- rasm. Ikki konturli issiq suv ta’minoti uchun aktiv quyosh tizimining sxemasi: 1-quyosh




Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/693
Sana13.05.2024
Hajmi15,56 Mb.
#228860
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   693
Bog'liq
Тўплам

1- rasm. Ikki konturli issiq suv ta’minoti uchun aktiv quyosh tizimining sxemasi: 1-quyosh 
kollektori-suv isitgich; 2-issiqlik almashtirgich; 3-issiq suv akkumulyatori; 4-qo‘shimcha suv 
isitgich; 5-uy-xonasi; 6-11nasos; 7-ventil; 8- sovuq suv tarmoqdan; 9-kengayish baki-havo 
chiqarish; 10-drenaj-suv chiqarish. 


Namangan Institute of Engineering and Technology 
nammti.uz 
10.25.2023
Pg.117 
1- rasmda majburiy sirkulyatsiyali ikki konturli issiq suv ta’minoti uchun aktiv quyosh tizimi 
keltirilgan. Birinchi kontur berk bo‘lib, suv isitadigan quyosh kollektori (1) va issiqlik almashtirgich 
(2) lardan iborat . Ikkinchi kontur ochiq bo‘lib, issiqlik almashtirgich (2), issiq suvli bak- akkumulyator 
(3), qo‘shimcha suv isitgich (4) va iste’molchi (5) lardan iborat. Quyosh nurlanish energiyasi hisobidan 
kollektor (1) da qizdirilgan suv issiqlik almashtirgich (2) orqali o‘tib, ikkinchi konturdagi suvni 
qizdiradi. Issiqlik samaradorligini oshirish uchun (suv xarakatini tezlashtirish bilan issiqlik 
alamshuvini intensivlashtirish hisobidan) nasos (6) yordamida majburiy sirkulyatsiya ishlatiladi. 
Ikkinchi konturdagi issiqlik almashtirgichda qizdirilgan suv bak- akkumulyator (3) da to‘planadi 
va ehtiyojga qarab uy-ro’zg’or iste’moliga sarflanadi. Issiq suv sarfini to‘ldirib borish uchun suv 
tarmoq (8) dan nasos (6) yordamida ikkinchi konturga sovuq suv qo’shiladi. Quyosh energiyasi yetarli 
darajada bo‘lmaganda, qo‘shimcha suv isitgich (4) ishlatiladi. Qo‘shimcha suv isitgich sifatida odatda 
gazsimon yoqilg‘ida ishlaydigan qozon agregati ishlatiladi. Ikki yoki ko‘p konturli tizimlarning asosiy 
kamchiligi, ya’ni tabiiy sirkulyatsiya rejimida issiqlik tashuvchining xarakat tezligi kichik bo‘lganligi 
uchun bunday tizimlar past issiqlik samaradorligiga ega. Samaradorlikni oshirish maqsadida 
majburiy sirkulyatsiya ishlatiladi. 

Download 15,56 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   693




Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- rasm. Ikki konturli issiq suv ta’minoti uchun aktiv quyosh tizimining sxemasi: 1-quyosh

Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish