• O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi
  • N. R. Karimova boshlang`ich ta`lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi




    Download 12,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/13
    Sana11.01.2024
    Hajmi12,83 Mb.
    #134646
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    BOSHLANGICH TALIM PEDAGOGIKASI, INNOVATSIYA VA INTEGRATSIYASI
    “Amir Temur va Temuriylar davridagi odob-axloq va tarbiyasi to’g-hozir.org, “E” tovushini to’g’ri talaffuz qilish bo’yicha mashg’ulot ishlanma, “K” -tovushini talaffuz qilish mavzusida mashg’ulot ishlanmasi, Ma’ruza №12 Mavzu Ko’chish hodisalari. Gazlarda diffuziya va is, Molekulyar kinetik nazariyaning ikkinchi pozitsiyasi, 1 MAVZU Boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti Boshqaruvda intel (1), mustaqil ish, Hamid Olimjon dars ishlanma, ЎзМУ ва ТДТУ, 23-maktab CHQBT, 9-sinf-1-qiz, KONVEYER TRANSPORTINI AVTOMATLASHTIRISH, TABU VA EVFIMIZM, Mavzu Boshqaruv hisobini tashkil etish
    Mas’ul muharrir: pedagogika fanlari doktori
    dotsent O’.M.Asqarova 
    Taqrizchilar:  “Turon” fanlar akademiyasi, 
    Akademigi, dotsent B.N.Oripov 
    pedagogika fanlari nomzodi, 
    dotsent M. Hamidova 
     
    O’quv qo’llanma Namangan Davlat universiteti o’quv-uslubiy 
    kengashining 17.04.2020 yildagi 8-sonli yig’ilish qarori bilan nashrga 
    tavsiya etilgan. 
     
     
    © Namangan davlat universiteti, 2020 yil 



    So`z boshi 
    Bugungi kunda butun dunyoda ro‘y berayotgan globallashuv sharoitida 
    mamlakatimiz barqaror taraqqiy etib borish uchun har tomonlama 
    modernizasiyalashgan tizimli yondashuvni taqozo qilayotganligi munosabati 
    bilan olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va 
    jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, 
    mamlakatimizni modernizasiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini 
    liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston 
    Respublikasida umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli islox 
    qilishning ustuvor yo`nalishlarini belgilash, o’sib kelayotgan yosh avlodni 
    ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga 
    ko’tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va 
    usullarini joriy etish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi 
    Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi boshqaruv tizimini 
    takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5538-
    son Farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 
    yilgacha 
    rivojlantirish 
    kontseptsiyasi 
    tasdiqlandi, 
    O‘zbekiston 
    Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International 
    Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi 
    bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg’or mamlakati qatoriga kirishiga erishish 
    borasida bir qancha ishlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan. Uzluksiz ta’lim 
    tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni 
    tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, o‘qitish metodikasini 
    takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini 
    bosqichma-bosqich tatbiq etish, xalq ta’limi
    sohasiga
    zamonaviy 
    axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy 
    etish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va 
    byudjetdan tashqari mablag` bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish, 



    yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari 
    ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish, davlat-xususiy 
    sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat muhitini 
    kengaytirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga 
    qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan beshta tashabbusni 
    amaliyotga tatbiq etish masalasi bugungi kunning eng dolzarb masalasi 
    hisoblanadi.
    Ilmiy jarayonda innovatsion ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish va 
    loyihalashtirish, integratsion ta’limni rivojlantirishda boshlang’ich ta’limning 
    o‘rni, global ilmiy jarayonda filologik ta’limni rivojlantirish hamda tabiiy va 
    aniq fanlarni o‘qitishda integratsion ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha talaygina 
    ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Xulosa qilib aytganda, ta’lim sifat va 
    samaradorligini oshirishda integratsion ta’limni rivojlantirish borasidagi ishlarni 
    amalga oshirishda barcha fanlarning o‘rni muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘sib 
    kelayotgan yosh avlodni hamda mahoratli pedagoglarni har tomonlama 
    barkamol inson sifatida ko’rish, ularga o’z qiziqishlarini inobatga olgan holda 
    qo’shimcha bilimlar berish hamda ilg’or pedagogik texnologiyalardan 
    foydalangan holda jamiyat ravnaqi uchun xizmat qilishlariga shart-sharoitlar 
    yaratib berish maqsad qilib olingan. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’yin 
    ta’lim texnologiyasi asosida refleksiv ko’nikmalarini shakllantirish, o’yin – 
    ta’limiy faoliyat sifatida, bola shaxsini rivojlantirishda didaktik o’yinlar 
    mavzulari doirasida refleksiv ko`nikmalarni shakllantirish masalalari haqida fikr 
    yuritilgan. 

    Download 12,83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 12,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. R. Karimova boshlang`ich ta`lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi

    Download 12,83 Mb.
    Pdf ko'rish