|
Namangan Institute of Engineering and Technology Pdf ko'rish
|
bet | 158/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламNamangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.147
Bu samaradorlikni oshirish va o‘z ehtiyojlari uchun xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Shunday qilib, PGU va TES sxemasi bo‘yicha stansiyaning ishlashi juda samarali bo‘lishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Мажидов Т.Ш Ноанаънавий ва қайта тикланувчи энергия манбалари. Тошкент – 2014
2.
Ўзбекистонда қайта тикланадиган энергетикани ривожлантириш истиқболлари.
ЮНДП, Тошкент, 2007.
3.
Лабейш В.Г. Нетрадиционные и возобновляемые источники энергии. Учебное
пособие, Санкт-Петербург, 2003.
4.
Международный семинар «Возобновляемая энергия в Центральной Азии как фактор
укрепления продовольственной безопасности и улучшения социально-экономических
условий в отдалённых населённых пунктах» ЮНДП, г.Ташкент. 2008
5.
Аллаев.К.Р. Электроэнергетика Узбекистана и мира. 2009.
6.
Ю.А.Лосюк,
В.В.Кузьмич.
Нетрадиционные
источники
энергии.
Минск.
«Технопринт» 2005
TABIIY GAZDA ISHLOVCHI ISSIQLIK QURILMALARINING ENERGETIK SAMARADORLIKLARINI
OSHIRISHGA DOIR
J.X.Suvonov, O‘.Doliyev
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Annotatsiya: Yuqori bosimli bug‘ va gazli muxitlar bilan ishlovchi texnologik qurilmalarda
(elektrostansiyalar qozonxonalari, gaz turbinalari, bug‘ turbinalari, xavo va bug‘ orqali isitish tizimlari
va boshqalarda) samaradorlikni oshirishning yangi usullarini yaratishga asos bo‘ladi.
Kalit so‘zlar: Qozonxonalar, bug‘ turibinalari, elektr stansiyalari, energetika.
Elektro energetika sanoatida stansiyalarning umumiy issiqlikdan foydalanish samaradorligini
oshirishning amal qilib kelayotgan usullaridan biri [1] turbogeneratordan chiqqan issiqlikdan (issiq
suvdan) ikkilamchi foydalanishni tashkil etish (bino va inshootlarni isitishda foydalanish) bo‘lib, axoli
punktlari va sanoat zonalarida bu yaxshi natija berib kelmoqda va umumiy samaradorlik 55-60 %
gacha yetmoqda. Lyekin shunga qaramay issiqlik elektr stansiyalarida birlamchi yonilg‘idan
foydalanib issiqlik xosil qilishning samaradorligi xanuz past bo‘lib qolmoqda [2] va amalda 35-40%
tashkil qiladi. Shuning uchun, aynan yoqilg‘i energiyasini ishchi muxitga uzatish samaradorligini
oshirish muxim texnologik va ekologik axamiyat kasb etadi. Shu nuqtai–nazardan bug‘-gazli elektr
stansiyalarida qozonxonalarning texnologik parametrlari taxlil qilish, yuqori bosim va xaroratga
bardoshli qurilmalarni ishlab chiqish issiqlik elektr stansiyalari taraqiyotining ustivor yo‘nalishlaridan
biridir. Shu yo‘nalishlardan biri SO‘YUKP-supero‘ta yuqori kritik parametrli (SSKP-supersverx
kriticheskiy) texnologiyalar bo‘lib [3] elektroenergetika amaliyotiga keng kirib kelmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu ishda SO‘YUKP texnologiyalar asosida ishlovchi issiqlik
elektr stansiyasining qozonxonasidagi texnologik parametrlarni o‘rganish va ular asosida yonish
jarayoni samaradorligini oshirish masalalari o‘rganilgan.
Ma’lumki energiyani bir turdan boshqa turga aylantirish xamisha yo‘qotishlarga olib keladi. Bu
yo‘qotishlarni o‘rnini qoplash turli texnologik jarayonlar va qurilmalarda turlicha tashkil etiladi va
tabiiyki bunda energiyaning turli manbalaridan foydalaniladi. Muqobil energiya manbalarini
o‘zlashtirishning bugungi taraqqiyoti davrida gibrid (an’anaviy va muqobil energetikaning
uyg‘unlashuvi) issiqlik elektr stansiyalarining o‘rni kengayib bormoqda. Bunda xar bir stansiya aniq
sharoitlardan va stansiyaning turidan kelib chiqib, uning turli elementlari uchun turli
|
| |