N. R. Yusupbekov, D. P. Muxitdinov texnologik jarayonlarni modellashtirish va




Download 10,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/192
Sana10.12.2023
Hajmi10,21 Mb.
#115074
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   192
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari (N.Yusupbekov)
EPK ishlab chiqarish texnalogiyasi
Imitatsion modellashtirish.
Imitatsion modellashtirishda S  tizimning vaqt bo‘yicha ishlash 
jarayonini amalga oshiruvchi modelning algoritmi qayta ishlab 
chiqiladi va shu bilan birga elementar hodisalar imitatsiyalanadi. 
Ularning vaqt bo'yicha yuz berishi hamda mantiqiy strukturalarini 
saqlagan holda tizim xarakteristikalarini baholash imkonini 
beruvchi, vaqtning ma'lum momentlaridagi jarayonning holati 
haqidagi boshlang‘ich maMumotlami olish imkonini beradi.
Tahliliy modellashtirishga nisbatan imitatsion modellash- 
tirishning asosiy afzalligi murakkabroq masalalami yechish imkoni 
hisoblanadi. Imitatsion modellar diskret va uzluksiz elemenlarning 
mavjudligi, tizim elementlarining egri chiziqli xarakteristikalari, 
ko‘plab tasodifiy ta'sirlar va boshqa tahliliy tadqiqotlarda qiyinchi- 
liklarni tez-tez paydo qiladigan omillarni hisobga olish imkonini 
beradi. Hozirgi vaqtda imitatsion modellar - katta tizimlami tadqiq 
qilishda eng samarali bo‘lib, ba'zida tizimning xulqi haqida
ayniqsa, uni loyihalash bosqichida axborot olishni yagona amaliy 
ommabop usuli hisoblanadi.
tizimni ishlash jarayonini imtatsion modelda qayta ishlab 
chiqarish natijasida olingan natijalar, tasodifiy qiymatlar va funk- 
siyalarning amalga oshirishlari boTganda, jarayon xarakteris-
tikalarini olish uchun uni ko‘p karra qayta ishlab chiqish talab 
qilinadi. Keyin axborot statistik qayta ishlanadi va imitatsion 
modelning mashinali amalga oshirish usuli sifatida statistik 
modellashtirish usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Avval 
statistik sinovlar usuli ishlab chiqiladi va u o ‘zi tasodifiy qiymatlar 
va funksiyalarni modellash uchun qoTlaniladigan sonli usulni 
ifodalaydi hamda ulaming ehtimollik xarakteristikalari tahliliy 
masalalar yechimiari bilan mos tushadi (bunday protsedura Monte - 
Karlo usuli deb ataladi). Shundan keyin bu usuldan tasodifiy 
ta'sirlarga 
duchor 
boTgan 
tizimlarning 
ishlash jarayonlari 
xarakteristikalarini tadqiq qilish maqsadida mashinali imitatsiya
16
www.ziyouz.com kutubxonasi


uchun foydalana boshlashdi, ya’ni statistik modellashtirish usuli 
paydo bo‘ldi.
Shunday qilib, statistik modellashtirish usulini keyingi bos- 
qichlarda imitatsion modelning mashinali amalga oshirish usuli deb, 
statistik sinovlar usuli (Monte - Karlo) ni esa tahliliy masalani 
yechishning sonli usuli deb ataymiz.
Imitatsion modellashtirish usuli tizim strukturasining variant- 
larini, tizimni boshqarish turli algoritmlar samarasini, tizimning turli 
parametrlarini 
o‘zgarishining 
ta’sirini 
baholash 
masalalarini 
inobatga olib, S katta tizimlar tahlili masalalarini yechishga imkon 
beradi. Samaradorlikni baholashning ba’zi mezonlari bo‘yicha opti- 
mal boigan m aium chegaralanishlarda berilgan xarakteristikalari 
bilan tizimni yaratish talab qilinganda imitatsion modellashtirish 
katta tizimlarning strukturaviy, algoritmik va parametrik sintezi 
asosida qo‘yilishi mumkin.
Imitatsion modellar asosida tizimlaming mashinali sintezi 
masalalarini yechishda, qayd qilingan tizimning tahlili uchun 
modellashtirish algoritmlarini ishlab chiqishdan tashqari, tizimning 
optimal variantini qidirish algoritmini ham ishlab chiqish kerak. 
Mashinali modellashtirish uslubiyatini asosiy mazmuni berilgan 
modellashtirish algoritmlari bilan tizimlarning tahlili va sintezi 
masalalariga mos keluvchi ikkita asosiy bo‘limga ajratamiz: statika 
va dinamika.

Download 10,21 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   192




Download 10,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. R. Yusupbekov, D. P. Muxitdinov texnologik jarayonlarni modellashtirish va

Download 10,21 Mb.
Pdf ko'rish