• Ta‟sis hujjatlari
  • Ustama xarajatlar
  • Foyda
  • N. N. Rasulova, Z. Q. Jumayeva soha iqtisodiyoti va menejmenti




    Download 1,03 Mb.
    bet119/122
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,03 Mb.
    #240888
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122
    Bog'liq
    Soha iqtisodiyoti va menejmenti. Rasulova

    Smenalilik koeffisienti –uskunalarning vaqt bo‘yicha ish bilan ta‘minlash darajasi ko‘rsatkichi; sutka davomida ishlab berilgan mashina-smenalarning o‘rnatilgan barcha smenalar soniga nisbati orqali aniqlanadi.
    Stanadartlashtirish - ishlab chiqarishning ma‘lum bir sohasida faoliyatni tartibga solish maqsadida barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida qoidalar belgilash va qo‘llash. Normativ hujjatlar, standartlar, yo‘riqnomalar, usullar, talablarda aks ettiriladi.
    Ta‟sis hujjatlari – yangi tashkil qilinuvchi korxona, kompaniya, aksiyadorlik jamiyatini ta‘sis etish va ularni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi hujjatlar.
    Texnik qayta qurollantirish – ishlab chiqarish alohida uchastkalarining texnik imkoniyatlarni zamonaviy darajaga chiqarish jarayoni.
    Uskunalarni zamonaviylashtirish – harakatdagi uskunalar konstruksiyasiga, uning texnik darajasini oshiruvchi hamda texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilovchi sezilarli o‘zgarishlar kiritish. Zamonaviylashtirish ikkinchi shakldagi ma‘naviy eskirishning oldini olishga ko‘maklashadi.
    Ustama xarajatlar – asosiy xarajatlarga qo‘shimcha bo‘lib, ular bilan birga ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritiluvchi, ishlab chiqarish va korxona boshqaruviga xo‘jalik xizmati ko‘rsatish xarajatlari.
    Fan-texnika taraqqiyoti - fan, texnika, texnologiyalar rivojlanishi, mehnat predmetlari, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning uzluksiz rivojlanish jarayoni.
    Firma - huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lib, tovar ishlab chiqarish va sotishni bir umumiy boshqaruv (va umumiy firma nomi) ostida birlashtiruvchi, korxona yoki
    turli mulkchilik shaklidagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar majmuasi.
    Foyda – korxona faoliyatining yakuniy moliyaiy natijalari; pul tushumi va xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
    Fond qaytimi – asosiy ishlab chiqarish fondlarining bir so‘miga to‘g‘ri keluvchi mahsulot miqdori.

    Download 1,03 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122




    Download 1,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. N. Rasulova, Z. Q. Jumayeva soha iqtisodiyoti va menejmenti

    Download 1,03 Mb.