uglevodorodlar manbalarini izlash va o`rganishga qaratilgan tadqiqotlar miqyoslari asta-sekin ortib boryapti. Xususan, bu borada Sangruntau, Boysun, Aktau kabi konlar bo`yicha slanesli neftni ishlab chiqarish uchun ularning zaxiralarini oshirishni ta‘minlash maqsadida er yuzasidan yaqin masofada joylashgan yonuvchi slaneslarni geologik o`rganish ishlarini o`tkazishga qaratilgan loyihalar; Surxondaryo mintaqasidagi Korsagli, Dasmanaga va boshqa konlarni qidirish va o`zlashtirishga tayyorlash bo`yicha texnologiyalarni jalb qilish uchun slanesli gazlarni qidirish va qazib chiqarish texnologiyasini o`zlashtirish hamda og`ir neftlar va tabiiy bitumlar konlarini geologik o`rganish maqsadida istiqbolda slanesli gazlarni izlab topish uchun (dastlab Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida) respublika hududini o`rganish.
Respublikani bundan keyin ham gaz bilan barqaror ta‘minlash va tabiiy gaz eksportini oshirish uchun yoqilg`ining muqobil turi sifatida suyultirilgan uglevodorod gazini ishlab chiqarish hajmlari o`sishini ta‘minlash tarmoq faoliyatining alohida yo`nalishi hisoblanadi.
Gazni qayta ishlash sohasi rivojlanishi istiqbollari ham suyultirilgan gaz, kondensat, oltingugurtni ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, ham kimyoviy sintez uchun tabiiy gazning barcha resurslaridan chuqurroq foydalanish va yuqori likvidli mahsulotlarni olish bilan bog`liqdir.
Firmani boshqarish rejasi quyidagi asosiy funksiya va bo`linmalarni o`z ichiga oladi: ta`minot, ishlab chiqarish, moliya marketing, xodimlar, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar.
Strategik tanlash - bu biznes yechimlar va raqobatga bardoshlilik harakatlarini yagona tizimga bog`lash demakdir.
Strategiya - tashkilotning tashkiliy vazifa va maqsadlariga erishishda foydalaniladigan tashkiliy xatti-xarakatlar va boshqaruvga yondashuvlari tarzidir.
Strategik boshqaruvning asosiy mazmuni, tashqi muxit o`zgarishlariga tashkiliy ketma-ketlik asosida korxonaning moslashuvi, har qanday boshqaruv masalalarini hal qilish va to`liq boshqaruv tizimini tashkil etishdan iborat. Lekin, tashqi muxit o`zgarishlariga moslashish va shu bilan birga qo`yilgan maqsadlarga erishish tezligini saqlab qolish uchun, tashkilot o`z strategiyasiga ega bo`lishi lozim. Strategiyaga yagona ta`rif berish juda mushkul, chunki strategiya shu qadar ko`p qirraliki, unga salgina boshqa nuqtadan qaralsa ham uning mazmuni butunlay o`zgarib ketadi.
Strategiya- bu yakuniy natijaga erishish vositasi.
Strategiya tashkilotning barcha qismlarini yagona bir butunlikka birlashtiradi.
Strategiya tashkilotning barcha asosiy jihatlarini qamrab oladi.
Strategiya- bu tashkilotning uzoq muddatli rejasidir.
Strategiya tashkilot rejasining barcha qismlari moslashuvini ta`minlaydi.
Strategiya tashkilot faoliyatining asosiy savollariga javob bera oladi:
Bizning biznesimiz ertaga qanday bo`lishi lozim?
Bugungi kunda biznesimiz nimadan iborat?
Bizning mahsulotlarimiz, funksiyamiz, bozorimiz qanday?
Qo`yilgan maqsadlarga erishish uchun nimalar qilishimiz lozim?
Strategiya- bu tashkilotning kuchli va zaif tomonlarining taxlili, shuningdek rivojlanish imkoniyatlari va to`siqlarni aniqlash natijasidir.
Strategiya- bu tashkilotning tashqi muhit o`zgarishlariga avvaldan rejalashtirilgan munosabatidir.
Ma`lumki, strategiya qadimiy so`z bo`lib, yunoncha ―strategia‖ so`zidan olingan va sarkardalik ilmi yoki san`ati ma`nosini ifodalaydi. Qadimgi YUnonistonda xarbiy sarkardalarga katta ahamiyat berilgan. Tarix guvohlik berishicha, nisbatan qobiliyatli va omadli sarkardalar armiyasining to`g`ri saflanishiga va shuningdek qachon jangga kirish kerak xaqidagi qarorlarni qabul qilishlari, qachon xalq, siyosatchilar, diplomatlar bilan muzokaraga kirishishga katta ahamiyat berishgan.
Hozirda strategiya tushunchasining zamonaviy ta`rifi qadimiy ma`nosiga yaqin kelsada, aloxida jihatlari taxlil qilinganda ular orasida tafovut farqlanadi. Masalan, Kvin fikriga ko`ra strategiya quyidagicha bo`lishi lozim6:
Ishning pirovard natijasiga erishish uchun aniq maqsadlarni ifoda etish;
Tashabbusni qo`llab quvvatlash;
Kerakli vaqtda va kerakli joyda asosiy kuchni yo`naltira olish;
Minimal resurslar sarflab maksimal natijaga erishishni ta`minlash;
Yo`nalgan boshqarmani ifodalash;
To`g`ri faoliyat jadvalini taxlil qilish;
Kafolatlangan resurslar bilan ta`minlash.
Umumiy qilib aytadigan bo`lsak, korxonaning strategiyasi – iste`molchilarning talablari va ehtiyojlarini qondirishga va korxonadagi maqsadlarga etishishga qaratilgan raqobat usullari hamda biznesni tashkil etish kombinasiyasidir7.
Minsberg strategiya tushunchasini 5 ta ―P‖ deb atalmish kombinasiyasi orqali izoxlaydi:
strategiya- reja faoliyati;
strategiya –to`siq, ya`ni o`z raqobatchilarini chalg`itishga yo`naltirilgan faoliyat.
Strategiya- faoliyat ketma-ketligi, ya`ni reja amalga oshmasligi mumkin, lekin faoliyat ketma-ketligi xar qanday xolda ham ta`minlanishi lozim.
Strategiya- atrof muxitdagi xolat, ya`ni atrof bilan aloqa.
Strategiya- istiqbol, ya`ni intilish lozim bo`lgan xolatni ko`ra olish.
Strategiya tushunchasi ma`lum sabablarga ko`ra strategik boshqaruv nazariyasida markaziy xisoblanadi, lekin shu bilan birga yagona ham emas. Hozirgi zamon sharoitida u qator tushunchalarni ifodalaydi:
-strateg;
6 Fatxutdinov R. A. Strategicheskiy menedjment: Uchebnik .-6-izd., ispr. I dop. M.: delo, 2004, s.7
7 Tompson ml., Artur, A, Striklend SH, A.,DJ Strategicheskiy menedjment: konsepsii i situasii dlya analiza,
12 izdanie:Per.s angl.-M.:Izdatelьskiy dom «Vilьyams»,2002, s. 32
-raqobat afzalliklari;
-maqsad moslashuvi;
-maqsadlar.
|
| |