Namangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.116
SANOAT KORXONALARIDA ISSIQ SUV TA’MINOTI TIZIMIDAGI MUOMMOLARGA QUYOSH SUV
ISITGICHLARI TIZIMINI TADBIQ ETISH
I.X.Izzatullayev
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Annotatsiya: Ushbu tezisda sanoat korxonalarida issiq suv ta’minoti tizimidagi muommolarga
quyosh suv isitgichlari tizimini tadbiq etish orqali korxonalarning elektr energiya sarfini kamaytish
usullari ko’rib chiqildi.
Kalit so’zlar: Sanoat, issiq suv, quyosh, suv isitgich.
Ma’lumki, issiq suv ta’minoti ishlab chiqarish sohalari va kommunal- xo‘jaliklar uchun
qullaniladi. Ishlab chiqarish sohalarida, ya’ni kichik sanoat va qishlok xo‘jalik korxonalarida (masalan,
xomashyo, oziq-ovqat maxsulotlarni tayyorlash va qayta ishlash, ferma va boshqa shunga o’xshagan
xo‘jaliklarda) issiq suv ta’minotida (60...70
0
C li issiq suv talab etiladigan texnologik jarayonlar
uchun) quyosh qurilmalaridan foydalanish mumkin. Individual xo‘jaliklar rivojlanishi bilan quyosh
qurilmalariga (avtonom va ekologik toza energiya manbai sifatida) bo‘lgan talab ortib bormoqda.
Eng qulay iqlim sharoitiga ega bo‘lgan janubiy mintakalarda uy-joy- kommunal xo‘jalik
sohasida iste’mol qilinadigan umumiy issiqlik miqdorining 50-70% issiq suv ta’minotida ishlatiladi.
Shu bilan birga, isitish ta’minotiga qaraganda, issiq suv ta’minotida qo‘yiladigan talablar ancha past.
Shunga asosan, quyosh energiyasi tizimlarining birinchi navbatda issiq suv ta’minoti uchun joriy
qilinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
4Quyosh qurilmalari kommunal-xo‘jaligida, shaxsiy uylarda, xizmat, madaniy, maishiy, o’qish,
davolash va boshqa muassasalarda keng ishlatiladi. Shu bilan birga issiq suv ta’minot darajasi
turmush madaniyatini belgilaydi va yashash sharoiti yaxshilangan sari issiq suv iste’moliga bo‘lgan
talab ortib boradi. An’anaviy energiya manbalardan uzoq turgan mintaqalarda quyosh
qurilmalardan keng foydalanish energetik, ekologik va sotsial axamiyatga ega. Issiq suv ta’minotida
ishlatiladigan quyosh tizimlari asosan quyidagi elementlardan iborat: 1-suyuqlik isitgichli quyosh
kollektori, 2-issiq suvli bak- akkumulyator. Bunday tizimlar 1, 2 va ko‘p konturli, tabiiy (termosifonli)
yoki majburiy sirkulyatsiyali bo‘lishi mumkin. Bir konturli tizimlarning asosiy kamchiligi, ya’ni qishda
kollektordagi suvning muzlash ehtimoli va kollektorlarning korroziyalanishi sodir bo‘ladi.