• Литература
  • YOPIQ TIZIMLARDAGI GAZLAR XARAKATI DINAMIKASINING MIKROSTRUKTURAVIY TALQINI J.X.Suvonov, O‘.Doliyev Namangan muhandislik-texnologiya instituti
  • Namangan Institute of Engineering and Technology




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet156/693
    Sana13.05.2024
    Hajmi15,56 Mb.
    #228860
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   693
    Bog'liq
    Тўплам

     


    Namangan Institute of Engineering and Technology 
    nammti.uz 
    10.25.2023
    Pg.145 
    Литература
     
    1. Закон Республики Узбекистан «О рациональном использовании энергии». 25.04.1997г.
    2. Кадыров К. Диссертация “Исследованние влияния применения дифференцированных 
    по времени тарифов на энергетическую эффективность потребителей”. Диссертация на 
    соискание ученой степени доктора философии, Ташкент, 2019г.
    3.В.В.Мухайлов “Тарифы и режимы электропотребления” Москва,1986г. 
    YOPIQ TIZIMLARDAGI GAZLAR XARAKATI DINAMIKASINING MIKROSTRUKTURAVIY TALQINI 
     
    J.X.Suvonov, O‘.Doliyev
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 
     
    Annotatsiya: Bosim va uning o‘zgarishlari bu jarayonlar dinamikasida yetakchi o‘rin tutadi. Bu 
    esa, bosimning fluktuatsiyasini o‘rganish bu tizimlar dinamikasini taxlil qilishda muximligini 
    ko‘rsatadi. Tajribalarda gorizontal va vertikal xolatdagi trubalardagi gaz oqimining bosim 
    birjinsliliklari fluktuatsiyalari bir xil sharoitlarda farq qilishi va vertikal xarakatda bir jinslilik 
    o‘lchamlari 30% gacha kamayishi aniqlandi. 
    Kalit so‘zlar: Gazlar, dinamika, turbulent, bosim. 
    Gazlarning yopiq tizimlardagi xarakati diamikasi juda murakkab va ko‘p argumentli bo‘lib, 
    amalda aniq sharoitlardan va parametrlarning miqdoriy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, muayyan 
    sharoitlar uchun xisoblar bajariladi. Gazlarning xarakati diamikasi garchi nazariy jixatdan yaxshi 
    o‘rganilgan bo‘lsa xam, real sharoitlarda nazariy natijalar amaldagidan farq qiladi, yoki tezkor 
    jarayonlarni ifodalay olmaydi [1]. Chunki bunday xisoblarda jarayon larning vaqt dinamikasi past 
    chastotalar soxasi uchun o‘rinli. Ayni paytda gazlar oqimidagi turbulentlik va laminarlik shartlari 
    termodinamik parametrlar va gaz o‘tkazgich tizimining geometrik parametrlariga bog‘liq ravishda 
    xam tez o‘zgarib turadi. 
    Shu jixatdan mazkur ishda trubalardagi gaz xarakati bilan bog‘liq xolda yuzaga keluvchi 
    bosimning fluktuatsiyalari va bu fluktuatsiyalarning xarakterli o‘lchamlari modellashtirilgan tajriba 
    sharoitida o‘rganilgan.
    Gaz uzatish tizimlarida odatda kirish va chiqish bosimlari nisbati o‘rtacha 1,5 atrofida bo‘lib, 
    tizimni nazariy jixatdan majburiy kuch ta’sirida trubalardagi gazning izotermik sharoitdagi 
    nostasionar oqimi deb qarash mumkin. Bu jarayon tenglamasi bosimning koordinata bo‘yicha 
    ikkinchi tartibli xosilasi va sarfning vaqt bo‘yicha xosilasi ko‘rinishida yoziladi. Demak bosim va uning 
    o‘zgarishlari bu jarayonlar dinamikasida yetakchi o‘rin tutadi. Bu esa, bosimning fluktuatsiyasini 
    o‘rganish bu tizimlar dinamikasini taxlil qilishda muximligini ko‘rsatadi. 
    Tajribalarda gorizontal va vertikal xolatdagi trubalardagi gaz oqimining bosim birjinsliliklari 
    fluktuatsiyalari bir xil sharoitlarda farq qilishi va vertikal xarakatda bir jinslilik o‘lchamlari 30% gacha 
    kamayishi aniqlandi. Bu o‘z navbatida trubalardagi gaz oqimlarini modellashtirish va ularni 
    parametrlarini xisoblashda tegishli chegaraviy shartlarni kiritish va ularni xarorat nobirjinsliliklari 
    mikrostrukturasi singari [2], xarakterli o‘lchamlarini aniqlashni taqozo etadi. 

    Download 15,56 Mb.
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   693




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan Institute of Engineering and Technology

    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish