Kognitiv: Bola dunyoni anglaydi. Bola turli xil fikrlashni shakllantira  oladi. Real muammolarga duch kelganida ularni mustaqil xal eta oladi




Download 12,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana11.01.2024
Hajmi12,83 Mb.
#134646
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
BOSHLANGICH TALIM PEDAGOGIKASI, INNOVATSIYA VA INTEGRATSIYASI
“Amir Temur va Temuriylar davridagi odob-axloq va tarbiyasi to’g-hozir.org, “E” tovushini to’g’ri talaffuz qilish bo’yicha mashg’ulot ishlanma, “K” -tovushini talaffuz qilish mavzusida mashg’ulot ishlanmasi, Ma’ruza №12 Mavzu Ko’chish hodisalari. Gazlarda diffuziya va is, Molekulyar kinetik nazariyaning ikkinchi pozitsiyasi, 1 MAVZU Boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti Boshqaruvda intel (1), mustaqil ish, Hamid Olimjon dars ishlanma, ЎзМУ ва ТДТУ, 23-maktab CHQBT, 9-sinf-1-qiz, KONVEYER TRANSPORTINI AVTOMATLASHTIRISH, TABU VA EVFIMIZM, Mavzu Boshqaruv hisobini tashkil etish
Kognitiv: Bola dunyoni anglaydi. Bola turli xil fikrlashni shakllantira 
oladi. Real muammolarga duch kelganida ularni mustaqil xal eta oladi.  
Ijtimoiy: 
Tengdoshlar 
va 
kattalar 
bilan 
muloqot 
qilish
ko’nikmalari shakllantiriladi. Madaniy tushunchalarning shakllanishi yuzaga 
keladi. 
Hissiy: Boshqalarning hissiyotini tushunish. Vaziyatga mos keladigan 
hissiyotlarni izhor qilish kabi hissiy kechinmalar rivojlanadi. 
Harakatlanish (Motorika): Faol o’yinlarga jalb qilish – yirik harakat 
ko’nikmalari. Mayda jismlarni ushlay olish va murakkab harakatlar, ular bilan 
o’ynash – mayda harakat ko’nikmalari shakllanadi. 
Shakllanadigan nutq va savodxonlik:


22 
Boshqalarning nutqini tushunish. Boshqalar bilan muloqot qilishda 
og’zaki va og’zaki bo’lmagan shakllardan foydalanishYozma belgilar tizimini 
tushunish va undan foydalana olish qobiliyati – o’qish savodxonligi oshadi. 
O’yin faoliyati bola hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi, u mehnat va 
ta’lim bilan uzviy aloqada bo’lgani holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon 
bo’ladi. Olimlar o’yinning ahamiyati, qadri, uning shartliligini hamda ijtimoiy 
xulqini shakllantirishda shaxsning jamiyatdagi o’z o’rnini belgilab olishi, uning
muomala chog’idagi xatti-harakatini aniqlab olish hamda miyaning keyingi 
o’rganiladigan mavzuga tayyorlanishida juda katta ahamiyatga ega ekanligini 
ta’kidlaydilar. Boshlang’ich sinf davrida bolaning aqliy qobiliyatlari 
rivojlanayotgan davrda o’yin juda muhim ekanligini alohida ta’kidlab o’tadilar.
O’yin - inson o’zligini namoyon qilishi, uning takomillashuvi usulidir. U 
bolalar hayotining asosini tashkil qiladi. O’yinda shaxsdagi mavjud barcha 
jihatlar ishga tushadi. Bola harakat qiladi, gapiradi, idrok qiladi, o’ylaydi, o’yin 
davrida bolaning hayoli, xotirasi faol ishlaydi, ta’sirchanlik va iroda sifatlari 
namoyon bo’ladi. 
Vigotskiy, ; ...“aslini olganda Katren bilan Alenning mukammal 
rivojlanishi o’yin orqali amalga oshiriladi”
4
,-deb ta’kidlagan. O’yin bolaning ilm 
o’rganish jarayonida, ayniqsa intellektual o’sishida bugungi kunda eng muhim 
vositachi bo’lib qolmoqda. Uning ustiga so’nggi ilmiy tekshiruvlar o’yin orqali 
o’rganilmagan bilim tez yoddan ko’tarilishini tasdiqladi (Schweinhart & 
Weikert, 1996).
5
O’yin nafaqat materiallar va jihozlardan foydalanishdan tashkil 
topgan, 
balki 
savodxonlik 
va 
fikrlar 
xilma-xilligini 
shakllantirishda 
foydalaniladigan so’zlar va fikrlardan ham iborat. Bundan tashqari, o’yin 
muammoni 
yechish 
ko’nikmasini shakllantirishga undab, ijodkorlikni 
rivojlantiradi. Ijtimoiy va hissiy rivojlanishlar ham o’yin orqali amalga 
oshiriladi. O’yin umumiy rivojlanishni talqin etadi
6
.
4
Vigotskiy 
5
Schweinhart & Weikert, 1996 
6
Isenberg & Jalongo, 1997 


