N. R. Yusupbekov, D. P. Muxitdinov texnologik jarayonlarni modellashtirish va




Download 10,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/192
Sana10.12.2023
Hajmi10,21 Mb.
#115074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari (N.Yusupbekov)
EPK ishlab chiqarish texnalogiyasi
Taqrizchilar:
F.T. Adilov - «Ximavtomatika» MChJning bosh direktori, t.f.d.;
Sh.M. Gulyamov - ToshDTU «Ishiab chiqarish jarayonlarini 
avtomatIashtirish» kafedrasi professori, l.fd.
ISBN 978-9943-990-57-9
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2015.
www.ziyouz.com kutubxonasi


KIRISH
Zamonaviy ishlab chiqarish bu - axborotlashtirilgan boshqarish 
tizimlari va kommunikatsiya, moliya - iqtisodiyot va marketing 
xizmatlari, ilmiy texnologik hamda loyihalash markazlarining 
kimyo-texnologik bosqichlar majmuidir. Raqamli texnika va 
ma'lumot qayta ishlash usuilarining intensiv rivojlanishi natijasida 
kimyoviy, neft-kimyoviy hamda ulaming ichki komplekslaridagi 
axborotlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot uzatish jarayo- 
ninng funksionallik ahamiyati tobora oshib bormoqda. Kimyo- 
texnologik jarayonlarning (KTJ) analizi va sintezi masalalarini 
yechishda, shuningdek, bu jarayonlardagi boshqarish tizimlarini 
qurish masalalarida matematik modellashtirish usullarini qoTlash 
maqsadga muvofiqdir.
Matematik modellashtirish optimal boshqarish parametrlarini 
aniqlashda samarali qurol hisoblanadi, ayniqsa, fizikaviy va kimyo- 
viy jarayoniarning qonuniyatlari yetarlicha o‘rganilgan holatlarida. 
Shundan kelib chiqqan holatda tashqi ta'sirlaming keng diapazonida 
obyektning matematik modelini hisobi orqali boshqarish parametr- 
larini aniqlash amalga oshiriladi. Matematik modellami ishlab 
chiqish usullari orasida quyidagilarni ajratish mumkin:
- analitik - bu usul asosida substansiyani saqlashning funda- 
mental qonunlari yotadi:
- eksperemental va eksperemental-analitik - bu usul asosida 
o ‘rganilayotgan obyektning kirish va chiqish holatlari haqidagi 
eksperemental maTumotlami statistik qayta ishlash yotadi.
Matematik modellashtirish usullarining rivojlanishi apparatda 
yuz beradigan texnologik jarayonlami tadqiq qilish metodolo- 
giyasini o‘zgartirish imkonini yaratdi, bu esa butun ishlab chiqarish 
va apparatlaming ierarxik strukturalari, sathlari orqali hodisalaming 
sabab - oqibat aloqalarini ochishda o‘z ifodasini topadi. Texnologik 
jarayon, unda yuz beruvchi fizik - kimyoviy hodisalami baholash- 
dan boshlab, alohida sathlar orasidagi o‘zaro ta’sirlami hisobga olib, 
integral baholashlargacha tahlil qilinadi. Bu tarzda olingan tavsif
3
www.ziyouz.com kutubxonasi


jarayonning eng umumiy belgilarini xarakterlab, jarayonning 
matematik modeli sifatida ko‘rilishi mumkin.
Texnologik qurilmalar quvvatlarining ahamiyatli darajada 
o ‘sishi tashqi va ichki energiya resurslaridan optimal foydalanish 
bilan bog‘liq qator masalalarning yuzaga kelishini belgilaydi. Shu- 
ning uchun ham amaldagi jihozlarni takomillashtirish va yangilarini 
loyihalashda asosiy e'tibor texnologik va konstruktiv parametrlami 
hisoblashning aniq usullarini ishlab chiqishga qaratiladi. Ko'rsa- 
tilgan masalani yechimi matematik modellashtirish usullarini 
takomillashtirish va ularni tadqiqot amaliyoti va loyihalash ishlariga 
tatbiq etish asosida yotadi.
Matematik modellashtirish usuli jarayon tadqiqotining asosiy 
qismini, qimmat turuvchi va ko‘p hollarda amalga oshirish qiyin 
bo‘lgan tajribalarsiz uning matematik modelida amalga oshirishga 
imkon beradi. Texnologik qurilmalar quvvatlarining ahamiyatli 
darajada o‘sishi tashqi va ichki energiya resurslaridan optimal 
foydalanish bilan bog‘liq qator masalalarning yuzaga kelishini 
belgilaydi. Shuning uchun ham amaldagi jihozlarni takomillashtirish 
va yangilarini loyihalashda asosiy e’tibor texnologik va konstruktiv 
parametrlami hisoblashning aniq usullarini ishlab chiqishga 
qaratiladi.
Matematik tavsif tuzish ko‘nikmalariga ega boTish va KTJIar- 
ning modellarini bilish texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish 
bo‘yicha mutaxassis, muhandis hamda operatorlarga samarali va 
foydali boTishi mumkin.
Mualliflar.
4
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 10,21 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192




Download 10,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. R. Yusupbekov, D. P. Muxitdinov texnologik jarayonlarni modellashtirish va

Download 10,21 Mb.
Pdf ko'rish