NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASINING
4-SONLI YIG‘ILISHI BAYONNOMASIDAN
K O‘ Ch I R M A
Namangan shahri 17-noyabr 2023-yil.
Yig‘ilish raisi: f.f.b.f.d., dots. U.Qo‘ziyev.
Yig‘ilish kotibi: f.f.b.f.d., dots. N.Qozoqova.
Qatnashdilar:
Kafedra a'zolari: f.f.d., prof. H.Usmonova, N.Uluqov; dotsentlar: D.Boboxonova, V.Saidova, Z.Musabayeva, U.Qo‘ziev, N.Qozoqova; katta o‘qituvchilar: f.f.b.f.d.lari: A.Amanov, H.Solixo`jayeva, B.Yunosova, D.Ashurov, O.Yuldashev, O.Husanxo`jayev; katta o‘qituvchilar: Y.Rahmatullayev, A.Fazlieva, o‘qituvchilar: M.Asranov, R.G`oyibboyeva, Z.Musaboyeva (18 nafar).
K U N T A R T I B I:
1. 60320400 – Kutubxona-axborot faoliyati (kutubxonachilik va bibliografiya) yo’nalishining 3-kursida O`zbek tilshunosligi kafedrasi stajyor-o`qituvchisi Musabayeva Zulhumor Baxtiyorovna tomonidan “Davlat tilida ish yuritish” fanidan “Ma`lumot-axborot xujjatlari: ma`lumotnoma, ariza, bildirishnoma” mavzudagi ochiq darsi muhokamasi.
Ochiq darsi muhokamasi yuzasidan dastlab kafedra mudiri dotsent, f.F.b.f.d. U.Qo‘ziyev so‘z oldi: “Kafedra stajyor-o`qituvchisi, Z.Musabayeva pedagog, yaxshi mutaxassis xisoblanadi. Z.Musabayeva 2023-yil 23-oktyabr birinchi smena 3-juftlikda 60320400-Kutubxona-axborot faoliyati (kutubxonachilik va bibliografiya) yo’nalishining 3-kursida O`zbek tilshunosligi kafedrasi stajyor-o`qituvchisi Musabayeva Zulhumor Baxtiyorovna tomonidan “Davlat tilida ish yuritish” fanidan “Ma`lumot-axborot hujjatlari: ma`lumotnoma, ariza, bildirishnoma” mavzuda ochiq amaliy darsini o‘tkazdi.
“Davlat tilida ish yuritish” fanidan “Ma`lumot-axborot hujjatlari: ma`lumotnoma, ariza, bildirishnoma” mavzudagi ochiq amaliy darsini kafedra professor-o‘qituvchilarining 3 nafari – dotsent f.F.b.f.d. U.Qo`ziyev , dotsentlar: D.Boboxonova, O.Husanxo`jayev tahlil qildilar. Z.Musabayevaning amaliy mashg‘uloti o‘tish uchun barcha me'yoriy xujjatlari yetarli. Amaliy matnlari talabalarga tarqatilgan. Dars reja asosida o‘tildi. Shuningdek, Z.Musabayevaning erkin fikrlashi talabalarni darsga diqqatini jalb etdi bundan tashqari dars o‘tilishida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan yetarli darajada foydalanildi. Dars jarayonida butun auditoriya qamrab olinishiga erishdi”.
D.Boboxonova (ekspert): “Ochiq dars xususida shuni aytish mumkinki, o‘qituvchi Z.Musabayevaning 60320400-Kutubxona-axborot faoliyati (kutubxonachilik va bibliografiya) yo’nalishining 3-kursida O`zbek tilshunosligi kafedrasi stajyor-o`qituvchisi Musabayeva Zulhumor Baxtiyorovna tomonidan “Davlat tilida ish yuritish” fanidan “Ma`lumot-axborot hujjatlari: ma`lumotnoma, ariza, bildirishnoma” mavzudagi ochiq amaliy darsi menda ijobiy taassurot qoldirdi.
O.Husanxo`jayev: Ochiq dars mavzusi talabalarga aniq va ravon, reja asosida yetkazib berildi. Amaliy mashg‘ulotda belgilangan vaqt me`yorlariga ham rioya qilindi. Darsning so‘ngida talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berildi. Amaliy dars asosida talabalarga takrorlash uchun savollar berilgan bo‘lib, talabaning o‘z ustida ishlashi uchun mustaqil ish mavzulari ham havola etilgan.
Sundan so`ng dars tahlil qilgan professor-o`qituvchilarning ochiq dars uchun qo`yilgan ballari e`lon qilindi. D.Boboxonova (ekspert): – ____ ball, U.Qo`ziyev: – _____ ball, katta o‘qituvchi O.Husanxo`jayev – ____ ball bilan baholanganligini ta'kidlandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, yig‘ilish qaror qildi:
Kafedra yig‘ilishining qarori:
1. O‘zbek tilshunosligi 60320400-Kutubxona-axborot faoliyati (kutubxonachilik va bibliografiya) yo’nalishining 3-kursida O`zbek tilshunosligi kafedrasi stajyor-o`qituvchisi Musabayeva Zulhumor Baxtiyorovna tomonidan “Davlat tilida ish yuritish” fanidan “Ma`lumot-axborot hujjatlari: ma`lumotnoma, ariza, bildirishnoma” mavzudagi ochiq amaliy darsi ijobiy deb topilsin.
2. Z.Musabayevaning “Davlat tilida ish yuritish” fanidan “Ma`lumot-axborot hujjatlari: ma`lumotnoma, ariza, bildirishnoma” mavzudagi ochiq amaliy darsi ______ ball bilan baholansin.
Yig‘ilish raisi: U.Qo‘ziyev.
Yig‘ilish kotibi: N.Qozoqova.
|