|
Namangan Institute of Engineering and Technology Pdf ko'rish
|
bet | 159/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламNamangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.148
konstruksiyalarni qo‘llashi mumkin. Jumladan mazkur ishda qozonxonaning konstruksion tuzilishi va
undagi ishchi parametrlarning aniq qiymatlaridan kelib chiqib yonish jarayonidagi termodinamik
parametrlarning vaqt va fazoviy taqsimotlarini o‘rganish masalasi qo‘yilgan. Bunda asosiy
termodinamik parametr sifatida bosim va xarorat, xamda ularning vaqt va fazo bo‘yicha dinamikasi
taxlil qilinadi. Odatda bunday tizimlarda termodinamik parametrlar isiqlik uzatishning umumiy
klassik tenglamalari orqali beriladi. Lekin so‘nggi yillarda yuqori xaroratli gazli muxitlar
aerodinamikasida issiqlik uzatish jarayonlarini muxitning mikroskpik parametrlari orqali ifodalash
usullari ishlab chiqilmoqda [4]. Ya’ni muxitning mikrostrukturali nobirjinsliliklari (bosim va xaroratga
nisbatan) issiqlik o‘tkazish jarayonlariga ta’sir etishi taxlil etilmoqda. Shu nuqtai nazardan
qozonxonada yuzaga keladigan issiqlik jarayonlarini mikrostrukturasini zamonaviy usullar asosida
o‘rganish muxim axamiyatga ega.
Tajribalarda qozonxona sharoitiga yaqin tyermodinamik muxit modellashtirilib, muxitning
nobirjinslilik xususiyatlari optik usullarda o‘rganilgan. Tajriba natijalariga ko‘ra nobirjinsliliklarning
xarakterli o‘lchamlari issiqlik uzatishning klassik tenglamalarida keltiriluvchi o‘lchamlaridan (bir
necha sanitmetrgacha) ancha kichik bo‘lib, xarorat va bosimga qarab bir necha millimetrgacha
bo‘lishi mumkinligi aniqlandi. Bu esa o‘z navbatida issiqlik uzatilishida va qozonxonalardagi issiqlik
almashinuvi jarayonlarida yanada kattaroq aniqlikda qayta ko‘rib chiqishni taqozo etib,
samaradorlikni oshirishning yangi imkoniyatlarini ochilishi mumkinligi ko‘rsatadi.
Qayd etilgan natijalar yuqori bosimli bug‘ va gazli muxitlar bilan ishlovchi texnologik
qurilmalarda (elektrostansiyalar qozonxonalari, gaz turbinalari, bug‘ turbinalari, xavo va bug‘ orqali
isitish tizimlari va boshqalarda) samaradorlikni oshirishning yangi usullarini yaratishga asos bo‘ladi.
|
| |