• Analitik modelni tadqiqot usullari.
  • N. R. Yusupbekov, D. P. Muxitdinov texnologik jarayonlarni modellashtirish va




    Download 10,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/192
    Sana10.12.2023
    Hajmi10,21 Mb.
    #115074
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   192
    Bog'liq
    Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari (N.Yusupbekov)
    EPK ishlab chiqarish texnalogiyasi
    Matematik modellashtirish.
    Matematik modellashtirish deganda - berilgan real obyektning 
    ba’zi bir matematik obyektga muvofiqligini belgilash jarayoni 'tu- 
    shuniladi. Bu matematik obyekt matematik model deb ataladi va bu 
    modelni tadqiq qilish o ‘rganilayotgan real obyekt xarakteristi- 
    kalarini olish imkonini beradi. Matematik modelning turi nafaqat 
    rea! obyekt tabiatiga bog‘liq, balki obyektni tadqiq masalalariga va 
    talab qilinadigan ishonchlilik hamda masalani yechish aniqligiga 
    bog‘liq. Har qanday matematik model, boshqalarga o‘xshab,
    14
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    haqiqatga yaqinlashishning ba’zi darajasi bilan real obyektni tavsif- 
    laydi. Sistemalar ishlash jarayoni xarakteristikalarini tadqiq qilish 
    uchun matematik modellashtirishni analitik, imitatsion va kombi- 
    natsionlarga bo‘lish mumkin.
    Analitik modellashtirish uchun shu narsa xarakterliki, tizim 
    elementlarini ishlash jarayonlari qandaydir fiinksional munosabatlar 
    (algebraik, integro - differensial, chekli - ayirmali va sh.o\) yoki 
    mantiqiy shartlar ko'rinishida yoziladi.
    Analitik modelni tadqiqot usullari.
    Analitik model quyidagi usullar bilan tadqiq qilinishi mumkin:
    a) analitik, bu usul izlanayotgan xarakteristikalar uchun umumiy 
    ko‘rinishda aniq bog‘liqliklami olish kerak bo‘lganda qo‘llaniladi;
    b) sonli, bu usul umumiy ko‘rinishda tenglamalarni yechishni 
    bilmasdan, aniq bosh!ang‘ich maMumotlarda sonli natijalami olish 
    kerak bo‘lganda qo'llaniladi;
    d) sifatli, bu usul aniq ko‘rinishda yechimni olmasdan, 
    yechimning ba'zi xossalarini topish mumkin (masalan, yechimning 
    turg‘unligini baholash) bo‘lganda qo‘llaniladi.
    Agar  sistemaning izlanayotgan xarakteristikalari boshlang‘ich 
    sharoitlari, parametrlari va o'zgaruvchanlarini bog‘layotgan aniq 
    ifodalar ma’lum bo‘lsa, tizimning ishlash jarayonini eng to‘liq tad- 
    qiqotini o‘tkazish mumkin. Lekin bunday bog'liqliklarni olish 
    faqatgina oddiy tizimlar uchun muvaffaqiyatli bo‘ladi. Tizimlar 
    murakkablashganda ularni analitik usul bilan tadqiqlash katta 
    qiyinchiliklarga olib keladi va ba'zida bu qiyinchiliklarni yengib 
    boTmaydi. Shuning uchun, analitik usuldan foydalanishni istaganda 
    tizimning loaqal umumiy xususiyatlarini o‘rganish uchun biriamchi 
    model ancha soddalashtiriladi.
    Sonli usul analitik usulga nisbatan tizimlarning kengroq sinfini 
    tadqiq qilishga imkon beradi, lekin bunda, olingan yechimlar 
    xususiy xarakterga ega boTib, SHK (shaxsiy kompyuter) dan 
    foydalanganda sonli usul g‘oyat samaralidir. Ba’zi bir hollarda tizim 
    tadqiqotchisini matematik modelning sifatli usuli tahlilidan 
    foydalanib olingan xulosalar qanoatlantirishi mumkin. Bunday 
    sifatli usullar, masalan, boshqarish tizimlarning turli variantlarini 
    samarasini baholash uchun avtomatik boshqarish nazariyasida keng 
    qoTlaniladi.
    15
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Hozirgi vaqtda katta tizimlaming ishlash jarayoni xarakteris- 
    tikalarini tadqiq qilishda mashinali amalga oshirish usullari keng 
    tarqalgan. EHM da matematik modelni amalga oshirish uchun unga 
    muvofiq modellashtirish algoritmni qurish kerak.

    Download 10,21 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   192




    Download 10,21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. R. Yusupbekov, D. P. Muxitdinov texnologik jarayonlarni modellashtirish va

    Download 10,21 Mb.
    Pdf ko'rish