• 1.1-rasim. Issiqlik almashinuvchi qurulmalarning sinflanishi
  • Namangan Institute of Engineering and Technology




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet132/693
    Sana13.05.2024
    Hajmi15,56 Mb.
    #228860
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   693
    Bog'liq
    Тўплам

    Namangan Institute of Engineering and Technology 
    nammti.uz 
    10.25.2023
    Pg.119 
    eltuvchilar devor bilan ajratilgan bo’lib, ularda bir muhitdan ikkinchisiga issiqlik ushbu devor 
    orqali uzatiladi. 
    Konstruktsiyasiga ko’ra sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari qobiq-trubali, zmeyevikli, 
    plastinali, spiralsimon, qirrali, gilofli, blok-grafitli va maxsus issiqlik almashinish qurilmalariga 
    bo’linadi. 
    Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida bir issiqlik almashinish yuzasi galma-gal issiq va 
    sovuq eltuvchi agentlar bilan yuvilib turadi. Agar, issiqlik almashinish yuzasi issiq eltuvchi agent bilan 
    yuvilib tursa, muhitning issiqligi hisobiga isiydi, sovuq tashuvchi bilan yuvilganda esa o’z issiqligini 
    beradi. Shunday qilib, issiqlik almashinish yuzasi issiqlik eltuvchining issiqligini yig’ib oladi, so’ng esa 
    sovuq eltuvchiga beradi. Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikkala issiqlik tashuvchilar 
    bevosita o’zaro aralashuvi paytida issiqlik almashadi. 
    1.1-rasim. Issiqlik almashinuvchi qurulmalarning sinflanishi 
    Issiqlik almashinish turiga ko’ra qurilmalar isitkich, bug’latgich, sovutgich va kondensatorlarga 
    ajratiladi. 
    Yuqorida ko’rib o’tilgan issiqlik almashinish qurilmalari ichida sanoatda eng ko’p qo’llaniladigani 
    qobiq quvirli issiqlik almashinish qurilmalari xisoblanadi. Bu turdagi issiqlik almashinish qurilmalari 
    qobiq ichida joylashgan quvirlar to’plamidan tashkil topgan bo’lib, sanoatda qo’laniladigan umumiy 
    qurilmalarning 80% ini shu turdagi qurilmalar tashkil qiladi. Bunda quvirlar ikki tomondan quvir to’riga 
    qotirilgan bo’ladi, natijada quvirlar tashqi sirti, qobiq va quvir to’ri bilan chegaralangan quvirlar 
    orasidagi bo’shliq hamda issiqlik almashinish quvirlarining ichki sirti va ikkita qopqoq bilan 
    chegaralangan quvirlar ichki bo’shlig’i yuzaga keladi. Ushbu qurilmalarda issiqlik quvirlarning devori 
    orqali uzatiladi. Quvirlar orasidagi bo’shliqdan asosan yuzani ifloslantirmaydigan, cho’kma hosil 
    qilmaydigan issiqlik tashuvchilar yuboriladi. Quvirlar ichki bo’shlig’idan esa asosan isitilayotgan yoki 
    sovitilayotgan suyuqlik yuboriladi. Issiqlik tashuvchilarning harakat tezligini oshirish yoki jarayonni 
    intensivroq olib borish maqsadida bu qurilmalarning ikkala bo’shlig’i ham ko’p hollarda bir necha 
    yo’lli qilib tayyorlanadi. 1.2-rasmda bir yo’lli qobiq quvirli issiqlik almashinish qurilmaining sxemasi 
    keltirilgan. 
    Issiqlik tashuvchilarning tezligini oshirish maqsadida ko’p yo’lli qobiq quvirli qurilmalar 
    ishlatiladi. Bu isitkichlarda suyuqlikning sarfi kam bo’lganda ularning quvirlardagi tezligi kichik bo’lib, 
    natijada issiqlik almashinish koeffitsiyenti ham kam bo’ladi. 
    Ko’p yo’lli isitkichlarda quvirlarni sektsiyalarga bo’lish uchun yoki muhitning harakat yo’lining 
    soniga qarab, isitkichning qopqog’i bilan quvir to’rining orasiga ko’ndalang to’siqlar o’rnatiladi. 



    Download 15,56 Mb.
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   693




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan Institute of Engineering and Technology

    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish