• Menejmentning tashkiliy tarkiblarini tanlash va takomillashtirish
  • N. N. Rasulova, Z. Q. Jumayeva soha iqtisodiyoti va menejmenti




    Download 1,03 Mb.
    bet111/122
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,03 Mb.
    #240888
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   122
    Bog'liq
    Soha iqtisodiyoti va menejmenti. Rasulova

    14.7-chizma. Divizional boshqaruv strukturasi
    Boshqarishning tashkiliy strukturalari to‘g‘risida yakuniy xulosa chiqarar ekanmiz, quyidagilarga alohida etibor berilishi lozim deb hisoblaymiz. Boshqarishning ko‘rib chiqilgan tashkiliy strukturalaridan birortasini ham rasmiy struktura deb bo‘lmaydi. SHuning uchun har bir korxona (firma) o‘z oldidagi maqsad va iqtisodiy muhitning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘z talablarini yuqori darajada qondiradigan tashkiliy struktura turini o‘zi tashlashi kerak.

        1. Menejmentning tashkiliy tarkiblarini tanlash va takomillashtirish. Davlat rahbariyati tomonidan boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida

    ―O`zbekneftgaz‖ aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, tarmoqqa oid bo`lmagan tashkilotlarni tizimdan chiqarish bo`yicha ko`rsatmalar berildi. Xususan, funksiyalari bir-birini takrorlaydigan boshqaruv bo`g`inlarini qisqartirish, tarmoqdagi servis korxonalari hamda yordamchi ishlab chiqarishlarni davlat-xususiy sheriklik asosida investorlarga berish kerakligi ta‘kidlandi.
    Organ - bu biror boshqaruv tizimi tarkibiga kiruvchi muassasa tashkilotdir. Boshqarish organ esa ijtimoiy mehnat taqsimoti, xususan boshqaruv mehnat taqsimoti natijasida vujudga kelgan boshqaruv apparatidir. Boshqaruvning tarkibiy tuzilishining asosini organlari tashkil etadi.
    Respublikamizda boshqarishning tarmoq organlariga vazirliklar, davlat qo‘mitalari, konsernlar, uyushmalar, korporasiyalar, konsorsiumlar va b. kiradi. Ular boshqaruv tizimining ishtirokchisidir.
    Aksiyadorlar umumiy yig‗ilishi

    Tavtish komissiyasi


    Kuzatuv kengashi





    Koorporativ maslahatchi
    Boshqaruv kengashi
    Ichki audit xizmati


    Quduqlarni qidirish va burg‗ulash


    ―O‗zneftegazgeo logiya‖ MChJ
    ―O‗zbekgeofizik a‖OAJ
    ―Geologiya va neft va konlarini qidirish va geologiya instituti‖OAJ
    ―O‗zburneftigaz‖ OAJ
    ―Neftigaz mineral‖MChJ
    ―Bentonit‖ LTD
    ―Ochiq neft va gaz favoralarining oldini olish va yo‗q qilish uchun O‗zbekistonnnin

    Neft va gazni qazib olish, gazni qayta ishlash:


    ―O‗zneftedobich a‖ OAJ UzGTLLTD

    Gazni tashish va iste‘molchilarni tabiiy va


    suyultirilgan gaz bilan ta‘minlash
    ―O‗ztransgaz‖ AK
    Gazli dvigatel yoqilg‗isini kesish OOO
    Avtogazstroy

    Neft va gaz kimyo mashinalari


    ―O‗zneftigazmash
    ‖ OAJ
    Investitsiya faoliyati, materiallar va jihozlar bilan ta‘minlash:
    ―Neftigazinvest‖ MChJ
    Neft gaz va ijtimoiy ob‘ektlarni qurish:
    ―Neftigazstroy‖ MChJ
    ―Muborak neftgazmontaj‖ OAJ
    ―Buxorogazpromstroy‖O AJ
    ―Toshneftgazstroy‖ OAJ
    ―Toyteppametalqurilmal ari‖ OAJ
    Xizmat ko‗rsatish:
    ―Sarbon-neftegaz‖ OAJ
    ―Neftegazeksport‖ LTD
    ―Neftegazsvyaz‖ MChJ
    ―Neftegazdespozit
    ‖ MChJ
    ―Muruvvat- chorvador‖ MChJ
    ―Muruvvat- agrosanoat‖ MChJ
    ―Muruvvat-teks‖ MChJ
    ―Neft va gaz jurnali‖

