• Nazorat va muhokama uchun savollar
  • texnologik, predmetli va aralash




    Download 1,03 Mb.
    bet15/122
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,03 Mb.
    #240888
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   122
    Bog'liq
    Soha iqtisodiyoti va menejmenti. Rasulova

    texnologik, predmetli va aralash.


    Texnologik tuzilmali korxonalarda sexlar va ishlab chiqarish uchastkalari texnologik jihatdan bir xillik tamoyili asosida tashkil qilinadi (masalan, to`qimachilik kombinatlarida yigiruv va to`quv sexlari).
    Predmetli tuzilmaga asoslangan korxonalarda har bir sex ma`lum bir mahsulot yoki uning bir qismini ishlab chiqaradi (masalan, avtomobilь zavodida motor sexi, shassi sexi va hokazo).
    Aralash (predmetli-texnologik) tuzilma tayyorlov sexlarini texnologik tamoyilda (temirchilik, cho`yan quyish, po`lat quyish va hokazo), ishlov berish va mahsulot chiqarish sexlarini esa predmetli tamoyil asosida tashkil etishni ko`zda tutadi.
    Sanoat korxonasining tuzilmasi quyidagi omillar ta`siri ostida shakllanadi: texnika va texnologiyaning xususiyatlari;
    ishlab chiqarish hajmi;
    ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari (ixtisoslashtirish, kooperasiya, kombinasiya, koordinasiya);
    ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko`rsatilayotgan xizmatlarning murakkabligi va nomenklaturasi;
    ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, mexanizasiyalashtirish va robotlashtirish darajasi;
    mulk shakli;
    raqobat olib borish usullari hamda shakllari va hokazo.
    Amaliyotda ishlab chiqarish tuzilmasini mukammallashtirishning asosiy yo`nalishlari ishlab chiqilgan. Ular qatoriga korxona va sexlarni yiriklashtirish; alohida korxonalar integrasiyasi; korxona ichidagi barcha bo`linmalar orasida mutanosiblikni ta`minlash; sexsiz tuzilma kabilarni kiritish mumkin.
    Korxonaning raqobatbardoshligini oshirish, ya`ni boshqaruv sifatini ko`tarish va ishlab chiqarish faoliyatidagi yakuniy natijalarning yuqoriligiga erishish korxona tuzilmasini mukammallashtirish samaradorligini baholovchi mezon bo`lib xizmat qiladi.

    Nazorat va muhokama uchun savollar:


    1. ―Korxonalar to`g`risida‖ gi qonunga asosan korxonaga ta‘rif bering.

    2. ―Harakatlar strategiyasi to`g`risida‖gi Farmoni qachon qabul qilindi?

    3. ―Harakatlar strategiyasi uchinchi yo`nalishi doirasida bajarilgan ishlar haqida fikrlang?

    4. Korxona Nizomi nima va uning tarkibi nimadan iborat?

    5. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar faoliyatining asosiy yo`nalishlarini sanab bering.




    Download 1,03 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   122




    Download 1,03 Mb.