23 
"Bolalar ta’lim olish jarayonida o’zlari biladigan narsalarni barcha 
kategoriyalarda birlashtiradi" (Almy, 2000, p.10). Lawrence Frankning (1964) 
klassik fikrlari bugungi kungacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan: “Bolani 
mustaqillik 
bilan 
tanishtirishga 
undaydigan, 
mustaqil 
o’rganishga 
yo’naltiradigan va dunyoni faol kashf qilishga chorlaydigan o’yin kontseptsiyasi 
bolaning umumiy rivojlanishini kafolatlaydi... Bu ta’lim tizimimizni, 
qadriyatlarimizni va shaxsni mukammal rivojlanishga qo’shmoqchi bo’lgan 
g’ayratimizning tarjimasidir” 
7

Suranskiy (1983) quyidagicha ogohlantiradi: “Bolalikda olib tashlangan 
o’yinlar, keyingi yillarda o’zining salbiy natijasini ko’rsatadi” 
8
. Frobelning 
ta’kidlashicha, erkin o’yinda bolalar o’zlarining yangi qirralarini kashf 
qiladilar. Almi, Monigan, Skal va Van Xun (1984) bunday deydilar: "O’zining 
guruhdagi holati va dunyoviy ilmiy izlanishlaridan xabardor tarbiyachi 
o’yinning muhim roli mavjudligini alohida inobatga oladi... Tarbiyachining 
vazifa va mas’uliyatlaridan biri bolaning o’rgangan narsalarini qiyoslashi va 
mustahkamlashi uchun yangi narsalarni o’rganishi uchun ma’noli o’yinlarni 
uyushtirishdir” 
9

Bolalar faoliyati rang-barangdir. Ular hammadan ko’proq o’yinni 
yoqtiradilar. Chunki o’yin bolalar uchun asosiy va eng sevimli mashg’ulotdir. 
O’yin - bolalarning o’zaro munosabatini yo’lga soladi, his-tuyg’usini 
rivojlantiradi, erkini mustahkamlaydi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya berish 
jarayoniga o’yin elementlarining, muammoli holatlarning kiritilishi darslarni 
jonlantiradi.
Didaktik o’yinlar – ta’lim xarakteriga ega bo’lib, bolalar bilimining 
mustahkamlanishiga va kengayishiga, ularni umumlashtirishga, tizimga solishga 
yordam beradi. Ta’lim va tarbiya berish jarayonida har xil didaktik o’yinlardan: 
og’zaki, stol ustida harakatli, ijodiy, hayolan sayohat, o’yin-viktorinadan 
7
Lawrence Frankn 73-bet 
8
Suransky 1983. 26-bet 
9
Almi, Monigan, Skalь va Van Xun 1984y. 43bet 


24 
foydalanish, muammoli holatlar keltirib chiqarish, yechimini topish, 
bahslashish, natijaga erishish dars samaradorligini oshiradi.
Didaktik o’yinlarning hususiyatlari shundaki, ta’limga aloqador masalalar, 
dars jarayonida o’yin asosida, uning qoidalariga muvofiq tarzda olib boriladi. 
Bola o’ynar ekan, u nimanidir o’rganishi haqida o’ylab o’tirmaydi, o’yin 
jarayonida nimanidir o’rganadi. Didaktik o’yin mazmuni ta’limning maqsadiga 
ko`ra tanlab olinadi.

Download 12,83 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 12,83 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kognitiv: Bola dunyoni anglaydi. Bola turli xil fikrlashni shakllantira  oladi. Real muammolarga duch kelganida ularni mustaqil xal eta oladi

Download 12,83 Mb.
Pdf ko'rish