• Asosiy fondlarning eskirishi
  • Bashorat qilish
  • N. N. Rasulova, Z. Q. Jumayeva soha iqtisodiyoti va menejmenti




    Download 1,03 Mb.
    bet113/122
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,03 Mb.
    #240888
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   122
    Bog'liq
    Soha iqtisodiyoti va menejmenti. Rasulova

    Amortizasiya vositalari - korxona asosiy fondlarini saqlash va yangilash uchun maxsus ajratiluvchi moliyaviy vositalar.
    Amortizasiya fondi - asosiy fondlarni oddiy va kengaytirilgan tarzda takror ishlab chiqarishga mo‘ljallangan pul mablag‘‘lari.
    Asosiy ishlab chiqarish fondlari – mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi mehnat vositalari (binolar, inshootlar, qurilma va asbob-uskunalar, tranosport vositalari va hokazo). Ular uzoq muddat xizmat ko‘rsatib, ishlab chiqarish jarayonida o‘zining natural shaklini saqlab qoladi hamda o‘z qiymatini eskirish mobaynida asta-sekinlik bilan tayyor mahsulotga o‘tkazadi. Kapital qo‘yilmalar hisobiga to‘ldiriladi.
    Asosiy fondlarning eskirishi – asosiy fondlarning (binolar, qurilmalar va boshqa mehnat vositalarining) asta-sekinlik bilan foydali xususiyatlarini yo‘qotishi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari eskirishining jismoniy va ma‘naviy turlari mavjud.
    Balans - biron-bir holatning alohida tomonlarini taqqoslash va solishtirish yo‘li bilan tavsiflanuvchi ko‘rsatkichlar tizimi.
    Balans foydasi - korxonaning balansida aks ettiriluvchi faoliyatning barcha
    turlaridan olinuvchi umumiy foyda miqdori.
    Bankrotlik - kasodga uchrash, korxonaning (tashkilot, bank) o‘z majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni mablag‘‘lar yo‘qligi tufayli amalga oshirmasligini anglatuvchi tushuncha. qoidaga ko‘ra, korxonani yopish yoki majburan tugatish hamda mol- mulkini qarzlarni to‘lash uchun sotib yuborishga olib keladi.
    Bashorat qilish - kelajakda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli hodisa va jarayonlarni statistik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa turdagi tadqiqotlar yordamida ilmiy asoslangan holda avvaldan aytib berish.
    Biznes - bozor iqtisodiyoti sharoitlarida sub‘ektning ma‘lum bir mahsulot yoki xizmat turini yaratish va sotish yo‘li bilan foyda olishga mo‘ljallangan iqtisodiy faoliyati.
    Biznes-reja - korxona faoliyati dasturi, kutilayotgan xarajat va daromadlar hisobini o‘z ichiga oluvchi kompaniya faoliyatining muayyan maqsadlariga erishish uchun muayyan chora-tadbirlar rejasi. Marketing tadqiqotlari asosida ishlab chiqiladi.
    Veksel - qimmatbaho qog‘oz turi, belgilangan tartibda yozma shakldagi qarz majburiyati, o‘z egasiga (veksel oluvchiga) veksel beruvchidan ko‘rsatilgan pul miqdorini belgilangan muddatda gap-so‘zsiz to‘lanishini talab qilish huquqini beradi.

    Download 1,03 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   122




    Download 1,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. N. Rasulova, Z. Q. Jumayeva soha iqtisodiyoti va menejmenti

    Download 1,03 Mb.