II bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish




Download 19.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/22
Sana18.01.2023
Hajmi19.23 Mb.
#38555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
kkk
3a508fa68ddad745da7c9fb5b60c4288 ПРОГРАММНАЯ ИНЖЕНЕРИЯ курс лекций , 4ef7b1824881c65919d6a3cb19ba676c, 5 sinf Sinf soati tarbiyaviy soat 2022 2023 to`liq, 1, ish reja, Madina-3, Accommodation, IQTISODIY INOVATSIN RIVOJLANTIRISH YO\'LIGA O\'TISHMUAMMOLARI, 011 — копия (2) — копия — копия, 6941, arxivlash, BIOSni kompyuterda yangilash, saytga maqola, Robototexnika asoslari Amaliy mashg\'ulot №1
II bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish 
metodikasining umumiy masalalari 
 2.1. Matematik masalalar va ularning turlari 
Matematik masalalar sodda va tarkibli masalalarga ajratiladi. Sodda
masalalar bitta amal bilan yechish mumkin bo’lgan masalalar jumlasiga kiritiladi. 
Bir nechta sodda masaladan tuzilgan va shu sababli ikki yoki undan ortiq amal 
yordamida yechiladigan masalalar tarkibli masalalar deyiladi. 
Har qanday sodda masalaga doir ikkita teskari masala tuzish mumkinki, 
ularning har biriga o’sha syujet bo’yicha izlanayotgan son sifatida esa to’g’ri 
masala shartida ma’lum bo’lgan son qatnashadi. Masalan: hovlida 5 ta qiz 
o’ynayotgan edi. Ularning 2 tasi uyga ketdi. Hovlida nechta qiz qoldi? Masalaga 2 
ta teskari masala tuzish mumkin. Birinchisi ,,Hovlida bir nechta qiz o’ynayotgan 
edi. 2 ta qiz uyiga ketgandan so’ng, hovlida 3 ta qiz qoldi. Oldin hovlida nechta 
qiz qoldi? 2- hovlida 5 qiz. Bir nechta qiz uyiga ketgandan so’ng hovlida 3 ta qiz 
qoldi. Nechta qiz uyiga ketgan?’’ Bu masala berilgan 1-masalaga nisbatan, 
shuningdek 2-masalaga nisbatan ham teskari masala sifatida qarash mumkin. 
Bundan tashqari, sodda masalalar orasidan bilvosita ifodalangan masalalar 
ajratiladi. Masalan quyidagi masala shunday masalalar jumlasiga kiradi. ,,Stol 
ustida 7 ta qalam bor. Bular qutidagi qalamlardan 4 ta ortiq. Qutida nechta qalam 
bor?’’ Bu masala shartida ,,ortiq’’ deyilgan masala esa ayirish bilan yechiladi.
(7 – 4 = 3). 
Sodda masalalarning asosiy turlarini quyidagicha taqsimlash boshlang’ich 
maktablarida qo’llanish uchun qulay: 
1. Arifmetik amallar mazmunini ochishga doir masalalar : yig’indini qoldiqni 
topishga doir masalalar, bir xil qo’shiluvchilar yig’indisini topishga doir masalalar, 
bo’lishga (mazmuniga ko’ra bo’lishga vat eng qismlarga bo’lishga) doir masalalar. 
2.
Amalning noma’lum komponentlarini (qo’shiluvchi, kamayuvchi, 
ayriluvchi, ko’paytuvchi, bo’linuvchi, bo’luvchi) topishga doir masalalar. 


~ 22 ~
3. Bir necha birlik (yoki bir necha marta) ortiq (yoki kam) munosabati bilan 
bog’liq masalalar sonni bir nechta birlik (yoki bir nechta marta) orttirish 9yoki 
kamaytirishga doir bevosita (yoki bilvosita) ifodalangan masalalar, sonlarni 
ayirmali (yoki karrali) taqqoslashga doir masalalar. 
4. Kattaliklarning proportsional bog’lanishlariga doir masalalar. 
Hamma turdagi sodda masalalar o’quvchi uchun quyidagi maqsadlarda kerak 
bo’ladi: 1) Matematik masalalning strukturasi (tarkibi) bilan tanishish, ya’ni uning 
sharti berilganlari savoli izlanayotgan miqdorlari bilan masalaning yechimi, savoli, 
javobi, amal bilan shuningdek, va h.k. atamalari bilan (bular matematik 
munosabatlarni ifodalaydi) tanishish. 
2) Bolalarda masala savoliga javob berish uchun bajarish kerak bo’lgan amallarni 
tanlashga ongli munosabatda bo’lishni tarbiyalash (masalalar, amallar 
mazmunini ochishga yordam beradi). 
3) Shatrga kirgan kattaliklar orasidagi elementar funksional munosabatlarni 
birinchi marta ko’rish amallar komponentlar orasidagi bog’lanishlarni 
tushuntirish. 
4) Har xil matematik mashqlarni hayot bilan bog’lash bu bolalarni fanga bo’lgan 
qiziqishlarni orttiradi, ko’nikmalarni egallash jarayonini jonlantiradi. 
5) Sodda masala tekstini o’zgartirish ustida ishlash o’quvchiga ko’proq obstrakt 
matematik tushunchalarni egallashga yordam beradi. Masalan, ushbu ,,Malika 
7 ta daftar sotib oldi. Daftar 200 so`m turadi. Malika qancha pul to’lagan?’’ 
Masalaning turini, masalan, daftarning bahosi 200 so`m, 7 ta daftar qancha 
turishini biling, kabi abstrakt tushunchalarni kiritish bilan o’zgartirish mumkin. 
6) O’quvchini har xil tarkibli masalalar yechishga tayyorlash. 
Bola ongiga matematika asoslarini joylash, uning bilim doirasini 
kengaytirish va tartibga solish, iroda va talabchanlikni tarbiyalash. 
Matеmatikani o’qitish sistеmasida sоdda masalalar juda muhim rоl o’ynaydi. 
Sоdda masalalarni yеchish yordamida matеmatika bоshlang’ich kursining 


~ 23 ~
markaziy tushunchalaridan bi
ri - 
arifmеtik amallar haqidagi tushuncha va bоshqa 
bir qatоr tushunchalar shakllanadi. Sоdda masalalarni yеcha оlish o’quvi 
o’quvchilarning murakkab masalalarni yеchish o’quvini egallashlarida tayyorgarlik 
bоsqichi bo’ladi, chunki murakkab. masalalarni yеchish qatоr sоdda masalalarni 
yеchishga kеltiriladi. Sоdda masalalarni yеchayotganda masala bilan va uning 
tarkibiy qismlari bilan birinchi bоr tanishiladi. Sоdda masalalarni yеchish 
munоsabati bilan o’quvchilar masala ustida ishlashning asоsiy usullarini 
egallaydilar. Shu sababli o’qituvchi har bir turdagi 
sоdda 
masalalar ustida qanday 
ish оlib bоrishni bilishi juda muhimdir.
Dastlab, sоdda

Download 19.23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 19.23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish

Download 19.23 Mb.
Pdf ko'rish