224
uzatilayotgan suyuqlik hajmini davriy o`lchash ishlari o`tkaziladi, suv va
suyuqlikni foiz miqdori va erkin gaz miqdori aniqlanadi.
YO`NALTIRUVCHI QUVURLAR - quduqdan birinchi guruh o`lchagich
qurilmalarigacha bo`lgan masofada ishlatiladi.
YIG`UVCHI QUVURLAR - birinchi guruh o`lchagich qurilmalaridan
neftni yig`ish va tayyorlash qurilmalarigacha bo`lgan masofada ishlatiladi.
TAZYIQLI QUVURLAR – unda mahsulot quvurni to`liq to`ldirib oqadi,
o`rta, yuqori va kuchli bosimli quvurlar tazyiqli quvurlar deyiladi.