|
VI. TA’LIM TEXNOLOGIYALARI VA METODLARI
|
bet | 8/9 | Sana | 16.09.2024 | Hajmi | 194 Kb. | | #271303 |
Bog'liq Kristallokimyo dasturVI. TA’LIM TEXNOLOGIYALARI VA METODLARI
Axborot kommunikatsiya texnologiyasi
ma’ruzalar;
interfaol keys-stadilar;
mantiqiy fikrlash, mantiqiy mashqlar, tezkor savol-javoblar;
guruhlarda ishlash;
taqdimotlarni tayyorlash;
individual loyihalar;
VII. KREDITLARNI OLISH UCHUN TALABLAR
Fanga ajratilgan kreditlar talabalarga har bir semestr bo’yicha nazorat turlaridan ijobiy natijalarga erishilgan taqdirda taqdim etiladi.
Fan bo’yicha talabalar bilimini baholashda oraliq (ON) va yakuniy (YaN) nazorat turlari qo’llaniladi. Nazorat turlari bo’yicha baholash: 5 – “a’lo”, 4 – “yaxshi”, 3 – “qoniqarli”, 2 – “qoniqarsiz” baho mezonlarida amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat semestr yakunida bir marta og’zaki shaklida o’tkaziladi.
Talabalar semestr davomida fanga ajratilgan amaliy mashg’ulotlarda muntazam, har bir mavzu bo’yicha baholanib boriladi va o’rtachalanadi. Bunda talabaning amaliy mashg’ulot hamda mustaqil ta’lim topshiriqlarini o’z vaqtida, to’laqonli bajarganligi, mashg’ulotlardagi faolligi inobatga olinadi.
Shuningdek, amaliy mashg’ulot va mustaqil ta’lim topshiriqlari bo’yicha olgan baholari oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda inobatga olinadi. Bunda har bir oraliq nazorat turi davrida olingan baholar o’rtachasi oraliq nazorat turidan olingan baho bilan qayta o’rtachalanadi.
O’tkazilgan oraliq nazoratlardan olingan baho oraliq nazorat natijasi sifatida qaydnomaga rasmiylashtiriladi.
Yakuniy nazorat turi semestr yakunida tasdiqlangan grafik bo’yicha o’g’zaki shaklida o’tkaziladi.
Oraliq (ON) va yakuniy (YaN) nazorat turlarida:
Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga, shakllangan tizimli bilimlar, muvaffaqiyatli va tizimli xolda ko’nikmaga ega, qaror qabul qilishda yechimda qo'llaniladigan ko'nikmalarga ega deb topilganda – 5 (a’lo) baho;
Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha umumiy tasavvurga ega, bilimi strukturalanmagan, umuman muvaffaqiyatli, lekin o'z ichiga olgan bajara oladigan ishi malakasida kamchiliklar bo’lganda, shakllangan tizimli bilimlar mavjun biroq, nofaol, deb topilganda, – 4 (yaxshi) baho;
Talaba olgan bilimini va amalda qo’llay olishi fragmenrat bo’lganda, umuman olganda, o’lashtiruvchan, lekin tizimli malakasi yo'q bo’lsa, shaxsiy ko'nikmalarning mavjudligi bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 3 (qoniqarli) baho;
Talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas, deb topilganda – 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
|
| |