• Namangan Institute of Engineering and Technology nammti.uz
  • Kuchlanish nosimmetriyasi




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet124/693
    Sana13.05.2024
    Hajmi15,56 Mb.
    #228860
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   693
    Bog'liq
    Тўплам

    Kuchlanish nosimmetriyasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi: 
    Nominal liniya kuchlanishiga 
    𝑈
    𝑛𝑜𝑚
    asosiy chastotaning teskari ketma-ketlikdagi 
    kuchlanishining 
    𝑈
    2
    nisbati bilan teng bo‘lgan kuchlanish nosimmetriyasini teskari ketma-ketlik 
    koeffitsienti 
    𝐾
    2𝑈
    ,
    %; 
    Nominal faza kuchlanishiga 
    𝑈
    𝑛𝑜𝑚
    asosiy chastotaning nol ketma-ketlikdagi kuchlanishining 
    𝑈
    0
    nisbati bilan teng bo‘lgan kuchlanish nosimmetriyasini nol ketma-ketlik koeffitsienti 
    𝐾
    0𝑈
    ,
    %. 
    Neytrali yerga samarali ulangan 0,4 kV kuchlanishli tarmoqlarda kuchlanish nosimmetriyasini 
    kamaytirish uchun energiya tejamkorligi, murakkabligi, narxi, samaradorligi, ishlash printsipi va 


    Namangan Institute of Engineering and Technology 
    nammti.uz 
    10.25.2023
    Pg.112 
    iste'molchilarning ayrim toifalari uchun mavjudligi bilan farq qiluvchi turli xil usullar va texnik 
    vositalar ishlab chiqilgan.
    1- rasmdan 0,4 kV kuchlanishli tarmoqlarda kuchlanish nosimmetriyasi darajasini pasaytirish 
    usullarining klassifikasiyasi keltirilgan: 0,4 kV taqsimlash tarmoqlarining yopiq zanjirlaridan 
    foydalanish, tarmoq fazalari bo‘ylab yuklamalarni qayta taqsimlash, tarmoqning nol ketma-ketlik 
    qarshiligini kamaytirish, uch fazali tarmoq kuchlanishining nol va teskari tashkil etuvchilari ketma-
    ketligini yo‘qotish. Fazalar bo‘yicha yuklamalarni simmetriyalash texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar 
    tomonidan qo‘lda yoki maxsus boshqaruv tizimlari orqali avtomatik ravishda simmetriyalash 
    qurilmalari orqali amalga oshirilishi mumkin. 
    Uch fazali to‘rt simli elektr tarmoqlarini loyihalashda kuchlanish simmetriyasiga erishish uchun 
    mavjud bo‘lgan bir fazali iste’molchilarni o‘z quvvatlarini hisobga olgan holda fazalarga teng 
    taqsimlashga hamda yangi iste’molchilarni tarmoqqa kiritishda ham xuddi shunday harakat qilinadi. 
    Biroq, har bir bir fazali iste’molchilar yuklamasi kun va mavsum vaqtiga qarab o‘zgaruvchan bo‘lib, 
    ko‘pincha yildan-yilga ortib borishga moyil bo‘ladi (ayniqsa, yakka tartibdagi turar-joy binolarida), 
    buning natijasida ekspluatatsiya paytida nosimmetriya yuzaga kelishi mumkin. 
    Uzoq vaqt davomida, yuqori ehtimollik bilan, tarmoq yuklamalarining dastlabki simmetrik 
    tizimi barqaror nosimmetrik tizimga aylanadi. Shu bilan birga, mavsum davomida toklarni fazalar 
    bo‘yicha taqsimlanishi nisbatan barqaror bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra, maksimal yuklama paytida 
    liniya fazalaridagi toklarni o‘lchash natijalariga ko‘ra vaqti-vaqti bilan, eng ko‘pi olti oyda bir marta, 
    bir xillikni ta’minlash uchun yuklamalarni fazalar bo‘ylab qayta taqsimlash va shu bilan tok va 
    kuchlanish nosimmetriyasini kamaytirish hamda energiya tejamkorligiga erishish mumkin. 

    Download 15,56 Mb.
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   693




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish