|
Nazorat va muhokama uchun savollar
|
bet | 112/122 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #240888 |
Bog'liq Soha iqtisodiyoti va menejmenti. Rasulova Nazorat va muhokama uchun savollar:
Boshqaruvning tashkiliy tarkibi tushunchasi nima?
Boshqaruv organi va boshqaruv bosqichi to‘g‘risida nimalar deya olasiz?
Boshqaruv strukturasining qanday belgilari va turlarini bilasiz?
Boshqaruvning tashkiliy tarkibini takomillashtirishning qaysi yo‘nalishlarini bilasiz?
Boshqaruvning mahalliy organlarining tarkibini ayting?
Boshqaruvning tarmoq organlari deganda nimalarni tushunasiz?
Aksiyadorlik jamiyati - aksiyadorlar va muassislar mablag‘‘i evaziga shakllangan kapitalga ega bo‘lgan huquqiy shaxs maqomiga ega kompaniya. Ishlab chiqarishni tashkil qilishning mablag‘‘larni aksiya sotish yo‘li bilan jalb etishga asoslangan shakli.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari – ishlab chiqarishda foydalaniluvchi mehnat predmetlari (xom ashyo, materiallar, o‘rov materiallari, ta‘mirlash uchun ehtiyot qismlar va hokazo). Har bir ishlab chiqarish siklida to‘liq sarflanadi hamda korxonaning aylanma mablag‘‘lari hisobiga sotib olinadi.
Aylanma mablag‟‟lar – ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, yangi mahsulotni o‘zlashtirish xarajatlari, kelgusi davr xarajatlariga sarflanuvchi korxona mablag‘‘larining pul shaklida ifodalanishi.
Aksiya – aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiqariluvchi hamda uning egasi, aksiyadorlik jamiyatining a‘zosiga jamiyatni boshqarish va foydadan dividend olish huquqini beruvchi qimmatbaho qog‘oz.
Aksiyadorlik kapitali – aksiyadorlik jamiyatining asosiy kapitali, uning hajmi Nizomda belgilab beriladi. +arzga olingan mablag‘‘lar va aksiya chiqarish hisobiga shakllantiriladi.
Amortizasiya - asosiy fondlar qiymatini asta-sekinlik bilan ular yordamida ishlab chiqariluvchi mahsulot yoki xizmatlarga o‘tkazilishi; mablag‘‘larning maqsadli ravishda jamg‘arilishi va keyinchalik eskirgan asosiy fondlarning o‘rnini qoplashga ishlatilishi.
|
| |