• Kooperasiya qilish
  • Korxonaning tijorat sirlari
  • Materiallardan foydalanish koeffisienti
  • Kompaniya - tadbirkorlarning huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan, pay kapitali asosida tashkil qilinuvchi birlashmasi. Konversiya




    Download 1,03 Mb.
    bet116/122
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,03 Mb.
    #240888
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   122
    Bog'liq
    Soha iqtisodiyoti va menejmenti. Rasulova

    Kompaniya - tadbirkorlarning huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan, pay kapitali asosida tashkil qilinuvchi birlashmasi.
    Konversiya - korxonaning umuman boshqa turdagi mahsulot ishlab chiqarishga o‘tishi.
    Konsern - turli tarmoqlardagi mustaqil korxonalarning ishtirok etish tizimi, qo‘shma tadqiqotlar, patent-lisenziya kelishuvlari, moliyalashtirish, ishlab chiqarish hamkorligi vositasida birlashuvi.
    Kooperasiya qilish - yakuniy mahsulotni birgalikda tayyorlash bo‘yicha uzoq muddatli to‘g‘ridan-to‘g‘ri xo‘jalik aloqalarini o‘rnatish.
    Korxonaning optimal hajmi – mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) bo‘yicha imzolangan shartnoma va majburiyatlarni o‘z muddatida, eng kam xarajatlar bilan eng yuqori samaradorlikka erishgan holda bajarish imkonini beruvchi korxona hajmi.
    Korxonaning tijorat sirlari– korxonaning ishlab chiqarish, texnologiyalar, boshqaruv va boshqa turdagi faoliyati bilan bog‘liq, oshkor qilinishi korxona manfaatlariga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan, davlat sirlariga aloqasi bo‘lmagan ma‘lumotlar.
    Lizing - mulkka egalik qilish huquqi ijaraga beruvchida saqlangan holda, mulkni uzoq muddatli ijaraga berishga asoslangan holda investitsiyalarni moliyalashtirish shakli; mashina, uskuna va transport vositalarining o‘rta va uzoq muddatli ijarasi.
    Lisenziya - qonunda belgilangan muayyan xo‘jalik operasiyalari, jumladan, tashqi savdo (eksport va import) operasiyalarini amalga oshirish bo‘yicha, vakolatli davlat idoralarining huquqiy shaxslarga beruvchi maxsus ruxsatnomasi.
    Marketing - korxonalarning mahsulot ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotish yoki xizmat ko‘rsatishga oid faoliyatini, bozorni va iste‘molchilar talabiga faol ta‘sir ko‘rsatishni o‘rganish asosida boshqarish tizimi.
    Materiallardan foydalanish koeffisienti – xom ashyo va materiallarning oqilona tarzda sarflanishini tavsiflovchi ko‘rsatkich. Tayyor mahsulot tarkibiga kiruvchi materiallarning ishlov berilgan materiallarning umumiy hajmiga nisbati sifastida hisoblanadi.

    Download 1,03 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   122




    Download 1,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompaniya - tadbirkorlarning huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan, pay kapitali asosida tashkil qilinuvchi birlashmasi. Konversiya

    Download 1,03 Mb.