    Tadqiqot va ishlab chiqish ishlari


    ―Uzlitineftigaz‖ OAJ
    ―Neftgazme‘yo r‖ MChJ

    Kadrlarni tayyorlash Gubkina nomidagi Rossiya davlat Neft va Gaz universituti Toshkent filiali


    Buxoro neft va gaz KXK Farg‗ona neft va gaz sanoati KXK

    Neftni qayta ishlash va neft mahsulotlarini iste‘molchilarga yetkazib berish:


    ―O‗zneftmahsulot‖ A

    Vazirlik - bu o`ziga tegishli tarmoqning xo‘jalik tizimida boshqarishning eng oliy bo`ginidir:
    Vazirlik:

    • tarmoqning ahvoli, uni yanada rivojlantirish;

    • fan-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish (xizmat)ning texnologik darajasi;

    • ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va uning rakobatbardoshlini;

    • ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo‘lgan ichki va tashqi talabni qondirish uchun mas`uldir.

    Davlat qo‘mitalari - bu vazirlik va idoralarning fa‘liyatini tartibga solish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish yo`li bilan sotsial-iqtisodiy rivojlanishga rahbarlik qilishga mo`ljallangan markaziy tarmoq boshqaruv organlardir.
    Konsern - bu ishlab chiqarishning diversifikasiyasi (o`zgarishi, xilma- xilligining ko`payishi) asosan tarkib topadigan yirik, ko‘p tarmoqli korporasiyadir. Uning tarkibiga turli tarmoqlar (sanoat, transport, bank sohasi)ga tegishli korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi.
    Uyushma (ittifoq) - bu jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘ngilli jamoat birlashmalaridir. Bunday uyushmalar o`z faoliyatini muvofiqlashtirish, manfaatlarini himoya qilish va yagona ilmiy-texnik siyosatini ta‘minlash maqsadida respublika hududida keng tarmoq yozgan.
    Assosiasiya - bu korxonalarning paychilik asosida ko`ngillik birlashmasidir. U bir yoki bir necha ishlab chiqarish - xo‘jalik vazifalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida korxonalarning shartnomaviy asosida birlashishi natijasida tashkil topadi. Assosiasiya tarkibiga, odatda muayyan hududda joylashgan va turdosh kasbga ixtisoslashgan korxonalar kiradi.
    Korporasiya - bu rivojlangan yirik aksionerlar jamiyat va trestlar birlashmasidir. Korporasiyalar negizi aksioner jamiyatlari hisoblanadi. Ular bir xil mahsulotlarning asosiy ishlab chiqaruvchilarini birlashtiradi.
    Korsorsium - bu aniq vazifalar: yirik maqsadli dastur va loyihalash, shu jumladan, ilmiy-texnikaviy, qurilish, tabiatni himoya qilish va boshqa dasturlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan muvaqqat birlashmadir.
    Konsorsium o‘ziga xos xususiyati - mustaqil yuridik sherik bo‘lgan har bir ishtirokchi korxona bilan bitim tuzilishidadir.
    Xolding kompaniyasi- bu eng avvalo moliyaviy jamgarma bo‘lib korxonalarni emas, balki sarmoyalarni birlashtiradi.
    Milliy kompaniya - bu noishlab chiqarish tarmoqlar, ijodiy jamoalar, transport, aloqa va telekommunikasiya korxonalari va tashkilotlarining paychilik yoki aksionerlik asosida ko`ngilli birlashmasidir.
    Korxona yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan xo‘jalik sub‘yekti bo‘lib, o`ziga tegishli yoki tulik xo‘jalik hisobidagi mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab
    chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmatlar ko`rsatadi deb ta‘kidlangan.
    Firma - bu korxonadan farqi o‘laroq ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi.
    Boshqarish tuzilmalari oddiy va ixcham bo`lishi kerak. Boshqarish masalalari tezkor hal etilishi lozim. Boshqarish zvenolarining soni eng kam miqdorda bo‘lishi ma‘qul.
    Hisob-kitoblar shuni ko`rsatadiki, qo`l ostidagilar soni 5 kishi bo‘lganda, rahbar 100 xil aloqaga; 6 kishida 222,7 kishida 400 va shunga o‘xshash aloqalarda bo‘ladi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, bir rahbarga 5-6 xodim to‘gri keladi.
    Garb adabiyotlarida ―strukturani takomillashtirish‖ iborasi umuman qo‘llanilmaydi. Uning o`rniga:

