Namangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.115
1- rasm. “Milk-Agro” biogas texnologiyasi
Hozirda mamalakatimizda hududlarida turli xil quvvatga ega bo’lgan 8 dona biogaz uskunasi
ishlab turibdi.
Surxandaryo viloyatidagi “Nadejda” firmasida haftasiga 5 tonna organik o’g’it va sutkasiga 25
m
3
biogaz ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan qurilma tiklanib foydalanila boshlandi.
Yil davomida havoga tashlanayotgan 155 tonna miqdordagi karbon gazlari qisqartirildi. Fermer
xo’jaligidagi yoqimsiz hidlardan, suyuq va yarim suyuq holidagi chiqindilar bartaraf etilib, atrof-
hududdagi sanitar holat yaxshilandi. Bundan tashqari bigaz qurilmasini qurish haqidagi O’zbek va
Rus tillaridagi 500 jilddan iborat qo’llanmalar ishlab chiqildi.[2]
Farg’ona viloyati Qo’qon shahrida ham biogaz qurilmasi barpo etildi. Akmal Sodiqov
boshchiligida O. Qosimov xonadonida 25 m
3
ga ega bo’lgan biogaz qurilmasini qurishdi. Bu
qurilmadan kuniga 70 m
3
biogaz olinmoqda. O.Qosimov endi qish kunlari ham 1 gektarga yaqin
issiqxonasini bemalol isityapti. Qish kunlari ham bozorga issiqxona mahsulotlarini yetkazib, juda
yaxshi daromad topmoqda.