|
IV. MUSTAQIL TA’LIM VA MUSTAQIL ISHLAR
|
bet | 7/9 | Sana | 16.09.2024 | Hajmi | 194 Kb. | | #271303 |
Bog'liq Kristallokimyo dasturIV. MUSTAQIL TA’LIM VA MUSTAQIL ISHLAR
Moddalarning holatlari
Kristallarning asosiy xossalari
Kristallarning geometrik shakllari
Kristallarni fizikaviy xususiyatlari
Kristallarning vujudga kelishi va o‘sishi.
Stenon qonuni.
Izomorfizm va polimorfizm
Kristallangan moddalardagi kimyoviy bog‘lanish turlari
Simmetriya tushunchasi. Simmetriya elementlari
Simmetriya operatsiyalari.
Simmetriya elementlarining belgilari
Kristallarning rentgenostrukturaviy analizi
Kristallarning nuqsonlari
Kristallarning kategoriyalari va singoniyalari turlari.
Simmetriya elementlari 32 sinflari.
|
V. FAN O‘QITILISHINING NATIJALARI (SHAKLLANADIGAN KOMPETENTSIYALAR)
Talaba bilishi kerak: predmetning maqsadi va mazmuni, ta'limni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari. Kristallokimyoning predmeti va vazifalari, reaksiyani amalga oshirishning shart-sharoitlari va bajarish usullari, namuna olish va uni analizga tayyorlash, analiz usullar haqida tasavvurga ega bo’lish;
Kimyoni fan sifatida o`qitishning xususiyatlari, “Kimyo” fanida zamonaviy o‘quv jarayonini tashkil etishning asosiy tamoyillari, shu jumladan innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish. bakalavriat va undan quyi darajadagi ta'lim dasturlari o'quv-uslubiy materiallariga qo'yiladigan asosiy talablar.
- kimyo darsini tashkil etishi, o’qitish usullarini tanlash, kimyo fanining muhim mavzularini o’qitishdagi uslublar va mazmuni, kimyoviy tajribalarni o’tkazish uslublari haqida tasavvurga ega bo’lish;
- davriy qonun va kimyoviy elementlar davriy sistemasini o’qitish uslublari va bilimlarni nazorat qilish yo’llari, organik moddalar fazoviy tuzilishlari bilan fizik-kimyoviy xossasi o’rtasidagi bog’lanishni bilish va ulardan foydalana olish;
- zamonaviy kompyuter texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llash, o'qituvchi faoliyati natijalarining jamiyat hayotidagi rolini shakllantirish, pedagogik jarayonni tashkil etishda turli toifadagi o’rganuvchilarning xususiyatlarini (yoshi, fiziologik va boshqalar) hisobga olish, o’quvchilar bilim darajasini nazorat qilish va baholashni amalga oshirish, ijtimoiy va kasbiy sohalarda asosiy defektologik bilimlarni qo'llash, mustaqil ravishda dars rejalarini ishlab chiqish, tajribalarni o’tkazish rejasini tuzish hamda ishlab chiqilgan reja asosida dars o’tkazish, o'quv va ilmiy psixologik-pedagogik adabiyotlar bilan ishlash ko'nikmalari, konstruktiv o'zaro munosabatlarni qurish jarayonida rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish kabi ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak.
|
| |