    • strukturaga o`zgartirish kiritish;

    • strukturani almashrishi;

    • strukturani tanlash;

    • strukturani intergasiyalash kabi iboralar ishlatiladi.

    Strukturaga o‘zgartirish kiritish va uni almashtirish - bu jahon amaliyotidagi doimiy jarayon bo‘lib, har qanday tashkilotda menejer faoliyatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Bunday o‘zgarishlarning bosh omili - bu ilmiy texnika taraqqiyoti va kuchli raqobatdir. AQSH firmalarida, Garbiy Yevropa va rivojlangan Sharq davlatlarida boshqaruv strukturasi o‘rtacha har 3-5 yilda almashtirilib turiladi.
    Menejment me‘yorini tanlashda yana quyidagilar ta‘sir ko‘rsatadi: Yechilayotgan masalalarning murakkabligi va bir xilligi, ularni ahamiyat darajasi, insonni jismoniy holati tashkilotda qabul qilingan menejment usuli va boshqalar.
    Ikkinchi guruh omillari firmaning tashkiliy tarkibiini tanlashda va shakllantirishda birlamchi bo‘lib xizmat qiladi.
    Menejment nazariyachilari ―strategik-tarkib‖ munosabatilariga ustivorlik beradilar. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, hozirgi zamon menejmentida tartib qurilishini eng asosiysi firmaning quyidagi uchta turdagi strategiyasini tanlab olishga bog‘liq: innovatsion strategiyasi, xarajatlarni qaytish strategiyasi yoki har ikkala ilgarigi strategiyalarni asosiy belgilarini qamrab oluvchi strategiya.
    Boshqaruv faoliyatini bajarish usullari menejment usullaridir. Menejment usullari boshqarish fanida muhim o‘rin tutadi. Bu usular juda ko‘p va ular bir- birlari bilan uzviy bog‘langan. Amaliyotda quyidagi usullar qo‘llaniladi: iqtisodiy, tashkiliy farmoyish (ma‘muriy) va ijtimoiy-ruhiy.
    Bozor munosabatlari sharoitida boshqarishning iqtisodiy usullari muhim ahamiyatga molik. Iqtisodiy usullar orqali kishilarning moddiy qiziqishlariga ta‘sir ko`rsatiladi. Korxonalarda boshqarishning iqtisodiy usullardan biri rejalashtirish
    hisoblanadi. Xo‘jalikni rejali yuritish uning quyidagi barcha faoliyatiini qamraydi: ishlab chiqarish, lizing, ishlab chiqarish fondlarian foydalanish, mehnat va ish vaqti, ijtimoiy masalalar va boshqalar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirishda oshkoralik muhim jihatdir.
    Bozor iqtisodiyoti qonunlari huquqiy prinsiplarni bajarilishini hisobga oluvchi va boshqaruv ob`yektiga o`z ta‘sirini o`tkaza oladigan uslublar sistemasi tashkiliy-taqsimlovchi usullardir. Ular iqtisodiy boshqarish usullarini to`ldiradi. Davlat maxsus ma‘muriy hujjatlar bilan boshqaruv organlarini tuzib, boshqariluvchi sistemalarga ta‘sir ko‘rsatadi. Tashkiliy-taqsimlovchi usullar tashkiliy aniqlik tashkiliy tuzilmalar, har bir boshqaruv zvenolari funksiyasi, boshqaruv apparati xodimlari ishi samarasi va intizom, kadrlarni tanlash o`rniga qo`yish, qayta ta‘minlaydi.



    Download 1,03 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   122




    Download 1,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. N. Rasulova, Z. Q. Jumayeva soha iqtisodiyoti va menejmenti

    Download 1,03 Mb.