|
N. N. Rasulova, Z. Q. Jumayeva soha iqtisodiyoti va menejmenti
|
bet | 110/122 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #240888 |
Bog'liq Soha iqtisodiyoti va menejmenti. Rasulova14.6-chizma. Loyihali boshqaruv strukturasi
Mahsulotli struktura. Tashkilot miqyosining kengayishi bilan chiziqli- funksional strukturada ko‘pgina kamchiliklar vujudga keladi va eng asosiysi mehnat natijasi va foydaning bir qismini tasarruf etish huquqi orasidagi aloqa yo‘qoladi. Bu esa ishchilarni samarali motivlashtirishga to‘sqinlik qiladi. Bundagi muammolarni bartaraf etish uchun mahsulotli prinsipga asoslangan tashkiliy strukturani tuzish kerak. Mahsulotli strukturada ko‘pgina funksional bo‘limlar
firma darajasida markazlashgan va barcha ishlab chiqarish bo‘limlariga xizmat qiladi. Bundan tashqari ishlab chqarish strukturasida yangi mahsulotni ishlab chiqarish, sotish, buxgalteriya bo‘limlari bor, ular faqat o‘z mahsuloti uchun ishlaydi.
Mahsulotga ko‘ra boshqaruvning afzalligi axborotlarning kelish yo‘llari va oqimining qisqarishida, yakka boshchilik tamoyiliga to‘la rioya qilinishida, boshqarishning yuqori bosqichlarini mayda joriy vazifalardan xalos qilishda namoyon bo‘ladi. Bunday struktura bozorda talabning o‘zgarishiga tezkor munosabat bildirishga qodir.
Mahsulotli strukturaning asosiy ustunliklari: tashqi muhitga tez moslashish, mahsulot xarid qiladigan istemolchilar ehtiyojini yuqori darajada qondirish, xodimlarning mahsulot ishlab chiqarish bilan mosligi va yuqori darajadagi motivasiya.
Kamchiliklari: markazlashgan funksional xizmatlar hisobidan xodimlar soni oshadi, umumiy maqsadlarga erishish qiyinlashadi.
Alohida mahsulot bo‘limlariga qo‘llaniladigan turli xildagi moliyaviy mustaqillik ko‘rinishlari mavjud. Bu bankdagi firma hisob raqami doirasida subschetning ajratilishi; bankdagi maxsus korrespondensiya schetining ajratilishi; mustaqil yuridik shaxs sifatida hisob raqamining ajratilishi.
Matrisali struktura. Matrisali struktura bo‘yicha boshqarish ancha murakkab bo‘lib, u mahsulot nisbatan qisqa «umr» ko‘radigan va tez-tez o‘zgarib turadigan korxonalar tomonidan qo‘llaniladi. Bu struktura korxonada gorizontal aloqalarni yo‘lga qo‘yishga va ularni murakkab buyurtmalarni bajaruvchi turli xil korxonalar faoliyati bilan kompyuterlar yordamida bog‘lashga, texnika sohasida yuqori malakali xizmat ko‘rsatishga va ekspertizani taminlashga qaratilgan. Bu strukturani
«To‘r» ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin.
U ikki turdagi strukturaning: funksional struktura va mahsulot bo‘yicha strukturalar kombinasiyasini ifodalaydi.
Boshqarishning matrisaviy strukturasining mohiyati shundaki, unda har bir xodim, ayni bir vaqtning o‘zida, loyiha bo‘yicha boshqarishda, shuningdek, o‘zining funksional organida xizmatda bo‘ladi hamda ikkiyoqlama bo‘ysunadi.
Matrisali strukturani qo‘llashning asosiy sabablari: yangi mahsulot ishlab chiqarish va uning sifatiga bo‘lgan yuqori talab; resurslarni taqsimlash imkoni bo‘lmaganda uni samarali qo‘llash usullari. Matrisali struktura chiziqli-funksional struktura doirasida qo‘llaniladi, bu vaqtinchalik tashkiliy shakl bo‘lib, maqsadli muammolarni echishga yo‘naltiriladi. Matrisali struktura mutaxassislarning ikkilanma bo‘ysunishida xarakterlanadi, yani bevosita bo‘lim boshlig‘iga va loyiha boshlig‘iga bo‘ysunadi.
Ustunliklari: o‘zgarishlarga moslashishga qodirligi, resurslarni samarali ishlatish, professionalizmning o‘sishi; yuqori rahbariyatning operativ muammolar echimidan xoli etilishi.
Kamchiliklari: ikki kishiga bo‘ysunish kelishmovchiliklarga va xaosga olib keladi; hoqimiyat uchun kurash jadallashadi; xodimlarning malakasiga bo‘lgan yuqori talab namoyon qilinadi.
Boshqarishning matrisaviy strukturasining mohiyati shundaki, unda har bir xodim, ayni bir vaqtning o‘zida, loyiha bo‘yicha boshqarishda, shuningdek, o‘zining funksional organida xizmatda bo‘ladi, hamda ikkiyoqlama bo‘ysunadi.
Xoldingli struktura. har xil tashkilotlar tarmoqlar bo‘yicha guruhlarga, yani xoldinglarga birlashadilar. Xoldingli strukturada katta kapitalni jamlash va asosiy muammolarni hal etishda moliyani konsentrasiyalash imkonini beradi. Xolding doirasida ixtisoslashish va aniq turdagi mahsulot ishlab chiqarishga moslashish prinsipi amal qiladi, bu esa xoldingda raqobat muhitini kamaytiradi.
Tashkilotning yuqori rahbariyati. har qanday struktura uchun yuqori rahbariyat tushunchasi bir xil, unga quyidagilar xos: tashkilotning birinchi rahbari, uning muovini va bosh bo‘limlarining rahbarlari. Birinchi rahbar va uning muovinlari ko‘pincha yuqori rahbariyat komandasi deb ataladi. Bosh bo‘lim rahbarlari va birinchi rahbarning muovinlari asosiy personal komandasiga kiradi. Birinchi rahbar yuqori rahbariyat komandasi bo‘ladi.
Aytilgan har bir pog‘onaning strukturali tashkil etilishi turli xil omillardan bog‘liq:
birinchi rahbarning boshqarish uslubi;
boshqaruv tashkiliy strukturasining turi;
asosiy personal komanda azolarining shaxsiy va professional xususiyatlari.
Birinchi rahbar qanchalik malakali bo‘lsa, shunchalik u malakali muovinlarni tanlaydi. Asosiy personal komandasining faollik darajasi strategik muhim bo‘lgan qarorlarni qabul qilishda qatnashishiga bog‘liq, yoki bu birinchi rahbarning asosiy personal komandasiga o‘z vakolatining qancha qismini ajratganiga va guruhdagi odamlarning o‘z maqsadlarini tashkilot maqsadlari bilan bog‘lashlariga asoslanadi. Bu turdagi jarayon birinchi rahbarning kollegial usulda boshqarishiga xosdir.
Agar birinchi rahbar avtoritar uslubda boshqarsa, unda asosiy muammolarni faqat o‘zi hal qiladi va hattoki boshqa guruhdagilarga ham axborot berib o‘tirmaydi. Barqaror ishlab chiqarish va chiziqli-funksional turdagi struktura amal qiladigan tashkilotlarda asosiy personal komandasida katta ijro funksiyasini talab etadi. Divizional strukturada asosiy personal komandasi boshqaruv qarorlarini qabul qilishda faol qatnashishadi, unda boshqaruv samardorligi oshadi.
|
| |