|
Namangan Institute of Engineering and Technology Pdf ko'rish
|
bet | 126/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламNamangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.113
o‘zgaruvchan tabiati tufayli bajarilgan operatsiyalar natijasida olingan natijalar barqaror qolmaydi
va qisqa yoki uzoq muddatli uzilishlar sodir bo‘ladi. Shuni inobatga olgan holda shunday avtomatik
qurilma yaratishimiz kerakki, yuklamakarni fazalar bo‘yicha qayta taqsimlashda iste’molchilarda
energiya uzilishi bo‘lmasligi va kuchlanishi bergilangan nominal qiymatdan o‘zgarmasligiga
erishishimiz kerak.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
Xoliddinov I.X. Elektr energiyasini sifat ko‘rsatkichlari. Allayev Q.R. tahriri ostida. Farg‘ona
2022.
2.
ГОСТ 13109-97. Нормы качества электрической энергии в системах электроснабжения
общего назначения. - М.: Изд-во стандартов, 1998. - 31 с.
3.
A.A. Abdullayev, H.Sh. Ne’matjonov, I.Z. Ibroximov. Elekt tarmoqlarida hosil bo‘layotgan
nosimmetriya koeffitsientini aniqlash. STJ FerPI, ФарПИ ИТЖ, НТЖ ФерПИ, 2022, спец.выпуск №4
O’ZBEKISTONDA BIOGAZ ISTIQBOLI
I.X. Izzatullayev, Sh.Bobonazarov
Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti
Annotatsiya: Ushbu tezisda bugungi kunda Respublikamiz energetika tizimida biogaz
energiyasini o’rni uning rivojlanish bosqichlari o’rganilib chiqilgan.
Kalit so’zlar: biogaz, gaz, og’it, biomassa, gazgolder.
Respublikamizda markazlashgan elektr tarmog`i mavjud bo`lishiga qaramasdan, qish faslida
ayrim nosozliklarni vujudga kelishi tufayli qishloq hududlarigacha elektr energiya yetmaydigan
holatlar kuzatilishi mumkin. O`zbekistonning 60%dan ko`proq aholisi qishloq hududida istiqomat
qiladi, ulardan deyarli 30,5% qismi kam ta`minlangan. Energiyaning no`to`g`ri ta`minlanishi mahalliy
aholining daromad topish imkoniyatlariga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Respublikamizda tabiiy gaz,
neft va ko`mir kabi qazilma manbalari mavjud. Biroq mamlakatning gaz manbalari kamayayotganligi
uchun alternativ energiya manbalariga talab mavjud. Yurtimizda biogaz texnologiyalarini
rivojlanishiga yordam berish loyihasining asosiy maqsadi mahalliy fermalarda dastlabki biogaz
zavodlarini yaratish va ularni amalda sinab ko`rish. Bu amaliy foydani va biomassa energiyasini kichik
va o`rta chorva fermalarda ishlatish foydasini namoyish qiladi. [1]
Shu qatori bu texnologiya Respublikamizda ham qo’llanilmoqda, xususan Toshkent, Jizzax,
Qashqadaryo, Xorazm, Samarqand, Farg’ona viloyatlarida qurilgan va hozirda ishlamoqda.
Respublikada qurilgan texnologiyalar yangi bo’lganligi sababli bu qurilmalarni asosan ko’rgazmali
desa bo’ladi. Qurilmalarning egalari biogazdan faqat o’z xo’jaliklari uchun foydalanadilar. Ko’plab
chorvachilik, parandachilik xo’jaliklari, Fag’ona aeratsiya stantsiyasi va biomassalarni ko’plab yig’ilib
qolish ehtimoli bo’lgan hududlarda biomassalardan turli maqsadlarda foydalanish tufayli
biomassalardan chiqadigan gazlarning ta’sirini hisobga olinmaydi. O’zbekistonda energiyadan
foydalanish asosan tabiiy gaz, neft, GES, ko’mir hisoblanadi. O’zbekistonda energiyadan foydalanish
balansi 1-diagrammada keltirilgan.
|
| |